boshlasa, unda ayni sharoitda jismoniy ish bajarishga moslashish kuzatiladi, ya’ni
holatdagiga nisbatan to‘liq bo‘lmagan va to‘liq moslashish bosqichlari orqali
18
shakllanadi.
Readaptatsiyaning shakllanishi uchun adaptatsiya shakllanishiga nisbatan
ancha qisqa muddat kerak bo‘ladi. Chunki readaptatsiya yo‘qola boshlagan
adaptatsiya mexanizmining tiklanishi asosida yuzaga keladi [7,76].
Deadaptatsiya - moslashish reaksiyalarining erishilgan darajasini saqlash
uchun yetarli bo‘lmagan, kam hajmli ishlar bilan shug‘ullanish yoki mashq qilishni
butunlay to‘xtatish adaptatsiyaning yo‘qolishiga, ya’ni deadaptatsiyaga olib keladi.
F.Z.Meyerson (1986) fikriga ko‘ra, deadaptatsiya - organizmning ishlatilmaydigan
strukturalami yo‘qotishdagi ajoyib qobiliyatidir. Bo‘shalgan bu strukturalar
organizmning boshqa sistemalari uchun zarur bo’lmadi, natitez muhit ta’sirida bir
adaptatsiyadan boshqasiga o‘tiladi. Bunda adaptatsiyaning aksincha rivojlanishi
ta’minlaydigan mexanizmlar ichida RNK va oqsillar sintezining pasayishi va
strukturalar parchalanishiga ixtisoslashgan mexanizmlami farqlash kerak bo‘ladi
[3,42,74].
Mashq qilish to‘xtatilganida yoki ish hajmi juda pasaytirilganida
deadaptatsiya jarayoni ancha tez rivojlanadi. Lekin uning tezligi adaptatsiyaning
shakllanish tezligidan ancha, taxminan 1,5-3 marta sekin bo‘ladi. Yana shuni
aytish kerakki, adaptatsiyali qayta qurilishlarning aksincha rivojlanishi bir tekis
bormaydi: mashq qilish to‘xtatilganidan keyin bir hafta davomida funksional
zahiralar ancha kamayadi, keyin deadaptatsiya jarayoni sekinlashadi. Shu bilan
birga adaptatsiya qanchalik tez shakllansa, erishilgan darajani ushlab turish
shunchalik qiyin boiadi va tez yo‘qoladi. Bu qonuniyat odam organizmining turli
a’zolari va funksional tuzilmalari uchun umumiydir. Masalan, mashq qilish
to‘xtatilganidan keyin maksima kuchning kamayishi adaptatsiya shakllanishining
muddati bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Ma’lumki, kuchni rivojlantirishga
qaratilgan mashq qanchalik shiddatli va qisqa muddatli boisa, muntazam mashq
qilish to‘xtatilganidan keyin so‘nish davri ham shunchalik tez bo‘ladi.
Chidamlilikning ayrim qismlari ikki oylik maxsus tayyorgarlik to‘xtatilganidan
keyin 1,5 oy davomida oldingi darajaga qaytishi mumkin. Mashq qilishni to‘g‘ri
uyushtirishda adaptatsiya va deadaptatsiya almashinishi, shuningdek, haddan
19
tashqari kuchlanishli ishlar bilan uzoq muddat shug‘ullanishdan cheklanish muhim
ahamiyatga ega. Aks holda adaptatsiyaning genetik yo‘l bilan boshqariladigan
jarayonlari buziladi va oqibatda organizmning tegishli a’zo va tizimlarning
funksional yetishmovchiligi yuzaga keladi [3,78,89].
Do'stlaringiz bilan baham: