I. BOB. Adabiyotlar tahlili
1.1.Adaptatsiya haqida tushuncha
Fiziologik adaptatsiya - muhitning o‘zgaruvchan sharoitlariga tirik
prganizmning moslashish jarayonidir. Adaptatsiya xalqaro termin bo‘lib,
organizmning tabiat, ishlab chiqarish va ijtimoiy sharoitlariga moslashishini
bildiradi. Adaptatsiya hujayra, organ, sistema va organizmdagi tug‘ma orttirilgan
moslashish faoliyatining hamma turlarini o‘z ichiga oladi. Adaptatsiya adekvat
bo‘lmagan muhit sharoitlarida gomeostaz turg‘unligini saqlaydi, ish qobiliyatini,
hayotning maksimal muddatini va ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Lekin hamma
kishilar ham muhitning ayni sharoitlariga bir xilda va to‘liq adaptatsiya
bo’lolmaydi bunda kishining jinsi, yoshi, nerv sistemasining tipi, salomatligi
darajasi, jismoniy chiniqqanligi ahamiyatga ega bo‘ladi (Meerson, 1986; 1988;
Sel’e, 1990).
Adaptatsiya
ikkiga
bo‘linadi:
tezlik
bilan
yuzaga
keladigan
(takomillashmagan) va uzoq muddatli (takomillashgan) adaptatsiya (Sel’ev, 1990).
Tezlik bilan yuzaga keladigan adaptatsiya reaksiyasi ta’siri boshlangan zahoti
hosil bo‘lib, oldin shakllangan tayyor fiziologik mexanizm orqali amalga oshadi.
Bu davrning muhim tomoni shundan iboratki, organizmning faoliyati fiziologik
imkoniyat chegarasida o‘tadi va to‘liq daratez kerakli adaptatsiya samarasini
ta’minlaydi. Tezlik bilan yuzaga keladigan adaptatsiyaga g‘ayrioddiy ta’sir tufayli
ularga javoban yuzaga keladigan reaksiyalar kiradi. Masalan, og‘riqli ta’sir
berilganda undan himoyalanish kuchli sovuq ta’sirida organizmda issiqlik
ishlanishining ortishi va issiqlik yo‘qotilishining kamayishi tashqi muhitning
yuqori haroratga javoban issiqlik yo‘qotilishining kuchayishi, qon aylanish va
nafas sistemalari funksiyalarining ortishi, organizmda qon oqimining qayta
taqsimlanishi, kislorod yetishmagan sharoitlarda kislorod tashuvchi sistemalar qon,
qon aylanish, nafas sistemalari ishi va to‘qimalarning kislorod o‘zlashtirishining
o‘zgarishi kabi boshqa reaksiyalami ko‘rsatish mumkin. Funksional sistemalar
ishining bunday o‘zgarishlari natijasida organizm yuzaga kelgan noadekvat omillar
16
ta’siriga moslashadi, ya’ni tiriklar jarayonlarining izdan chiqishining oldini oladi.
Adaptatsiya yetarli daratez ta’minlanmagan holatlarda fiziologik jarayonlarning
buzilishi, organizm salomatligining zaiflashishi yuzaga kelishi mumkin [6,7,9,18].
Uzoq muddatli adaptatsiya organizmga muhit omillarining uzoq vaqt
davomida yoki ko‘p qayta ta’sir etishida asta-sekin shakllanadi. U tezlik bilan
yuzaga keladigan adaptatsiyaning ko‘p qayta amalga oshishi asosida rivojlanadi va
organizmdagi qandaydir o‘zgarishlarning asta-sekin miqdor to‘planishlari
natijasida yangi sifatli adaptatsiyaga aylanadi, ya’ni adaptatsiyaning bu turi
oldindan shakllangan tayyor mexanizmlarga ega bo‘lmaydi [30].
Odamdagi adaptatsiyani o‘rganish yashash sharoitiga moslashislming
samarali choralarini aniqlashga yo‘l ochadi. Salomatlik va kasallikni oldini olish
organizmning turli funksiyalari va qobiliyatining rivojlanish mexanizmlarini
tushinishga yordam beradi. Havo, fazo, suv osti bo‘shliqIarini o‘zlashtirilishi,
shimingdek, aholining yangi jug‘rofiy-iqlimli tumanlarga ko‘chishi bilan
adaptatsiya muammosi borgan sari ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda
[21,36,38,42,58,66,97].
Adekvat bo‘lmagan har xil sharoitlarda tezlik bilan yuzaga keladigan va uzoq
muddatli adaptatsiya organizm hayot-faoliyati qayta qurilishidagi spesifik va
nospesifik belgilar bilan xarakterlanadi. Bunday qayta qurilish asosida ijtimoiy
biologik va ruhiy fiziologik omillar yotadi. Spesifik jarayonlar normal hayot
faoliyatining meostatik yo‘l bilan boshqarilishini ta’minlaydi. Adaptatsiyaning
nospesifik jarayonlari gomestatik reaksiyalarning energiya va qurish moddalari
hamda organizmning himoya qobiliyatining safarbar etilishi bilan o‘zaro aloqani
ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |