Tizimning boshqarish funksiyalari: Bashoratlash— bu tashqi muhitning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatini, boshqariladigan ob’ektning o‘zini tutishini aniqlash maqsadida ma’lumotlarni qayta ishlash hamda ular har birining ehtimolligini baholashdan iborat.
Rejalashtirish boshqarishning maqsadi va unga erishi yo‘llarini aniqlash,harakat rejasini tuzish va uning istiqbolini aniqlash.
Me’yorlashtirish - tizimning xususiyatlarini ifodalovchi statistik ma’lumotlarni doimiy ravishda yig‘ish va ular asosida tizimning bir me’yorda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlab turish.
Hisobga olish boshqariladigan ob’ekt va tashqi muhit parametrlari majmuini qayd etishdan iborat. U yana keladigan ma’lumotlarni dastlab qayta ishlash, jumladan, tasniflash, guruhlash va hokazo arifmetik hamda mantiqiy operatsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Tahlil etish boshqarish tizimi tuzilishini tanlash va shakllantirish tizim unsurlari o‘rtasidagi munosabatni va bog‘liqlikni aniqlash.
Nazorat ishlab chiqarish jarayonini kuzatish va haqiqatda bajarilgan ishning reja bo‘yicha belgilanganligi tug‘riligini tekshirish.
Hisobot reja bajarilishining yoki uning ma’lum bir bosqichi bajarilishining yakuniy hisoboti, boshqarish natijalarini baholash.
Qaror qabul qilish maqsadni aniqlash. Qarorni ishlab chiqish va qabul qilish.Qaror bajarilishini tashkil qilish va nazorat qilish.
Boshqarish tizimida asosiy funksiyalardan biri - qaror qabul qilish funksiyasidir. Boshqarish qarorini ikki xil qabul qilish mumkin:
1.YAkka holatda. 2. Kollegial.
Qarorni qabul qilish uch bosqichda amalga oshiriladi:
1.Maqsadni aniqlash.
2.Qarorni ishlab chiqish va qabul qilish.
3.Qaror bajarilishini tashkil qilish va nazorat qilish.
Birinchi bosqichda holatni tahlil qilish, muammoli vaziyatni aniqlash, maqsadni aniqlash
Ikkinchi bosqichda masala qo‘yiladi va qarorning variantlarini aniqlash, qarorni tanlash va tasdiqlash.
Uchinchi bosqichda qarorni bajarish rejasi aniqlanadi, qarorning bajarilishi hisoboti beriladi, u nazorat qilinadi hamda qaror bajarilishi boshqariladi.
Axborot tizimlarning turi ular kimning hohish irodasini ifodalaydi va qanday darajada boshqariladi degan savolga javob berish bilan aniqlanadi. Ushbu rasmda axborot tizimlar funksional belgi va boshqarish darajalari va xodimlarning malakalari asosida klassifikatsiyalangan.
141- rasm. Axborot tizimlar funksional belgi va boshqarish darajalari va xodimlarning malakalari asosida klassifikatsiyalanishi. Rasmdan ko‘rinadiki, boshqarish darajalari qanchalik yuqori bo‘lsa, mutaxassislar va menedjerlarning axborot tizim orqali bajariladigan ishlar miqdori shuncha kam bo‘ladi. Lekin, bunda axborot tizimning murakkabligi va intelektual imkoniyatlari oshib boradi va menedjerlarning qaror qabul qilishlar ahamiyati ortib boradi. Boshqaruvning har qanday darajasida funksional qismlardan axborotga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi.
Piramida asosida ish bajaruvchi xodimlar ma’lumotlarni qayta ishlash bilan shug‘ullanadilar, quyi bosqich menedjerlari operativ boshqaruv bilan shug‘ullanadilar. Piramidaning yuqorigidagi strategik boshqaruv darajasida axborot tizimlar o‘z ahamiyati jihatidan strategik axborot tizimlar bo‘lib qoladi va yuqori bo‘g‘im menedjerlarining faoliyatini, masalalarning yomon strukturalangan vaziyatida qaror qabul qilishlarini qo‘llab quvvatlaydilar.