22
1.4. Jismoniy ishlarga adaptatsiya bo’lishi
Jismoniy ish - odamga ta’sir etuvchi tabiiy omildir. Tabiat yuzaga keltirgan
yerning tortish kuchi odamzotga hamma vaqt ta’sir ko‘rsatgan. Odamzotning o‘z
atrofidagi muhitga moslashishida mushaklar faoliyati muhim omil bo‘lgan. Aynan
harakat faolligi orqali organizm bilan muhit o‘rtasida o‘zaro ta’sir amalga oshadi, u
yashash muhitiga moslashadi [6].
Harakat faolligi hayot faoliyatining ajralmas qismi ekanligini hamma kishilar
ham uzoq vaqt davomida shiddatli mushak ishini bajara olishi mumkin degan
ma’noni bildirmaydi. Bunday ish qobiliyatiga uzoq muddat muntazam mashq
qilish, adaptatsiya qilish natijasida erishiladi. Bu jarayon, asosan, shiddatli mushak
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan kishilarda, ya’ni sportchilarda kuzatiladi
[13,27,32,41,63].
Sport faoliyatidagi adaptatsiya o‘zining ko‘p bosqichligi bilan kishining
boshqa soha faoliyatiga moslashishdan farq qiladi, chunki sport faoliyatida tobora
murakkablashib boradigan sharoitga adaptatsiya qilinadi. Bunday adaptatsiya
odam organizmi oldiga alohida talablar qo‘yadi.
Jismonan chiniqqan organizmning afzalliklari quyidagi xususiyatlar bilan
ta’riflanadi [3];
1. Jismonan chiniqqan sportchi bajara oladigan shiddatli va uzoq muddatli
ishni jismonan chiniqmagan kishi bajara olmaydi. Masalan, jismonan chiniqmagan
kishi marafon masofasini yugurib o‘ta olmaydi, jismonan chiniqmagan kishi
zo‘rg‘a bajaradigan ishni jismonan chiniqqan kishi charchamay bajaradi.
2. Jismonan chiniqqan sportchining tinch holatda o‘lchamli ish, og‘ir ish
bajarilsa, fiziologik sistemalar tejamlilik bilan ishlaydi. Maksimal hajmdagi
jismoniy ishlarni bajarishda funksional tizimlarning faoliyati juda yuqori daratez
ko‘tariladi, lekin jismonan chiniqmagan kishining fiziolagik sistemalari u darajaga
erisha olmaydi.
Masalan, chidamlilikka chiniqayotgan yuqori malakali sportchilarning tinch
holatda yuragining bir daqiqadagi qisqarishi soni 30-50 marta (bradikardiya)
23
bo‘ladi, nafas olishi bir daqiqa 6-10 marta bo‘lib, kislorod o‘zlashtirish 10-12% ga
kamaygan bo‘ladi.
O‘ta shiddatli ishlami oxirgi imkoniyat bilan bajarishda yuqori malakali
sportchilarda qon aylanish, nafas olish sistemalari sport bilan shug‘ullanmaydigan
kishilarga nisbatan ancha kuchli safarbar etiladi. Masalan; yuqori malakali
sportchilarda kislorod o‘zlashtirishi har daqiqada 1 kg vaznga 90 ml ga yetadi,
sport bilan shug‘ullanmaydiganlarda esa bu ko‘rsatkich 45 ml ni tashkil etadi,
qonning daqiqalik xajmi yuqori malakali sportchilarda 42 litrga boradi, jismonan
chiniqmaganlarda esa 20-25 litrgacha bo‘ladi. Maksimal kislorod qarzi
sportchilarda 25 1 gacha yetishi mumkin, sport bilan shug‘ullanmaydiganlarda
hammasi bo‘lib 5,6 1 ga boradi. Yuqori malakali sportchilarda simpatik-adrinal
sistema reaksiyasi sport bilan shug‘ullanmaydiganlarga nisbatan juda kuchli
bo‘ladi.
3.
Jismoniy ishlarga chiniqqan organizm faqat shiddatli mushak ishiga emas,
balki hayot faoliyatida bo‘ladigan har xil zararli ta’sirlarga ham ancha chidamli
bo‘ladi.
Jismoniy ishlarga muofiqlashish (adaptatsiyani) ta’minlovchi sistema uzoq
muddatli va shiddatli ishni yuzaga keltiradigan har qanday omilning birinchi ta’sir
etishidayoq shakillana boshlaydi. Ishni bildiradigan omil reseptorga ta’sir
ko‘rsatishi bilan unga javoban, tegishli afferent, motor va vegetativ markazlarda
qo‘zg‘alish yuzaga keladi. Endokrin bezlari funksiyasining joylashishi orqali ayni
harakatni bajaradigan skelet muskullari va bu ishni energiya bilan ta’minlaydigan
nafas qon aylanish sistemalari safarbar etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: