O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NAVOIY VILOYATI O’RTA MAXSUS,
KASB-HUNAR TA'LIM BOSHQARMASI
NAVOIY ARXITEKTURA VA QURILISH KASB –HUNAR KOLLEJI
"Axborot kommunikatsion texnalogiyalari va iqtisod" KAFEDRASI
MAXSUS FAN O’QITUVCHISI
O’sarova Gulruh Samatovnaning
“Kompyuter tarmoqlarini o’sish tarixi”
mavzusida tayyorlagan.
(Uslubiy ishlanma)
Navoiy2016
Ushbu uslubiy ishlanma kollejning barcha ko’rs va yo`nalishidagi talabalar uchun o`qitiladigan “Kompyuter tarmoqlari” fani bo`yicha talabalar egallashi kerak bo`lgan qo’yidagi bilim va ko`nikmalarni o`z ichiga oladi:Kompyuter tarmoqlari haqida ma’lumot, yaratilishi va tarmoqlarda ishlash ularning imkoniyatlari va hakozo
Tuzuvchi Navoiy arxitektura va qurilish kasb-hunar kolleji maxsus fan o’qituvchisi: G.S.O’sarova
Taqrizchi: Navoiy arxitektura va qurilish kasb-hunar kolleji maxsus fan o’qituvchisi: A.Yalg’ashov
Ushbu uslubiy ishlanma “ Axborot kommunikatsion texnalogiyalari va
iqtisod ”kafedrasining «____»____
_____ 2016 yil ___-sonli yig`lishida ko`rib
chiqilgan va uslubiy kengashga tavsiya etildi.
Ushbu uslubiy ishlanma uslubiy kengashning
«_____»_________2016 yil ___-sonli yig`lishida
ko`rib chiqilgan va o’quv jarayoniga tavsiya etildi.
Kirish
O’zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri “shaxs manfaati va ta’lim ustivorligi”dir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli ta’limning yangi modeli yaratildi.
Yangicha fikrlaydigan, bozor sharoitlarida muvaffaqiyatli xo’jalik yuritadigan yuksak malakali, chuqur bilimli mutaxassislarni tayyorlash davr talabi bo’lib qoldi. Mamlakatimiz rivojlangan davlatlar qatoridan mustahkam o’rin egallashi uchun zamonaviy kompyuter texnologiyalarini hayotimizning barcha javhalariga ayniqsa iqtisodiyotga keng joriy etish zarur.
Ushbu o’quv ishlanma kollejning barcha yo’nalishlari bo’yicha tayyorlanadigan kichik mutaxassislar uchun mo’ljallangan bo’lib, talabalarning “ Kompyuter tarmoqlari” fanida o’zlashtirgan nazariy bilimlarini mashg’ulotlarda mustahkamlash, mustaqil ravishda ishlab chiqarish vaziyatlarini dasturlarini tadbiq etgan holda yechish va o’quvchilarga ko’nikma hamda malakani shakllantirish yo’llari mazkur qo’llanmada o’z ifodasini topgan.
Hisoblash texnikasining keng yoyilishi va kompyuter tarmoqlarining turli faoliyat sohalariga joriy etishi tufayli bugungi kunda har qanday korxona yoki tashkilotning ishi zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llamay amalga oshmaydi. Shunday qilib axborotni qayta ishlash, saqlash va uzatishni qayta ishlash asoslarini bilish mutaxassislarni qayta tayyorlash kurslari tinglovchisiga mehnat bozorida raqobatdosh bo’lish, qiziqarli va istiqbolli ish topa olish imkoniga ega bo’lishi uchun juda zarur.
Mazkur uslubiy ishlanma ikki soatga mo’ljallangan hajmdagi materialni o’z ichiga olgan bo’lib, ushbu uslubiy ishlanmada kompyuter tarmoqlari usish tarixi haqida umumiy ma’lumot o’z aksini topgan.
Dars jarayonida “KLASTER” usulidan, texnik vositalardan foydalanish, o’quvchi va o’qituvchining dasturli faoliyati munozara va boshqa usullaridan maqsadli foydalanish ijodiy, nostandart tafakkurlashni rivojlantirish garovi hisoblanadi.
Ushbu uslubiy ishlanma kollejning barcha yo’nalishlar uchun qo’llanma sifatida ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |