asbobni 1903 yilda V.Eyntxoven kashf etgan. Elektrokardiografiya nazariyasini
ishlab chiqishda va bu usulni klinika hayotida joriy etishda rus olimi
elektrokardiografiyaning xizmati juda katta. To’qimalardagi bioelektrik hodisalarni
yozib olish uchun ishlatiladigan torli galvanomltr bilan ossillograf qanday
Elektrokardiografa yurakning qisqarishini emas, balki qo’zg’alishini qayd
qiladi. Buni yozib olish uchun potensiallar qo’l - oyoqlardan va ko’krak qafasining
35
ma’lum nuqtalaridan olinadi. Ko’pincha elektrodlar badanga uchta standart usul
bo’yicha ulanadi: 1-usul; - o’ng qo’l bilan chap qo’l; 2-usul - o’ng qo’l bilan chap
oyoq va 3-usul - chap qo’l bilan chap oyoq. Zaruriyat bo’lganda
elektrokardiogramma ko’krak qafasining boshqa nuqtalaridan ham yozib olinadi.
Sog’lom odamlarning hammasida elektrokardiogramma hamisha bir xilda
bo’lib, beshta tishdan iborat va P, Q, R, S, T harflari bilan belgilanadi.
R-tishi' bo’lmalarning qo’zg’alishini, Q, R, S, T tishlari esa qorinchalarning
qo’zg’alishini aks etadi. Uch katta tishlari- P, R, T yuqoriga ikki kichik tishlar
pastga qaratilgan bo’ladi. R-tishi chap va o’ng bo’lmachalarda hosil bo’ladigan
potensiallar majmuasini aks ettiradi, uning vaqti 0,1 s ga teng. PQ sigmenti
qo'zg’alishning bo’lma- qorinchalar tugunidan o’tishiga mos keladi, uning vaqti
0,12-0,18 soniyaga teng.
QRST kompleksi qo’zg’alishni qorinchalar miokardida hosil bo’lishi va
tarqalinishini aks ettiradi, shu sababli u qorinchalar kompleksi deyiladi.
Qorinchalar qo’zg’alishi qorinchalararo to’siqning depolyarizasiyasidan boshlanadi
va shu bois Q tishi pastga qaratilgan bo’ladi.
EKG - da R tishi eng baland bo’lib qo’zg’alishni qorinchalar asosida
tarqalishini aks ettiradi, S tishi esa qo’zg’alishni butunlay qorinchalarda
tarqalinishi va yurakda kelib chiqayotgan potensiallarning farqini aks ettiradi. QRS
kompleksi bo’lmalarning repolyarizasiyasiga mos keladi, uning Vaqti 0,06-0,09
s ga teng. T tishi miokard hujayralari membranasida potensialning tiklanishini,
ya’ni miokardning repolyarizasiyasini aks ettiradi. Miokardning turli tolalarida
repolyarizasiyaning bir vaqtda o’tmasligi sababli T tishi eng o’zgaruvchan bo’ladi.
TP sigmenti yurakning tinch holati umumiy pauza va diastolaga mos keladi.
QRST kompleksining umumiy vaqti (davomligi) 0,36 s ga teng.
Yurakning bir ish siklida uning turli bo’limlarida depolyarizasiya va
repolyarizasiya jarayonlari bir vaqtda o’tmaydi, shu sababli ular orasida
potensiallar farqi o’zgarib turadi. EKGning ikki nuqtalarida eng kuchli
potensiallarning farqini bog’lovchi shartli chiziq yurakning elektrik o’qi deb
ataladi.