(Mozjuxin A. S., 1984) [58].
25
Turli a’zo va to‘qimalarning shiddatli jismoniy ishga adaptatsiya qilishi
u
geteroxron tarzida bo‘ladi. Masalan, A.A.Viru(1981) mushak faoliyatiga
adaptatsiya qilishda oqsil almashinuvi jarayonlari borishini o‘rganish natijasida
stress omil ta’siriga tezlik bilan yuzaga keladigan adaptatsiyada 2 ta qarama-qarshi
jarayon bo‘lishini farqlaydi. Birinchisi - protein sintezlanishning susayishi
ikkinchisi plastik rezervchi safarbar etilishi va uni kuchaygan adaptatsiya uchun
ma’lum turdagi oqsillami sintezlanishi uchun ishlatilishi [6,14,24,47].
Turli to‘qimalarda turli oqsillarga nisbatan bu jarayonlar har xil o‘tadi:
mushak to‘qimasida tezlik bilan yuzaga keladigan adaptatsiya va protek sintez
susayadi va plastik rezerv safarbar etiladi, faqat tiklanish davomida oqsil
sintezning adaptatsiyali kuchayishi yuzaga keladi, boshqa oqsillarga nisbatan ulami
faol sintezlanishi tezlik bilan yuzaga keladigan adaptatsiya vaqtidayoq kuzatiladi;
jigarda stress vaqtida kattabolizm o‘rnida anabolizm kuchayishi belgilanadi.
Tezlik bilan yuzaga keladigan adaptatsiyada harakat a’zosidagi o‘zgarishlar
ishga jalb etiladigan harakat birliklarining soni bilan tariflanadi. Bunda ham
jismonan chiniqqan va chiniqmagan kishilarda tafovut kuzatiladi. Jismonan
chiniqmagan kishilarda bo‘lgan harakat birliklarining 30-50 % ni ishga tortilsa,
jismonan chiniqqanlarda 80-90% ishga tushadi. Bu holda jismonan chiniqmagan
shaxslarga nisbatan jismonan chiniqqan kishilarda ancha yuqori kuch yuzaga
chiqishini ifodalaydi (ZimkinN.B. 1984) [30].
Qon aylanish sistemasidagi o‘zgarishlar bu bosqichda yana ham sezilarli
bo‘ladi, ya’ni jismonan chiniqmaganlarda yurakning daqiqalik hajmining ortishi -
yurak ishining kuchayishi sistolik hajm ortishi hisobiga bo‘lmay, yurakning to‘liq
bo‘shashmagan holda uning qisqarishi sonining ortishi orqali yuzaga keladi. Shu
bilan bir vaqtda qon oqimining qayta taqsimlanishi asosan ichki organlar va teri
hisobiga ishlayotgan mushaklar yurak va miyani qon bilan ta’minlashga qaratiladi.
Nafas sistemasida ham jismonan chiniqqan va chiniqmagan kishilar
adaptatsiyaning farqi namoyon bo‘ladi. Jismonan chiniqmagan shaxslarning nafas
sistemasida tezlik bilan yuzaga keladigan adaptatsiya nafasning tejamsiz
kuchayishi, ya’ni o'pka ventilyatsiyasining ortishi nafas chuqurligining ko‘payish
26
hisobiga bo’lmay, nafasning tezlanishi hisobiga bo‘ladi. O’pkaning regional qon
oqimi bilan o‘pka to‘qimasining tegishli qismlari ventilyatsiyasining mos
kelmasligi, shuningdek harakat bilan nafas olishning mos bo‘lmasligi ko‘riladi
[50,51].
Shunday qilib, bu bosqich adaptatsiyaga javobgar tizimning maksimal, lekin
tejamsiz, haddan tashqari yuqori shikastlaydigan reaksiyalar bilan harakatlanadi.
Tez yuzaga keladigan adaptatsiya reaksiyalari ta’sir kuchiga, sportchining
jismonan chiniqqanlik darajasiga uning funksional tizimlari qobiliyatiga, ya’ni
sportchining individual xususiyatlariga boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: