Axborot-kutubxona xizmati tizimi Reja: Axborot-kutubxona xizmati tizimining mazmuni va shakllari


Abonement bo‘limi ishining qoidasi



Download 50,92 Kb.
bet6/12
Sana03.07.2022
Hajmi50,92 Kb.
#735500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2 mavzu

Abonement bo‘limi ishining qoidasi. Abonementda kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish bir qator texnik jarayonlardan iborat: kitobxonni a'zo qilish, adabiyot berish ishini xisobga olish, qiziqishini o‘rganish, adabiyotlarni tavsiya etish, adabiyotlar xaqida suxbatlar va boshqalar.
Kitobxonlarni kutubxonaga a'zo qilish va kitob berish ishlari kutubxonalardan foydalanishning mavjud koidalari asosida amalga oshiriladi. Ilmiy va ommaviy kutubxonalarga kitobxonni a'zo qilish paytida kitobxonlik bileti to‘ldiriladi. Markazlashgan kutubxonalar tizimi kitobxonlari uchun yagona kitobxonlik bileti beriladi va u tizimdagi barcha kutubxonalar fondidan foydalanish imkonini beradi.
Yagona kitobxonlik biletini qo‘llashga bo‘lgan asosiy talab kutubxonaning hamma tarkibiy bo‘limlarida kitobxonni a'zo qilish va unga xizmat ko‘rsatishni tashkil qilishdan iborat. Yagona biletda kitobxon va kutubxona tarkibiy qismlari xaqida asosiy ma'lumotlar beriladi ularning ish vaqti, telefonlari, manzili, kutubxonadan foydalanishning qisqacha qoidasi ham beriladi. Kitobxonga yagona kitobxonlik bileti berish bilan kitobxonga ikkita xisob kartochkasi ham to‘ldiriladi. Unda kitobxon haqidagi barcha ma'lumotlari: turar joyi, ish joyi, kutubxonaga a'zo bo‘lgan vaqti va kitobxon imzosi aks ettiriladi. Ilmiy kutubxonalar kitobxoni uchun xisob varaqasida ko‘proq ma'lumotlar beriladi: millati, ish joyi, oliy o‘quv yurti nomi, kitobxon foydalanayotgan boshqa kutubxonalar, turar joyi, pasport ma'lumotlari.
Kitobxonni xisob varaqasi aloxida kartotekada ismi sharifining alifbosi tartibida joylashtiriladi bu esa kitobxon haqida tezda ma'lumot topishda, uni nazorat qilib borishda kerak bo‘ladi Іar bir kartochkaga alohida tartib raqam qo‘yiladi. Xisob kartochkalari yordamida kitobxonlarning sonini aniklash mumkin.
Ommaviy va o‘quv kutubxonalarida xar bir kitobxon uchun alohida xujjati - kitobxon formulyari to‘ldiriladi. Kitobxon formulyari ikki xil shaklda kattalar va bolalar uchun bo‘ladi. U kitobxonlar sonini, berilgan adabiyotlarni xisobga olishda, kitobxonlar qiziqishini o‘rganishda, axborot ishlarida va kutubxonani xisobot ishlarida asosiy manba xisoblanadi.
Formulyarning yuza qismida kitobxon haqida asosiy ma'lumotlar beriladi: yoshi, ma'lumoti, kasbi, o‘quv yurti, turar joyi, ish joyi, a'zo bo‘lgan vaqti, hamda kitobxonni kutubxonadan foydalanish qoidalari bilan tanishganligi va ularga rioya qilish majburiyatini olganligi haqidagi imzo bo‘ladi.
Formulyarning ichki qismida kitobxonga berilgan adabiyotlar yozib boriladi: uning vaqti, inventar nomeri, bo‘lim indeksi, kitob muallifi va nomi, kitobxon imzosi. Formulyar ichiga kitobxonga berilgan kitoblarning formulyari qo‘yiladi. Kitob formulyari yordamida kitobning o‘qilishi va qanday kitobxonlarga berilganligi aniqlanadi, kitobxon qiziqishi o‘rganiladi. Formulyarining so‘nggi saxifasida “kutubxonachining muloxazasi” beriladi. Bu qismda kitobxonning yana qaysi kutubxonalardan foydalanayotgani, sevgan mavzusi, mashg‘uloti, va x.k. yozib boriladi.
Ilmiy kutubxonalar abonementida berilgan kitoblar formulyarga yozilmaydi. Kitob fondidan talab qilingan kitobni olish uchun talab varaqasi to‘ldiriladi. Unda kitobxon biletining nomeri, talab berilayotgan vaqti, kitob shifri, kitob xaqida ma'lumot- muallifi, nomi, kitobxon ismi sharifi, imzosi bo‘ladi. Talabning ikkinchi qismida kutubxonachining talabni bajarish vaqtidagi imzosi, rad etilganligi va uning sababi ko‘rsatiladi.
Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish samarasi abonementning boshqa xizmat ko‘rsatish shakllari bilan, ayniqsa o‘quv zali bilan birgalikda olib boradigan ishiga bog‘liq. Abonement va o‘kuv zalining xamkorligi ommaviy tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazishda, ma'lumot-bibliografik hamda axborot ishlarini amalga oshirishda va kitobxonlar qiziqishini o‘rganishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Download 50,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish