Kutubxonalararo abonoment ishi qoidasi va uni tashkil qilish uslublari.
1.Talablarni qabul qilish va ular bilan ishlash.
KAA bo‘yicha talab bevosita abonentdan tushadi. “GOST 7.31-89 Kutubxonalararo abonementning yagona umumdavlat tizimi. Umumiy talablar” ga ko‘ra KAA orqali endilikda faqat ilmiy va ishlab chiqarishga oid adabiyotlarga emas, balki o‘quv va badiiy adabiyotlarga bo‘lgan talablar ham ( faqat ilmiy maqsadlar uchun) bajariladi. Kutubxona fondida mavjud bo‘lmagan adabiyotga talab qog‘ozi to‘ldiriladi:
a) talab qog‘ozi asl nusxa tilida to‘ldiriladi;
b) nashr haqidagi ma'lumotlar talab qog‘ozining hamma qismlarida bir xil berilishi shart;
v) noto‘g‘ri to‘ldirilgan talab qog‘ozi abonentga to‘ldirish va to‘g‘rilash uchun qaytariladi.
Ko‘pgina kutubxonalarda talabni aniqlash, taxlil qilish kutubxonalararo abonoment bo‘limi kutubxonachisi tomonidan bajariladi. Talab qog‘ozi 3 qismdan iborat bo‘lib, har bir so‘ralgan asarga alohida to‘ldiriladi. KAA bo‘yicha mas'ul shaxs imzo va kutubxona muxrini bosadi.
Talab qog‘ozining 1-qismi abonentga abonoment ochish va talabni bajarish uchun kerak bo‘ladi va talabni jo‘natayotgan kutubxonada qoladi. 2- qismi birinchining nusxasi bo‘lib, abonentga qaytarish muddatini ko‘rsatib nashr bilan birga beriladi. 3-qismi talabni bajarayotgan kutubxonada qoladi, kitob formulyari sifatida va talabni navbatga qo‘yish maqsadida foydalaniladi.
Talablar pochta, teletayp, telefon orqali bajariladi. Teletayp orqali talab berish bilan birga kerakli kutubxonaning turar joyini, adabiyotlardan foydalanish muddatini uzaytirishda aloqa o‘rnatish mumkin.
2.Nashrlarni berish va qabul qilish.
Abonomentlar talabini bajarishda kutubxonaning turli bo‘limlari qatnashadi, ammo talabning to‘g‘ri bajarilishi va jo‘natilishi, o‘z vaqtida qaytarilishini kutubxonalararo abonoment bo‘limi yoki sektor nazorat qiladi. Talab qog‘ozida talabni bajarish jarayoni aks etib boradi, nashr shifri, berilgan adabiyot soni, talabning bajarilgan va berilgan vaqti ko‘rsatiladi. Talabni berayotgan kutubxona talab qog‘ozida adabiyotni qaytarish muddatini ko‘rsatadi, talabni jo‘natayotgan kutubxona nomini ko‘rsatadi. Talab pochta orqali jo‘natiladi, yo‘l xaqini shu kutubxona to‘laydi, adabiyotdan foydalanib bo‘lgandan so‘ng yana pochta orqali qaytariladi va shu yo‘l xaqini kutubxona abonent to‘laydi. Yo‘l xaqini ko‘rsatuvchi xujjatlar to‘planadi va har oyda buxgalteriyaga topshiriladi.
Kutubxonalararo abonoment ishini tashkil qilish, talablarning bajarilishini xisobga olish va nazorat qilib borish uchun kutubxonalararo abonoment bo‘limida ikkita kartoteka yuritiladi:
kutubxona fondidan berilgan adabiyotlarning talab qog‘ozlari.
qaytarilgan adabiyotlarning talab qog‘ozlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |