Uchinchi bosqich funksional sistemaning yangi daratezgi faoliyatini
ta’minlash uchun zarur rezerv borligini ifodalaydigan uzoq muddatli turg‘un
adaptatsiya yuzaga kelgani bilan farqlanadi. Bu funksional qurilmalar faoliyatining
turg‘unligi, boshqaruvchi va ijrochi a’zolarning o‘zaro jips bog‘liqligi ko‘riladi.
To‘rtinchi bosqich odatda ortiqcha kuchlanishdagi noto‘g‘ri tashkil etilgan
mashq qilish ishlarini bajarish va yetarli daratez ovqatlanmaslik, dam olmaslik,
quvvatning yaxshi tiklanmasligi oqibatida yuzaga keladi. Bu bosqich funksional
sistemaning ayrim komponentlarining yemirilishi bilan xarakterlanadi va
ko‘pincha strukturaning yangilanish jarayonini buzilishi ayrim hujayralarning
o‘lishi va ularning biriktimv to‘qimasiga aylanishi bilan ifodalanadi. Bunday
hodisalar yurak, jigaming kompensator gipertrofiyasida asab markazlari, gipofiz -
adrenal kompleks giperfunksiyasida kuzatilib, organizmning adaptayiya zahiralari
yetishmaydigan daratezgi ishlar ta’sirida yuzaga keladi.
Tabiiyki, to‘g‘ri tashkil etilgan mashq qilish ishlari adaptatsiyaning birinchi
uchta bosqichidan o‘tadi. Bu ishlar sportchining qanday tayyorlanishi va musobaqa
faoliyatining turli komponentlariga tegishli bo‘lishi mumkin. Jumladan, ayrim
organlar (masalan, yurak) yoki funkyional tizimlar (masalan, aerob yo‘li bilan
bajariladigan ishni va sportchining yuqori natijaga erishishda namoyon bo‘ladigan
qobiliyatining shakllanishini taminlaydigan sistema) adaptatsiyasi shu yo‘l bilan
yuzaga keladi
Ma’1umki
[64,62,66,73,80,82]
jismoniy
mashqlar
bilan
muntazam
shug‘ullanish harakat a’zosining funksional imkoniyatlarini asta-sekin oshirib
boradi. Kuch bilan bajaraladigan ishlar uchun adaptatsiya jarayonida mushak
tolalarining vazni ortadi, ya’ni muskullar gipertrofiyalanadi. Chidamlilik mashqini
28
bajarishda muskullarda aerob yo‘li bilan energiya hosil bo‘lish quvvati ortadi. Bu
muskulning og‘irlik birligiga nisbatan mitoxondriylar soni va mitoxondriya
fermentlarining faolligini ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Uzoq muddatli
adaptatsiya jarayonida anaerob yo‘l bilan energiya hosil boiishi quvvati ham ortadi,
bu mushaklarda glikogen miqdorini 1,5-3 marta va glikogensintetazalar
faolligining ortishida ifodalanadi (Yakovlev, 1981). Jismoniy ishga uzoq muddatli
adaptatsiya skelet mushaklari bilan ta’minlanishining o‘zgarishiga olib keladi.
Bunday o‘zgarishlar ishlayotgan mushaklami kislorod va moddalar bilan yetarli
ta’minlash hamda ulami metobolitlardan tozalashni amalga oshiradi. Mushaklarda
kapillyarlar soni ortadi. Andersenning (1975) biopsiya metodi bilan olgan dalillari
yuqori malakali sportchi yuguruvchilarda sonning to‘rt boshli mushagining 1mm
2
da kapillyarlar soni 500 ga yetishini ko‘rsatadi, holbuki, jismonan
chiniqmaganlarda bu ko‘rsatgich 325 ni tashkil etadi [85,102].
Tashqi nafas sistemasming uzoq muddatli adaptatsiyasmmg shakllamshi nafas
sistemasi va nafasni boshqaruvchi yuqori markazlar ishi bilan bog‘liq. Bu tinch
holatda va o‘lchamli ish bajarish chog‘ida tejamlilik eng katta hajmdagi jismoniy
ishlarni bajarish esa yuqori daratez reaksiya yuzaga kelishi, tinch holatda va
o‘lchamli ish bajarishda o‘pka ventilyatsiyasining kamayishi, asosan,
to‘qimalarning qondan kislorod olish qobiliyatini ortishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Jismoniy chiniqishda nafas sistemasida ham o‘ziga xos o‘zgarishlar, ya’ni
uning funksional imkoniyatlarining ortishi va nafasni boshqaruv mexanizmining
takomillashishi yuzaga keladi. Chidamlilikka chiniqayotgan yuqori malakali
sportchilarda o‘pkaning maksimal tiriklik sig‘imi 6-7 1 ni tashkil etadi, jismonan
chiniqmaganlarda esa 3-3,5 1 ga teng bo‘ladi. Nafas olish va nafas chiqarish
quvvati yuqori malakali sportchilarda sekundiga 7,5 va 8,8 1 ni tashkil etsa,
jismonan chiniqmaganlarda esa 5,6 1 va 5,2 1 ga barobar bo‘ladi. Shuningdek,
jismonan chiniqqanlarda tinch holatda nafas olish soni daqiqasiga 5-8 siklga,
maksimal nafas chuqurligi 3,4 -3,5 1 ga yetadi, chiniqmaganlarda maksimal nafas
chuqurligi 2,0-2,5 1 ga teng bo‘ladi [13,26,35,45,57,61,62].
Mushak ishiga uzoq muddatli adaptatsiya jarayonida faqat tashqi nafas
29
ko‘rsatkichlari rivojlanmay, nafasni boshqaruvchi markazlar ishi ham
takomillashadi. Bunday qayta qurilishlar, ayniqsa, ishlayotgan to‘qimalarni
kislorod bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi va organizmning
mushak ishiga chidamliligi ortishida ma’lum rol o‘ynaydi.
Uzoq muddatli adaptatsiya a’zo va to‘qimalar strukturasini qayta qurilishi,
funksiyalarning ancha tejamli bo‘lishi, funksional tizimlar faoliyatining
harakatchanligi va turg‘unligini kuchayishi harakat va vegetativ funksiyalarning
maqsadga muvofiq va egiluvchan tarzda o‘zaro bog‘lanishning sozlanishi bilan
xarakterlanadi. Uzoq muddatli adaptatsiyaning muhim elementi bosh miyaning
yarimsharlar po‘stlog‘idan tejamli va turg‘un faollikning o‘zaro bog‘liq tizimining
shakllanishidan iborat. Bu tizim harakatlarini boshqaruvchi funksional tizimning
bir qismi bo‘lib, halaqit beruvchi omillarga nisbatan yuqori daratez turg‘un bo‘ladi.
Adaptatsiya qilgan shaxslar bunday ishlarga adaptatsiya qilmaganlardan har xil
halaqit beruvchi omillar ta’sirida boshqaruvchi funksional tizimning buzilmasligi
bilan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |