OYNAI JAHONNI TA’SIRI
Televidenie
o‘tgan asrning 30-yillarida hayotga kirib keldi va
radio kabi XX asrning 60-yillarida ommaviy axborot vositalari
«uchligi»ning teng huquqli a’zosiga aylandi. Kelgusida u tezkor
templarda rivojlandi va ma’lum ko‘rsatkichlar (voqeiy axborot,
madaniyat, ko‘ngil ochar) bo‘yicha birinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Televidenieda tezkor ko‘rsatuvlarni studiyadan ham, voqea
joyidan ham (bevosita uzatish videotexnika va aloqa kanallari rivoji
tuayli hal etiladigan bir qator texnik murakkabliklarga ega bo‘lsada)
tashkil etish mumkin. Bunday «jonli», voqea joyidan to‘g‘ri efirga
uzatiladigan tezkor ko‘rsatuvning yutug‘i, radioga nisbatan sezilarli
darajada yuqori «ishtirok effekti»dadir, chunki ovoz va tasvir organik
birlikda hamda odamning auditoriya bilan mustahkam aloqa
o‘rnatishni ta’minlovchi ikkala muhim sezgi a’zolari qo‘llaniladi.
Televidenieda «audio» va «video» teng qo‘llanishi, ammo zarur
hollarda ovoz yoki tasvirga urg‘u berilishi (maslalan, surat
galereyasidan tayyorlangan ko‘rsatuv) mumkin. Televidenie
xususiyatlari barcha turdagi– publitsistik, badiiy, ilmiy-ommabop
dasturlar o‘ziga xosligini belgilaydi.
OAV va televidenie bilan jamiyatdagi jiddiy kuch sifatida hisoblasha
boshlaganlariga ancha bo‘lgan.
Bu mavzu «urf»dan qolmaydi. Biroq,
televidenie komplek, ko‘pqirrali hodisa bo‘lsada, OAVning jamiyat
madaniyatiga kengqamrovli ta’siri muammosi e’tiborga olingan ishlar
ko‘p emas. Ko‘pincha olimlar muammoni butunicha, tizim sifatida
anglash vazifasini qo‘ymay, hodisaning u yoki bu tomonini
o‘rganadilar. Bu izlanishlar doirasining qisqarishi hayotiyroq aloqalar
19
va mustahkam yo‘nalishlarni aniqlash imkonini beradigan hollarda
juda kamxarj ish uslublaridan biri. SHunday bo‘lsada, mazkur
masalaga oid adabiyotlar bilan tanishib, televidenieni o‘rganishga aniq
yondashuvlar etishmasligiga guvoh bo‘ldik.
Televidenie OAV sifatida
yarim asrdan ortiqroq vaqt davomida
mavjud, biroq tarixan qisqa davr ichida u odamning muhim ijtimoiy
ehtiyojlaridan biriga aylandi. SHu ma’noda, hozirda faoliyat
ko‘rsatayotgan hech bir ommaviy kommunikatsiya vositasi televidenie
bilan jamiyatdagi jarayonlarga ta’sir kattaligi va kuchi ji’atidan
bellasha olmaydi. Ijtimoiy jamoada mazkur institut ahamiyati
qanchalik katta bo‘lsa, televideniening asosiy funktsiyalari shu qadar
yaqqol ko‘zga tashlanadi:
1. Ko‘ngilochar;
2. Axborot etkazuvchi (mazkur jamoa uchun ahamiyatli faktlar
haqida xabarlar);
3. Ma’naviy meros, madaniy qadriyatlarni etkazish;
4. Qabul qilingan ko‘nikmalarga asoslangan holda tarbiyalovchi;
5. Rekreatsion, va boshqalar.
Biz tomoshabin-televidenie munosabatlarida
SUB’EKTIVGA
juda
yaqin keldik. Individual doirada tomoshabin o‘zini xabardor
qilinayotgani, o‘rgatayotganlari va tarbiyalayotganlarini sezmasligi
mumkin. Odam juda kam hollarda bu maqsadda televizorni yoqadi.
YAna bir bor takrorlaymiz, teleuzatkich unda «o‘zgarishlar» berilishi
munosabati bilan ishga tushiriladi. Bu istalgan ko‘rsatuvning asosiy
o‘qi hisoblanadi. Teleko‘rsatuvlarning barcha turfa xilligini ikki turga
jamlash mumkin:
1. Syujetli teleko‘rsatuvlar;
2. SHaxs ishtirokidagi teleko‘rsatuvlar.
Syujet bilan deyarli hamma narsa tushunarli ko‘rinadi. Qanday
bo‘lmasin, axborot dasturlaridagi reportajlarni ham jurnalistlarning
o‘zi «syujet» deb ataydilar. Ommaviylashgan teleo‘yinlar va shubhasiz,
telefilmlar, seriallarda ham aynan shunday bo‘ladi.
SHaxs bilan hamma murakkabroq kechadi. Bu erda bizning
tomoshabin diqqati haqidagi nazariyamiz oqsab qoladi... Bu kalavani
«shaxs» so‘zining o‘zidan boshlab yoyish mumkin. Ko‘pincha shaxs
so‘ziga «kuchli» sifatini qo‘shib ishlatamiz. Kuch esa, ma’lumki,
o‘zgarishlar yaratadi. SHunday qilib, ekrandagi shaxs, birinchi
navbatda, o‘zida, o‘z sohasida yoki umuman jamiyatda nimanidir
o‘zgartirayotgani yoxud o‘zgartirib ulgurgani bilan qiziq.
20
Do'stlaringiz bilan baham: |