1.3. Umumiy adaptatsiya sindromi
Yashash muhitining o‘zgarishlariga organizmning tezlik bilan moslashishidan
1936 yili Kanada fiziologi G.Selye tomonidan ochilgan va umumiy adaptatsiya
sindromi nomini olgan nospesifik moslashish mexanizmi katta ahamiyatga ega.
Shu yili G.Selye stressga, ya’ni ancha katta kuchdagi yoqimsiz omillarga javoban
yuzaga keladigan fiziologik himoya reaksiyalarining to‘plami yoki organizmning
funksional kuchlanishi haqidagi tushunchani yuzaga chiqargan edi. Stressni hosil
qiladigan omillarga sovuq, issiq, jarohat, infeksiya, shiddatli mushak ishi va
boshqalar kiradi. Shuningdek, salbiy ruhiy kuchlanishlar (qo‘rqish, g‘azab,
achchiqlanish) va ijobiy (to‘satdan quvonchli xabar eshitish, ijodiy kuchlanish va
hakazolar) ruhiy kuchlanishlami hosil qiladigan omillar kirish mumkin [Sel’e,
1990].
Keltirilgan turli omillar hammasi bir xildagi nospesifik himoya reaksiyasini
yuzgaga keltiradi, ya’ni moslashishning nospesifik mexanizmi ishga tushiradi. Bu
mexanizm gomeostatik boshqarilish, organizmning himoya kuchlarining safarbar
etilishi va ayni vaziyatda hayot faoliyatini ta’minlash bilan bevosita bog‘liq
bo‘lmagan funksiyalarni to‘xtatishni ta’minlaydi. Masalan, kuchli charchashda
(shiddatli mushak faoliyatida) ovqat hazm bo‘lish funksiyasi susayadi. Yuqori
harorat ta’sirida ham shunday bo‘ladi [9,16,17,18,19,21,23].
Nospesifik himoya reaksiyasining uyushtirilishida buyrak usti bezlarning
po‘stloq qavati gormonlari kortikostreoidlar (glyukokortikoidlar) va miyaning
pastki ortig‘i - gipofizning AKTG lari asosiy ahamiyatga ega bo‘lib, moslashish
reaksiyasi gipotalamus orqali boshqariladi. Gipotalamus orqali boshqarilishda bosh
miya yarim sharlar po‘stlog‘ining ishtirok etishi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Bosh miya po‘stlog‘i stresslar ta’siriga bo‘lgan javob reaksiyasi kuchini, himoya
20
mexanizmlarining safarbar etilishini va uning yuzaga chiqish darajasini ma’lum
daratez belgilaydi. Bir xil stressorga turli odamlar (yoki bitta odam turli sharoitda)
har xil javob beradi. 0‘zini boshqara oladigan asab sistemasi bardoshli odam ruhiy
yoki jismoniy stressni sovuqqonlik bilan qabul qiladi, unchalik xotirjam bo‘lmagan
kishi qattiq bezovtalanadi. Emotsiya holatida nospesifik himoya reaksiyasi ancha
ijobiy bo‘ladi [70,81,92,106,107].
Umumiy adaptatsiya sindromi uchta bosqichga ega (1.1-rasm). Ulardan
birinchisi xavf-xatar bosqichi («alarm-reaksiya»).
1.1-rasm. Umumiy adaptatsiya sindromining har xil bosqichlarida (I - III)
adrenokortikal faollik (I) va stressga chidamlilik (2) rezistentligining o‘zgarishi
(Vim bo‘yicha, 1981)
I
- ogohlanish bosqichi, II - chidamlilik, III - toliqish;
A - shok fazasi; b - shokka qarshi faza.
Bu bosqich ikkita pog‘onaga bo‘linadi: shok va shokka qarshi. Shok
pog‘onasi bevosita ta’sirdan keyin vujudga kelib, ancha qisqa muddatli boiadi. Bu
pog‘onada markaziy asab sistemasi faoliyati susayadi, mushak tonusi va arteriya
qon bosimi pasayadi, oqsillar parchalanishi kuchayadi, tana harorati, qonda
glyukoza miqdori ortadi, cl-ioni, leykositlar soni kamayadi va K
+
miqdori ortadi,
kapiyallar va hujayra membranalarining o‘tkazuvchanligi buziladi, ichki muhit
reaksiyasi kislotali tomonga suriladi, shuningdek, qonga gipofizning AKTGsi ko‘p
21
miqdorda tushadi [14].
Shok pog‘onasi shokka qarshi pog‘ona bilan almashinadi. Bu pog‘onada
organizmning himoya kuchlari safarbar etilib, yuqorida ko‘rsatilgan o‘zgarishlar
hammasi aksincha sodir bo‘ladi. Markaziy asab tizimi (MAT)ning qo‘zg‘alishi,
tana harorati, arteriya qon bosimi, qonda glyukoza miqdori, xlor ionlari, leykositlar
sonining ortishi yuzaga keladi, himoyaning immun vositalari tushiriladi. Bu
jarayonni sodir boiishida AKTG ta’sirida qonda adrenokortikoidlar ko‘payishi
asosiy sabab bo‘ladi. Agar stressor ta’sirlovchi kuch juda katta bo‘lsa, shok
pog‘onasida yoki shokka qarshi boshlanishida o‘lim yuzaga kelishi mumkin. Agar
stressor kuchi yuqori bo‘lmasa, shok pog‘onasi o‘rniga birdaniga shokka qarshi
pog‘ona yuzaga keladi: organizmning himoya kuchlari safarbar etiladi. Shundan
keyin chidamlilik bosqichi yuzaga keladi, uning muddati ta’sirlovchining davom
etishiga va kuchiga bog‘liq bo’ladi [14].
Chidamlilik bosqichi nospesifik tizimlar reaksiyalarining qo‘shilishi natijasi
bo‘lib, stressoming uzoq vaqt (yoki ko‘p marta) ta’sir etishi oqibatida yuzaga
keladi. Stressorga organizm qarshiligining ortishi mazkur bosqich uchun xos
bo‘ladi. Bunda organizmning boshqa stressorlarga qarshiligi ham ortishi mumkin
(nospesifik chidamlilik), lekin u ko‘pincha pasayadi. Bu bosqichda xavflanish
bosqichiga xos bo‘lgan morfologik va bioximik o‘zgarishlar yo‘qoladi.
Toliqish bosqichi nospesifik sistemalar reaksiyalarining to‘plami bo‘lib,
stressorning haddan tashqari uzoq ta’sir etishi oqibatida rivojlanadi. Bunday holda
stressor ta’siri uchun oldin ishlangan chidamlilikni bundan ortiq ushlab turish
imkoniyati bo‘lmaydi. Bu bosqichda xavfsirash bosqichiga xos bo‘lgan
o‘zgarishlar qaytadan yuzaga keladi va organizmning har qanday stressorga
chidamliligi pasayadi. Toliqish ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi.
Atrof muhitga va uning zararli omillariga organizmning tezlik bilan
moslashishi spesifik va nospesifik yo‘llar bilan yuzaga keladi, lekin bu moslashish
qisqa muddatli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |