Matematik ta’minot- bu axborot tizim ishlab turishi uchun zarur bo‘lgan matematik usullar, modellardan iborat.
Matematik ta’minotga quyidagilar kiradi:
Boshqruv jarayonlarini modellashtirish vositalari,Tipik masalalarni tayyor echish usul va vositalari (jumladan, matematik analiz, algebra, hisoblash usullari, differensial va integral tenglamalarga oid tayyor algoritm va usullar), Matematik dasturlash, matematik statistika, ommaviy xizmat ko‘rsatish va hakazolarning usullari.
Dasturiy ta’minot- bu axborot tizim ishlab turishi uchun zarur bo‘lgan algoritmlar, dasturlardan iborat.
Dasturiy ta’minotga umumtizim dasturlari, maxsus dasturiy vositalar va ularga mos texnik hujjatlar kiradi.
Umumtizim dasturlarga foydalanuvchilarga mo‘ljallangan va axborotga ishlov berishning tipik masalalarini hal qiluvchi dasturlardan iborat. Ular kompyuterning funksional imkoniyatlarini kengaytirib, ma’lumotga ishlov berish jarayonlarini boshqaradi va nazorat qiladi.
Dasturiy ta’minotning texnik hujjatlari shu dasturlarning vazifalari, belgilanishi,echiladigan masalalarning iqtisodiy matematik modellari, algoritmlari va dasturlarining ishlashini tasdiqlaydigan misollardan iborat bo‘ladi.
Axborot ta’minot- bu axborot tizim ishlab turishi uchun zarur bo‘lgan axborotni yagona (unikal) klassifikatsiyalash va kodlash usullari, unikal (yagona, normativ) hujjatlar majmui, hujjatlar oqimining harakat marshrurtlar sxemasi, MB tuzish texnologiyasidan ibortdir.
Hujjatlarning yagona (unikal) tizimi davlat, respublika, soha va regionlar kesimida yaratiladi. Asosiy maqsad- jamiyat ishlab chiqarishida barcha mahsulotlar, tovarlar uchun yagona, umumiy ko‘rsatkichlar, talablar ishlab chiqish.
Axborot oqimining sxemasi - axborot oqimining harakati marshrurtini va hajmini akslantiradi, dastlabka ma’lumotlarning kelib chiqish joylarini va natijaviy axborotni foydalanish joylarini aniqlaydi. Bu sxemalarni tahlil qilib boshqaruv ishlarini takomilllashtirish to‘g‘risida tadbirlar ishlab chiqish mumkin. Misol sifatida, yangi xodimning ishga qabul qilish bilan bog‘liq hujjatlarning harakatlanishi aks ettirilgan qaydlarni keltirish mumkin.
Mahsus hujjatlarni yaratish metodologiyasi uni yaratishning nazariy asoslari bilan bog‘liq. Mahsus hujjatlarni yaratish quyidagi etaplarda aniqlanadi:
Tashkilotning barcha bo‘limlarini quyidagi maqsadlarla tekshirish:
Spetsifika va faoliyat strukturasini aniqlash,
Axborot oqimlari sxemasini tuzish,
Bo‘limlarning xossalari, vazifalarini belgilab beradigan axborot ob’ektlari va rekvizitlarni (parametrlar va xarakteristikalar) tarkibini aniqlash.
Tashkilot faoliyatining axbort-mantiqiy modelini qurish. Unda tashkilotning barcha ob’ektlari va rekvizitlari orasidagi bog‘lanishlar ko‘rsatilishi lozim. Tashkilotning axborot-mantiqiy modeli maxsus hujjatlar yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Axborot ta’minotini yaratish uchun zarur:
Tashkilotning boshqarish tizimning maqsadlari, fazifalari, funksiyalarini aniq tassavvur qilish;
Axborotni kelib chiqishidan to foydalanishgacha bo‘lgan harakati oqimini aniq tassavvur qilish;
Hujjat almashishni takomillashtirish;
Axborotni klassifikatsiyalash va kodlash tizimini mavjudligi;
Axborot-mantiqiy model yaratishni bilish;
Axborot tashuvchilarda axborot massivlarini tashkil qilishni bilish (zarur texnik vositalar mavjud bo‘lishi shart).
Do'stlaringiz bilan baham: |