Axborot iste’moli madaniyati va uni rivojlantirish yo‘llari bobning qisqacha mazmuni



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/26
Sana17.05.2023
Hajmi1,03 Mb.
#939530
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
3-4-гуруҳ

INTERNETNI TA’SIRI 
Internetning o‘zi nima? 
Bugun shubhasiz u yuqorida keltirilgan 
uchala funktsiyani ham o‘z ichiga oladi – aloqa (kommunikatsiya 
manbai sifatida), OAV (axborot manbai sifatida) va ishlab chiqarish 
(biznes uchun asos sifatida). 
Ayrim pessimistik bashoratlarni inkor etgan holda, internetning 
mavjud virtual borlig‘i, ayni paytda nafaqat foyda keltirmoqda, balki 
ayrim hollarda jamiyatni global falokatlardan asramoqda. 
«Kundalik» inson omili. Bu termin sotsiologiyada operatorning 
texnologik jarayonga ta’sirini anglatib, «individuum psixologiyasining 
jamiyat jarayonlarida hisobga olish» bayrog‘i ostida texnikadan kirib 
kelgan. Psixologiya va sotsiologiyada davom etayotgan munozaralarga 
qaramay, o‘ylaymanki, «inson omili» komponentlarini aniqlash 
umimiy jihatdan unchalik murakkab emas. 
Individual-psixologik 
jihatdan
– sezgi a’zolarining inson tomonidan inidividual rivojlanish 
jarayonida yaratiladigan «men» modeliga 
ta’siri,
ijtimoiy-psixologik 
jihatdan esa – inson jamiyatda tutgan o‘rnining ijtimoiy rivojlanish 
jarayonida vujudga keladigan «men va ular» modeliga ta’siri. Bu 
modellar o‘zaro bog‘liq va o‘zaro hamkorlikda. Inson qanchalik tez 
o‘zgarishi mumkin va yangi dunyoqarash hamda turmush tarzi 
shakllanishiga qancha vaqt talab etiladi – bu «men» hamda «men va 
ular» modellarining hamkorligini anglatadi. 
Bugun axborot kompyuter texnologiyalari rivojlanishida hech 
qanday to‘siqlar yo‘q. Mazkur izlash tizimi hamda axborot uzatish 
texnologiyalari tomonidan dunyoga kelgan – 
internet 
shubhasiz, juda 
yaqin kelajakda erkinlikning barcha darajalariga erishadi. Bu keng 
qamrovli axborot tuzilmasi bilan hamqadam ravishda u bilan bog‘liq 
boshqa tizim – virtual olam rivojlanyapti. 
Zamonaviy psixologiya faol muhit tomnidan shakllantiriladigan 
passif sub’ektlar yoki qarshilik bo‘lmagan muhitda faoliyat olib 
boradigan faol sub’ektlarni tasvirlaydi, ammo deyarli hech qachon – 
faol sub’ektlar faol muhitda tilga olinmaydi. Internet fenomeni esa 
aynan ana shunday munosabatlar tizimiga misol bera oladi. 
Ko‘rib turganimizdek, virtual olam tizimi inson, shuningdek, butun 
jamiyat hayotiy faoliyati jarayonida kun sayin ko‘proq harakatga 
kelyapti. Virtual olam imkoniyatlari, uning namoyon bo‘lish darajalari, 
ta’sir doirasini har taraflama o‘rganish ongli, to‘g‘ri va zamonaviy fikr 
hisoblanadi. 
Bu hodisani chuqur va har taraflama o‘rganish ijod, o‘qitish, 
modellashtirish va boshqa ko‘plab sohalarda katta imkoniyatlarni 


21 
ochib beradi, virtual olam hodisalarini tushunish orqali yaratilgan va 
qo‘llanadigan virtual texnologiyalar alohida odamga ham, to‘liq davlat 
tizimiga ham shaksiz foyda keltiradi. 
Bugungi kunda mazkur tizimlarning kelajagi haqida turli fikrlar 
ilgari surilgan, virtual olam tizimlarini o‘rganishga bag‘ishlangan 
alohida izlanishlar mavjud. Tadqiqotchilar, olimlar, tahlilchilarning 
ishonch bilan bildirgan insoniyatni, shubhasiz, imkoniyatlari cheksiz 
raqamli kelajak kutayotgani haqidagi ko‘plab optimistik bashoratlari 
bor. Xuddi shuningdek, buning aksi bo‘lgan, yuzaga kelgan axborot 
inqilobi va yaqinlashib kelayotgan, iqtisod asosiga qurilgan, yuqori 
texnologik elektron vositalarni qo‘llaydigan, yangi ijtimoiy-axborot 
jamoat tuzumi butun jamiyat uchun salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi 
haqidagi fikrlar ham mavjud. Ayrim mualliflar virtual olam 
tizimlarining internet axborot tizimi bilan integrallashuvi qat’iyan 
mumkin emas, balki yopiq hududda rivojlanishi kerak degan 
mustahkam tushunchadalar. Aks holda, – deya ta’kidlaydi, misol 
uchun, S.Nexaev va N.Krivoshein, – katalizator sifatida namoyon 
bo‘ladigan internet virtual olam bilan hamkorlikda mustaqil 
rivojlanadigan kibernetik organizmni – sun’iy ongni dunyoga keltiradi, 
buning oqibatlarini esa umuman tahmin qilib bo‘lmaydi...

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish