5.3-§. Ota-onalar virtual axborot madaniyati
36
Jahonda sodir bo‘layotgan global axboriy o‘zgarishlar va ularning
virtual tahdid sifatida namoyon bo‘lish xususiyatlari tobora kuchayib
bormoqda. SHu bois, virtual olam muammolariga e’tibor qaratish, tub
ildizlarini aniqlash va bartaraf etish hayotiy zaruratga aylanmoqda.
CHunki
globallashuv
sharoitida
virtual
olamdagi
axloqiy
muammolarning ko‘payishi, rivojlanishi jamiyatda milliy va
umuminsoniy axloqiy qadriyatlarning yo‘qolib borishiga, unutilishiga,
jamiyat a’zolarining ongi va dunyoqarashining zararlanib borishiga,
o‘zaro munosabatlar yomonlashishiga va shu kabi boshqa jiddiy
axloqiy muammolarga sabab bo‘lmoqda.
Dunyoning qator rivojlangan mamlakatlarida virtual olam
muammolari, jumladan, virtual axloqqa oid ko‘plab ilmiy tadqiqotlar
olib borilmoqda. Tadqiqotchilar virtual muammo turlari, «real jamiyat
– virtual jamiyat», «real jamiyat – virtual shaxs», «haqiqiy shaxs –
virtual jamiyat», «haqiqiy shaxs – virtual shaxs» munosabatlari, virtual
olamda axloqiy me’yorlar, umuminsoniy tamoyillarning nazariy-
metodologik jihatlari, ma’naviy-axloqiy dunyoqarash muammolariga
alohida e’tibor qaratmoqdalar. Jumladan, American University of Paris
(Fransiya)da insonning virtual olamdagi muammolarga axloqiy
munosabatini rivojlantirish, shaxs va jamiyatga salbiy ta’sirini
asoslash, Stenford University (AQSH)da shaxsning ijtimoiy ongi
shakllanishida virtual axborot madaniyatining amaliy jihatlarini
ifodalash, Seoul National University (J.Koreya)da virtual olam
muammolarining omillari, xususiyatlari o‘rganilmoqda.
O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda virtual olam muammolari,
ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etishga jiddiy e’tibor
qaratilmoqda. Virtual olamdagi muammolar echimiga milliy va
umuminsoniy qadriyatlar asosida yondashilmoqda. Bunda, ayniqsa,
yoshlarning axloqiy tarbiyasini yuksaltirish, ularning zamonaviy
axborot kommunikatsiya texnologiyalarini faol sub’ektiga aylanib
borishi barobarida ma’naviy-axloqiy jihatdan yuksalishiga, shaxsiy
manfaatlarni emas, balki inson qadr-qimmatini ustun qo‘yishga
yo‘naltirish ustuvor ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbari SHavkat
Mirziyoev ta’kidlaganidek: «... yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda
ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Ammo biz
yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot
masalasiga aylanib bormoqda».
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar samaradorliginioshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
37
to‘g‘risida” 2019 yil 3 maydagi PQ-4307 son qarori ijrosini ta’minlash,
shuningdek, yoshlarni mustaqil hayotga dunyoqarashi keng, faol
fuqarolar etib tarbiyalash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini
tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori
2019 yil 31 dekabrda tasdiqlandi. Ushbu Konsepsiyada ota onalarning
farzand tarbiyasi bo‘yicha bilimlarini, pedagogik madaniyatini
oshirish, ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon
axborot tarmog‘i orqali tarqatilayotgan g‘arazli axborotlar, odob-
axloqni emiruvchi illatlar, yoshlarni zalolatga boshlovchi buzg‘unchi
g‘oyalarga qarshi sog‘lom dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan
alohida chora-tadbirlarga e’tibor berilgan. SHuningdek, oilada ota-
onalarning farzand tarbiyalash metodlariga oid bilimlarini muntazam
oshirib borish maqsadida: bola tarbiyasida milliy tarbiya metodlari va
zamonaviy pedagoglarning ilg‘or yutuqlaridan samarali foydalanish;
mahallalardagi “Ota-onalar unversitetlari” da ota-onalar uchun
farzandlarda yoshiga mos ijtimoiy kompetensiyalarni tarbiyalash
bo‘yicha treninglar o‘tkazish; “Tarbiya maktabi” rukni ostida ota-
onalar, pedagoglar uchun teleko‘rsatuvlar, bolalar, yoshlar uchun
rasmlar bilan bezatilgan yorqin, rang-barang qo‘llanmalar, multimedia
mahsulotlari kabi didaktik materiallar turkumini yaratish; uzluksiz
ma’naviy
tarbiya
amaliyotida
to‘plangan
ijobiy
tajribani
ommalashtirish maqsadida “YOsh ota-onalar kitobi” va boshqa
metodik qo‘llanmalar asosida multimediali taqdimotlar seriyasini
yaratish va ota-onalarga tarqatish mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi.
Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, oilaviy
qadriyatlarimizga zid bo‘lgan turli ma’naviy tahdidlarga qarshi
mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan profilaktik
tadbirlarni tashkil etish, xududlar bo‘yicha oilalarda sog‘lom
tarbiyaviy muhitni yaratish va otaonalarga tarbiya usullarini
o‘rgatishga qaratilgan maqsadli va manzilli targ‘ibot tadbirlari va
treninglar o‘tkaziladi.
Bugungi axborotlashgan jamiyat sharoitida ta’lim-tarbiya
masalasi murakkab, keng ko‘lamli masalalardan biri bo‘lib, ulkan
ma’suliyatli ishni oila, mahalla, maktab va keng jamoatchilik bilan
hamkorlikda olib borish muhim ekani isbot talab qilmaydigan
aksimomadir.
Pedagogika fanlari doktori, professor M.Quronov o‘zining “Bolam
baxtli bo‘lsin desangiz...” deb nomlangan tarbiya kitobida “Tarbiyadagi
milliy g‘urur, vijdoniylik, odob, mafkuraviy onglilik, vatanparvarlik,
38
muloqot madaniyati kabi ijobiy xislatlarga hamda boshqa qator katta-
kichik qusurlarga e’tibor qilmaslik oqibatida ko‘z o‘ngimizda
shakllanayotgan shaxs taqdirida jiddiy asorat qoldiradi, unda
bepisandlik, loqaydlik, beparvolik, xudbinlik kabi illatlarning paydo
bo‘lishiga olib keladi”, degan fikrlari bugungi kunning dolzarb
muammolariga mos keladi.
Vertual so‘zi rus-o‘zbek lug‘atida extimoliy muayyan sharoitda
mavjud bo‘lishi mumkin yoki kompyuter vositalari yordamida aks
ettiriladigan virtual borlik, voqelik (kompyuter qurilmalari yordamida
xaqiqiy mavjud sharoitga o‘xshash sharoitni yaratish, hosil qilish)kabi
manolarni bilishimiz mumkin.
Madaniyat so‘zi esa arabcha, madina - shahar, maskan, taraqqiyot
o‘chog‘i kabi ma’nolarini anglatib, tabiat va o‘zaro munosabatlarda aks
etadigan insoniy faoliyatining o‘ziga xos shaklini ifodalaydigan
tushuncha. Madaniyat alohida individning hayotiy faoliyati, ijtimoiy
guruh yoki jamiyatning faoliyat usulini aks ettiradi. Demak, virtual
madaniyat kompyuter, axborot vositalari orqali aks etilidagan o‘zaro
munosabatlardagi insoniy faoliyat tushiniladi. Virtual madaniyatga
o‘xshash
iboralar
virtual
savodxonlik,
mediamadaniyat,
mediasavodxonlik bo‘lib, bu axborot va ommaviy zo‘ravonlikdan
himoya qobig‘iga o‘xshaydi. Go‘yoki ommaviy axborot vositalarini
targ‘ib qilishda raqamli savodxonlik deb qarashimiz ham mumkin.
Mediasavodxonlik
(media
literacy)
–
“mediamatnlarni
o‘zlashtirish, tahlil etish va yaratish qobiliyati”.
Mediasavodxonlik (media literacy) – turli shakllardagi
xabarlardan (messages) foydalanish, tahlil etish, baholash va uzatish
qobiliyati.
Mediasavodxonlik (media literacy) – media foydalani-ladigan
kodli va reprezentatsion tizimlar, zamonaviy dunyoda mediani
ijtimoiy-madaniy
va
siyosiy
nuqtai
nazardan
tushunish,
mediamatnlarni idrok etish, yaratish, tahlil etish, baholash qobiliyati
rivojlangan mediasavodxon shaxsni tayyorlash jarayoni; bunday
insonning hayoti fuqarolik mas’uliyatining to‘liq anglanishi bilan
bog‘liq.
Ayrim
tadqiqotchilar
mediasavodxonliknini
mediamadaniyatning komponenti sifatida ham talqin etishadi.
Masalan, N.Rustamova “shaxs mediamadaniyati” tushunchasiga
quyidagicha ta’rif bergan: “SHaxs mediamadaniyati shaxs madaniyati
uchun zarur qism bo‘lib, ommaviy media turlari, ular orqali
tarqatilayotgan axborotlar bilan tanishish, ularni tanlash, saralash,
39
tahlil qilish va baholash asosida tegishli sohalar bo‘yicha nazariy bilim,
amaliy ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirish, puxta egallash, ushbu
bilimlarni kasbiy, kundalik, madaniy, ma’naviy va ma’rifiy (amaliy)
faoliyatda mahorat bilan qo‘llay olish qobiliyatlarining yig‘indisi”.
Tadqiqotchi o‘z fikrini davom ettirib, mohiyatiga ko‘ra shaxs
tomonidan mediamadaniyatning o‘zlashtirilishi stixiyali jarayon
bo‘lmay, bir necha bosqichda evolyusion rivojlanishga asoslanishi,
shaxsda mediamadaniyatni shakllanish jarayonining umumiy
mohiyati: mediasavodxonlik, mediabilimdonlik, mediamahorat va
mediakompetentlikda o‘zining to‘liq ifodasini topishi haqidagi
xulosaga kelgan.
«Virtual olam» o‘zi bilan hissiy olamni va undagi insonning aniq
kechinmalarini eslatishi muhim emas, balki tegishli g‘oyalar qanchalik
g‘alati bo‘lmasin, insonning ushbu g‘oyalarga mos keladigan olamda
bo‘lishi muhimdir. Virtual olam – kompyuter o‘yinlari yangi virtual
dunyo tushunchasini yaratdi, unda mavjud dunyoning ko‘pchilik
qirralari ifodalanadi. Onlayn o‘yinlari, boshqa o‘yinlar tovar-pul
munosabatlari doirasiga ham kirib keldi.
«Virtual olam» sohasidagi tadqiqotlarning dolzarblashuviga
kompyuter va axborot texnologiyalari sohasidagi jadal rivojlanishlar,
asta-sekin oddiy kommunikatsiya vositalarining o‘rnini bosgan,
axborot almashuvning yangi usullari kashf qilinishi va joriy etilishi
sezilarli darajada turtki berdi. Vaqt o‘tgani sari «virtual» tushunchasi
inson faoliyatining barcha sohalariga chuqur kirib bordi. Masalan, u
hozirgi kunda insonga boshqaruv va tezkor qarorlar qabul qilish
ko‘nikmalarini egallashga yordam berayotgan turli xildagi virtual
trenajerlar va simulyatorlarga nisbatan keng qo‘llanilmoqda.
Virtual olam – tushunchasi voqelik (virtual corporation)
tushunchasi bilan ham bir xil mazmunga ega bo‘lib, multimediya –
operpativ vositalari yordamida «ekranli dunyoda» ifodalanuvchi
mavjud dunyoga aynan kirish va ishtirok etish holatini (illyuziya)
amalga oshiruvchi kontaktiv axborot o‘zaro harakatining yangi
texnologiyasidir. Bu undan foydalanuvchi tasavvurda yaratiladigan
anchagina abstrakt – nisbiy dunyodir. Virtual olam falsafiy nuqtai-
nazardan qaraganda, har qanday substratda texnika vositalari
yordamida yaratiladigan va insonga uning moddiy dunyoni idrok etish
imkonini beradigan odatdagi sezgilari: ko‘rish, eshitish, hid bilish va
boshqa qobiliyatlari orqali uzatiladigan olamdir. Sinonimlari: elektron
olam, olamning kompyuter modeli. Olamdagi narsa va hodisalarni
sezishda ishonarli majmuini yaratish uchun virtual olam xossalari va
40
ta’sirlarini kompyuterda sintez qilish real vaqtda amalga oshirilishi
lozim. Virtual olam ob’ektlari o‘zini moddiy olam ob’ektlari kabi tutishi
kerak. Foydalanuvchi virtual olam ob’ektlariga ta’sir ko‘rsatish
imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.
Massachusets Texnologiya institutida 1977 yilda yaratilgan
«Aspen kinokartasi» birinchi virtual borliq sistemasi hisoblanadi. Bu
kompyuter dasturi Kolorado shtatidagi Aspen shahri bo‘ylab sayrni
simulyasiya qilib, joyni aks ettirishning turli usullari o‘rtasida tanlash
uchun imkoniyat yaratgan. Qishki va yozgi variantlar real
fotosuratlarga asoslangan. Hozirgi vaqtda virtual olam mahsulotlari
inson faoliyatining turli sohalarida: loyihalash va dizayn, er osti
boyliklarini qazib olish, harbiy texnologiyalar, qurilish, trenajyorlar va
simulyatorlar, marketing va reklama, dam olish industriyasi va
hokazolarda keng qo‘llaniladi. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, inson
«virtual olam»ni mustaqil olam, mustaqil voqelik sifatida idrok etadi.
Biroq bundan tashqari «virtual olam» inson uchun boshqa voqealar
orasidagi voqelikdir, ya’ni u zamonaviy madaniyat va qadriyatlar
ierarxiyasida hamda boshqa ramziy voqeliklarga nisbatan muayyan
maqomni egallaydi. SHu asnoda biz ikki asosiy munosabatni:
«mavjudlik – mavjud emaslik» va «o‘rin» munosabatlarini nazarda
tutamiz. Darhaqiqat, biz bir tomondan, virtual voqeliklar haqida ular
«virtual» degan holda baholaymiz, ya’ni masalan, tabiat hodisasi
singari jismoniy ma’noda emas, faqat virtual foydalanuvchining ongi
uchun mavjudligini baholaymiz. Boshqa tomondan, biz virtual
voqeliklar qisman badiiy voqeliklarni, qisman tush ko‘rishlar
voqeliklarini boshqa eslatuvchi ramziy voqeliklar turlaridan biri degan
holda virtual voqeliklar o‘rnini belgilashimiz mumkin.
Olimlarning fikriga ko‘ra, virtual reallik inson ongining
o‘zgarishiga qanchalik ta’sir etishini aniq aytib berish qiyin, chunki
virtuallikka qaramlik asosida yotuvchi gipermotivatsiyalashganlik
(o‘ta kuchli moyillik) hali etarlicha o‘rganilmagan.
Virtual reallik mavzusi ham o‘z navbatida yirik tadqiqotlarni
talab etadi. Ijtimoiy tarmoqlar aslida kimlarga va nima uchun kerak
degan savolga aniq javob yo‘q. Ijtimoiy tarmoqlarning o‘zi bu savolga
mantiqan «insonlar o‘rtasidagi muloqotni ta’minlash, turli dunyo
xabarlaridan boxabar etish, do‘st orttirish, o‘zining ikkinchi bo‘lagini
«sevgisini» topishda insonlarga yordam berish» kabi maqsadlari
borligini bildirishadi, ammo bu bilan ular yoshlar ongiga ommaviy
madaniyatni singdirib, ularning ongini umuman yot bo‘lgan romantik
g‘oyalar, xom xayollar bilan to‘ldiradi. Buning tub mohiyatiga nazar
41
solsak, kimlarningdir iqtisodiy yoki siyosiy maqsadlari yotishini
ko‘rish mumkin. CHunki o‘z g‘oyalarini sezilarsiz tarzda singdirib
bo‘lgach, ijtimoiy tarmoqlar turli chaqiriqlar va reklamalar orqali avval
moliyaviy so‘ngra, hatto, yashirin siyosiy maqsadlarini ham amalga
oshirishi mumkin.
«Virtual olam» muammolarini sotsiologiya, kibernetika, tibbiyot
bilan birgalikda tadqiq qilish uni katta ijtimoiy ahamiyatga ega
ekanligini tasdiqlamoqda, chunki kishilarning hayot faoliyati kundan-
kunga «virtual hamjamiyatda», «tarmoqli jamiyatda», «kibermakonda»
faolroq amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy «virtual olam»ning shakllanish
jarayoni bir tomondan yangi axborot texnologiyalarining, xususan,
internetning rivojlanish natijasi bo‘lsa, boshqa tomondan, u insonning
ijtimoiypsixologik ehtiyojlaridan kelib chiqadi, uchinchi tomondan esa,
uning o‘ziga xosligi turli davlatlar va xalqlarning madaniy-tarixiy
o‘ziga xosliklariga mos keladi. SHu bilan birgalikda, mazkur jarayon
ushbu fanlararo muammoning falsafiy tadqiqoti ahvoli uning holati va
muhimligiga mos kelmayotgani borasida mulohaza yuritishga asos
beradi. Ko‘p jihatdan mazkur muammoni zamonaviy fan va falsafada
«virtual voqelik»ning fundamental yalpi tadqiqotlari kam
o‘rganilganligi bilan izohlash mumkin.
«Virtual olam»da axloqiy me’yorlar o‘zgarishining mohiyatini
anglashda ularning sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro axloqiy ta’sir va
taqozolanganlik xususiyatlarini aniqlab olish muhim ahamiyatga ega.
Adabiyotlarda hozirgacha axloqiy me’yorlarning qadriyat sifatidagi
mazmuni, ularning ta’sir etish mexanizmlari, axborot tarqatish
mazmuni va funksiyalari, aholining axloqiy ongi va madaniyati hamda
boshqa shu kabi masalalar etarlicha yoritib berilmagan. Biroq bu
borada olib borilgan tadqiqotlar muayyan natijalarga olib kelganini
ham inkor etib bo‘lmaydi. Zero, «virtual olam»da axloqiy
me’yorlarning o‘zgarish tendensiyalarini o‘rganish borasidagi ba’zi
masalalar shunday tadqiqot yondashuvlari sababli bugungi kunga
kelib o‘z echimini topib kelmoqda. Xususan, hozirda «virtual
olam»dagi axloqiy me’yorlar va inson o‘rtasidagi o‘zaro munosabat,
ta’sirlashuv manzarasini to‘liqroq tasavvur qilish mumkin. SHunday
bo‘lsada, bu borada hanuz o‘z echimini kutib turgan muammolar
mavjud. Ayniqsa, ba’zi yoshlar turli guruhlarining axloqqa zid xatti-
harakatlarini
motivlashish
mexanizmlari
masalasi
shular
jumlasidandir.
«Virtual olam»da axloqiy me’yor doimo u yoki bu xulq, xatti-
harakat, faoliyat namunasi, etalonining izohini o‘z ichiga oladi. Ushbu
42
namuna
o‘zida
axloqiy
baholash
xususiyatlarini
ham
mujassamlashtiradi. CHunki bunday axloqiy me’yorni qo‘llab-
quvvatlovchi axborotlashgan jamiyatda nazarda tutilgan xatti-
harakatni foydali, zarur, ixtiyoriy deb biladi. Bunday baholar barcha
axloqiy me’yor va tamoyillar orqali belgilanadi. Inson axloqiy
me’yordagi xususiy holatlar (qilmish, munosabat, voqea)ni
umumlashtirib va tizimlashtirib, ularga xos bo‘lgan individual axloqiy
modelni o‘zida ifodalaydi. Demak, bunday modellar keng miqyosda
axborotlashgan jamiyatda o‘ziga xos ijtimoiy munosabatlarni pozitiv,
ijtimoiy foydali oqimga soladi. Bunda axloqiy me’yorlarning o‘zi ham
boshqalarga axborot beradi, yo‘naltiradi, tashkil etadi, ijtimoiy-axloqiy
munosabatlarni barqarorlashtiradi. SHu nuqtai-nazardan qaraganda,
har qanday inqilobiy jarayon kabi axborotlashgan jamiyatga o‘tish
ham kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Muammo uning
rivojini rejalashtirishda emas, balki salbiy oqibatlarning oldini
olishdadir. Bu rivojlanishning rejali, boshqariladigan yo‘nalishdan
farqi shunda. Hodisalar xavfli tomonga burilishining ehtimoli katta.
Buning uchun sayyoramizdagi axborot tizimlarini monopollashtirish
va uni ayrim guruhlarning tor manfaatlariga bo‘ysundirish harakatida
yurgan kuchlarni esga olish kifoya. SHuning uchun ham
«axborotlashgan jamiyatning shakllanishi – butun insoniyatning
umumiy muammosidir».
Xullas, virtual olamda axborot ishlab chiqarish moddiy ishlab
chiqarishni siqib chiqarmaydi, balki uning ustida quriladi va moddiy
ishlab chiqarishning rivojlanishiga turtki beradi. Virtual olamda inson
bilimi rivojlanishning asosiy manbai bo‘lib qoladi. Ishlab chiqarishning
yuksak rivojlanishi, zamonaviy makroelektronika va kompyuter
texnikasiga asoslanadi. Bular ommaviy axborotlarni vujudga keltiradi,
axborotni mujassamlashtiradi va qayta tahlil qiladi. Kommunikatsiya
tizimidagi o‘zgarishlar jamiyatning barcha sohalari tizimini tubdan
o‘zgartirib yuboradi. Virtual olamning muhim belgisi – axborotlarni
tez qabul qilib olish, tahlil qilish, saqlash va iste’molchilarga tez
etkazishdir. Bunday jamiyatda taraqqiyot fan yutuqlarini ishlab
chiqarishga maqsadli va tez joriy qilish asosida boradi.
Hozirgi davrda tamaddun texnologik va ijtimoiy o‘zgarishlar
bilan namoyon bo‘layotgan tarixiy davrni boshdan kechirmoqda.
Jamiyatda yuz berayotgan jarayonlar ikki muhim masalani qo‘ymoqda.
Bularning birinchisi – ijtimoiy moslashuv muammosi, kishilar va
jamiyatning
ushbu
o‘zgarishlarga
moslashishga
hozirligi
muammosidir. Ikkinchi masala, demokratiya va tenglikka tegishlidir.
43
Zamonaviy texnologiyalar sohasida o‘qish narxining balandligi
sanoatlashgan va bir muncha kamroq rivojlangan mamlakatlar, yosh
va keksa avlod o‘rtasidagi jarlikni kengaytirib yuborishi mumkin.
Virtual axborot tahdidi shunday bir universal xarakterga egaki,
uning boshqa sohalarga jiddiy salbiy ta’sir qilish imkoniyati bor: shaxs
dunyoqarashiga,
jamiyat
barqarorligiga,
davlat
tinchligiga,
jamoatchilik fikrini chalg‘itishga va oxir-oqibatda har bir
mamlakatning ma’naviy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy yuksalishiga ham.
CHunki axborotning davlat, jamiyat va shaxs faoliyatiga kirib kelishi
birdaniga ko‘zga tashlanmaydi. SHu boisdan ham jamiyatda mavjud
axborotlarni turli jihatdan farqlash, yaxshi ma’lumotni o‘zlashtirish va
zararlisini rad etish uchun inson ongi rivojlangan, axborot madaniyati
yuksak darajada bo‘lishi zarur. Har bir mamlakat aholisining asosiy
qismi esa bunday imkoniyatga ega emas. SHuning uchun, axboriy
barqarorlikka, birinchi o‘rinda axborot tarqatuvchilar ega bo‘lishi
shart. Virtual axborot tahdidining ushbu uch tarmog‘i bir-biriga
chambarchas bog‘liq. Zero, davlat shaxs va jamiyatning axborot
manfaatlariga e’tiborsiz bo‘la olmaganidek, shaxs va jamiyat o‘z
xavfsizligini ta’minlash yo‘lida qayg‘urar ekan, ayni chog‘da, davlat
manfaatlarini ham himoyasiga olgan hisoblanadi. Albatta, hozirgi
kunda shaxsning axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi har
qachongidan xam dolzarbroq tus olmoqda.
Axborot orqali shakllantirilayotgan g‘oyaviy ta’sir, oshkora
mafkuraviy tazyiq oldida hattoki tajribali mamlakatlar ham qiyin
ahvolga tushib qolmoqda. Buning sababi axborotlashgan ta’sirning
an’anaviy xavf-xatarlar – terrorchilik, yadroviy qurollarning
ishlatilishi, ekologik muammolar va boshqalardan farq qilib, ko‘zga
ko‘rinmasligi, tezkorligi, chegara bilmasligi, uzoq vaqt mobaynida
noaniqlik kasb qila olish qobiliyatiga egaligi va boshqalardir. Hech
narsadan tap tortmaydigan axborotlar ta’siri tufayli turli davlatlar
aholisi kayfiyati, ruhiyati, dunyoqarashi va xatti-harakatlarida salbiy
o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bu holat bizning davlatimizga, uning
aholisiga daxl qila olmaydi, deydigan bo‘lsak, qattiq yanglishamiz.
«...O‘zbekistonda tinchlikparvar ichki va tashqi siyosat olib
borilayotgan, mamlakatimiz o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lidan borayotgan
bo‘lsa ham, unga qarshi mafkura sohasidagi tahdidlar kamaygani yo‘q.
Bu o‘rinda yot mafkura orqali mustaqil xalqimizni o‘z izmiga solish,
uning boyliklaridan, mehnat resurslaridan foydalanish, zarur bo‘lsa
yurtimiz ahlini ijtimoiy-siyosiy qaram qilib qo‘yishga intilishlar
nazarda tutilmoqda. Ayniqsa, demokratiyani niqob qilish oson bo‘lgan
44
o‘tish davrida mafkuraviy bo‘shliq, vakuum sharoiti turli buzg‘unchi
g‘oyalarning odamlar, xususan, hayot tajribasiga ega bo‘lmagan
yoshlar ongidan joy olishini birmuncha osonlashtiradi». Ammo
axborot bozoridagi mavjud axborotlarning hammasi ham biz uchun
to‘g‘ri keladimi, uning qay biridan foydalanishimiz keragu, qay biridan
foydalanmasligimiz
lozim.
Bu
borada,
ayniqsa,
yoshlarda
axborotlardan foydalanish borasidagi salohiyat taqozo etiladi.
Umumjahon axborot tizimi tarkibidagi axborotlarning qaysi biri
yurtimizda demokratik jamiyat barpo etish, fuqarolik jamiyati
qurishimizda madad bo‘ladi, qaysi biri to‘g‘anoq bo‘ladi, ushbu
axborotlarning qay biri muayyan siyosiylashgan kuchlarning o‘z
manfaatlari, g‘arazli maqsadlari ifodalangan g‘oya va mafkuralardan
iboratu, qay biri umuminsoniy g‘oyalardan iborat ekanligini farqlab
olishimiz kerak bo‘ladi. Millatimiz yoshlari vatanparvar, mehnatkash,
mehr-oqibatli, dono va bilimlidir. Lekin oramizda afsuski, engil
hayotga moyil, e’tiqodi sust, irodasi bo‘sh yoshlarimiz ham uchrab
turadi. Aynan ana shunday toifadagi insonlarni g‘arbona hayot tarziga
qiziqmaydi, turli shou dasturlar, ajnabiy ruhdagi kechalar ularning
taqdirini o‘zgartira olmaydi, deb kafolat bera olmaymiz. Ana shu
nuqtai nazardan qaraganda, jahon axborot maydonida bizning
davlatimiz, xalqimiz manfaatlariga zid bo‘lgan, milliy urf-
odatlarimizni, an’analarimizni, qadriyatlarimizni, turmush tarzimizni
bir pulga baholamaydigan, mensimaydigan, ta’bir joiz bo‘lsa, necha-
necha
asrlardan
buyon
qadrlanib
kelinayotgan
milliy
xususiyatlarimizni, axloqiy qadriyatlarimizni erga uradigan axborotlar
ham xuruj qilayotganligini, ularning hayotimizga shiddat bilan kirib
kelayotganligini ta’kidlash va uni anglab etish shart, deb o‘ylaymiz.
Ma’lumki, erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalarini
rivojlantirish O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat va ochiq
fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lidagi eng muhim vazifalardan biri
hisoblanadi va aynan mazkur vazifani bajarish maqsadida,
mamlakatimizda o‘tgan mustaqillik yillarida ommaviy axborot
vositalari faoliyatini demokratlashtirish va erkinlashtirish, ularning
demokratik, ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiyiqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish jarayonidagi keng ishtirokini ta’minlash bo‘yicha
salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, axborot sohasini jadal va
izchil rivojlantirish uchun zarur qonunchilik, normativhuquqiy baza
yaratildi. Zamonaviy talab va standartlar e’tiborga olingan holda bir
qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Bundan tashqari, axborot sohasini
jadal va izchil rivojlantirish uchun zarur tashkiliy-huquqiy hamda
45
texnik sharoitlar yaratildi. Xususan, ayni paytda respublikada
Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston YOzuvchilar uyushmasi,
Elektron ommaviy axborot vositalari assotsiatsiyasi, Elektron
ommaviy axborot vositalarini qo‘llabquvvatlash va rivojlantirish
jamoat fondi va boshqa qator jamoat birlashmalari faoliyat
ko‘rsatayotganligi ham buning yaqqol misolidir. Ushbu sohada bozor
munosabatlari, sog‘lom raqobat va axborot erkinligining muhim
kafolati hamda bosma nashrlar va axborot agentliklari mustaqil
rivojlanishining zarur sharti sifatida ularning iqtisodiy mustaqilligini
ta’minlash ommaviy axborot vositalari sohasida demokratik
o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirishning muhim yo‘nalishi
hisoblanadi. Buning uchun esa mamlakatimiz ommaviy axborot
vositalarini rivojlantirish, ularning moddiy-texnik bazasini yuksak
zamonaviy talablarga javob beradigan darajada modernizatsiya qilish
va mustahkamlash, mazkur sohada xizmatlar ko‘rsatish tarmog‘ining
bugungi kunda bozor mezonlariga qanchalik mos kelishini hamda
kelgusidagi istiqboli yo‘nalishlarini tahlil etish zarur.
Umumiy xulosa qiladigan bo‘lsak, mafkuraviy kuchlarning ta’siri
doimiy ravishda sezilib turgan davrda yashayotgan ekanmiz, avvalo,
yoshlarimiz ongida mafkuraviy immunitetni rivojlantirish shart.
Bunga erishish uchun yoshlarimiz erkin va mustaqil fikr yuritadigan,
iymon – e’tiqodli, aql-zakovatli, irodasi mustahkam, bilimli, dono
bo‘lishi, o‘zvar, yurtining tarixi, milliy qadriyatlari hamda buyuk
ajdodlari qoldirgan ilmiy va ma’naviy merosni qalbiga jo etmog‘i zarur.
Demak, oilaga, ta’limga, ommaviy axborot vositalariga berilayotgan
e’tibordan maqsad xalqimizni, xususan, yoshlarimizni ma’naviy
kamolotga etkazishdir. CHunki har tomonlama etuk shaxslar oqni
qoradan, yaxshini yomondan, fazilatni illatdan ajrata oladi. Aytish
mumkinki, hozirgi global dunyoda yagona axborot makoni shakllandi.
SHu makondan munosib o‘rin egallash uchun bo‘ladigan kurash
O‘zbekistonni ham chetda qoldirmaydi. CHunki zamonaviy dunyoda
jurnalistlar geosiyosatchilar kasbiga qiyoslanmoqda. Qanchadan-
qancha mablag‘ axborotni qayta ishlash, axborotlarni belgilangan
makonga etkazish, etkazganda ham birinchi bo‘lishga qaratilayotgani
bejiz emas. Zero, odamlarda axborotni eng avval etkazgan, doimo haq
bo‘ladi, degan qarash mavjud.
Virtual olamning axloqiy muammolarini falsafiy jihatdan tahlil
qilish quyidagi xulosalarga kelishga asos bo‘ldi:
1. Virtual olamning turli masalalari falsafiy adabiyotlarda
nisbatan batafsil yoritilgan, lekin, hozircha, “virtual voqelik”, “virtual
46
etika”ning o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari uzuq-yuluq, ayrim
hollarda boshqa hodisalar tarkibida o‘rganilmoqda. Virtual “etika” va
“axloq” lingvistik nuqtai nazardan yagona o‘zakdagi tushunchalar
bo‘lsa ham, mazmun jihatdan bir-biridan farq qiladigan kategoriyalar
hisoblanadi.
2. Virtual olam haqidagi qarashlarni mavhumlashtirish natijasida
uni axloqiy muammolarini o‘rganish borasidagi nazariyalar, g‘oyalar
deklarativ chaqiriqlardan, utopik qarashlardan iborat bo‘lib qolaverdi.
Bu nazariyalar hayotdan ajralib qolganligi, o‘zining harakatlantiruvchi
va nazorat qiluvchi ijtimoiy-axloqiy mexanizmlarining nochorligidan
hayotga tatbiq qilina olmadi. To‘g‘rirog‘i, uning tatbiq qilinishidan
jamiyatning ba’zi guruhlari manfaatdor emas edi.
3. Virtual olamning axloqiy muammolari haqidagi g‘oyalari tor
doiradagi mahalliy, ma’muriy, utilitar manfaatlar chegarasida qolib
ketgan. SHuningdek, virtual olamdagi axloqiy muammolarning
sotsiologik ko‘rsatkichlari, «reprezentativligi» muayyan milliy axloqiy
manfaatlar asosida tanlab olingan. O‘z navbatida virtual olamdagi
axloqiy muammolar yo‘nalishlarini tahlil qilishdagi xususiy faktorial
usullarning mutlaqlashtirilishi majmuaviy-tizimli yondashishga putur
etkazgan. SHuning uchun virtual olamdagi axloqiy muammolarning
yoshlar tarbiyasiga ta’sirini aniqlash, uning ichki harakatlantiruvchi
mexanizmlarini tadqiq qilish, istiqbollarini ko‘rsatish falsafiy jihatdan
dolzarb muammodir. Bundan tashqari, hozir maxsus sotsiologik
tadqiqotlarda, ommaviy axborot vositalarida virtual olamdagi axloqiy
muammolarning «miqdoriy» ko‘rsatkichlarini aks ettiruvchi g‘oyat
xilma-xil empirik, statistik materiallar berilmoqda. SHu boisdan ham
virtual axloq bilan bog‘liq qarashlarni ilmiy-falsafiy jihatdan
umumlashtirib, ularning metodologik asosini yaratish, «axloqiy sifat»
xususiyatlarini tahlil qilish fundamental nazariy muammo bo‘lib, kun
tartibida turibdi.
4. Hozirgi davrda virtual olamdagi axloqiy muammolarni tadqiq
qilishda qo‘llanilayotgan tushunchalarga nisbatan yakdil, qat’iy
munosabat shakllanmagan. Bu esa, ilmiy-nazariy xulosalarning, amaliy
tavsiyalarning turli-tumanligini, hatto ularning qarama-qarshiligini
keltirib chiqarmokda. Hozircha etika fani turg‘un maqomga ega emas,
ya’ni bugungi kunga kelib virtual etika fanining nazariy-metodologik
asoslari, uning ob’ektiv statistik-sotsiologik, eksperimental bazalari
yaratilmagan.
5. Etika fani doirasida virtual etika fanining umumiy maqsadlari
va uyg‘unligi tarkib topmagan. Barcha sohalarning, shu jumladan,
47
virtual etika fanining ham muayyan manfaatlar asosida
siyosatlashtirilishi va mafkuralashtirish har doim ham ijobiy natija
bermaydi. Virtual reallikda axborotning xavfliligi bir qancha
ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi: real voqelikni o‘zgartirishga
yo‘naltirilgan virtual dunyoni yaratish; insonlarning ongi va xulqini
hiyla-nayranglarga solish; tashqi qoliplar asosida ularning maqsadlari,
qadriyatlari va turmush tarzini o‘zgartirish; axborotlarni buzib
ko‘rsatish va boshqalar shular jumlasidandir.
6. Virtual reallikda axborot xavfliligining bu va boshqa shakllari
insonning axborotga bo‘lgan ehtiyojiga, haqiqat va yolg‘onni, foydali va
foydasiz ma’lumotlarni bir-biridan ajrata bilish layoqatliligi (yoki
layoqatsizligiga) bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi.
7. Ong va borliqning o‘zaro ta’siri, axborot maydonida yana
dolzarb masalaga aylanadi. Bu narsa, ayniqsa, ular o‘zida bilim,
texnologiya va dasturlarni ifoda etgan axborot oqimlarining umumiy
maydonida qolib ketishganida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunday virtual
muhitda esa nima «yaxshi», nima «yomon» axloq qoidalariga ko‘ra
farqlanib bo‘lmaydigan darajaga kelib qoladi. Ularni farqlay olmaslik
salbiy yo‘nalishni yuzaga keltiradi. YA’ni destruktiv jarayonlar virtual
makonda o‘z g‘arazli maqsadlarini amalga oshirish uchun ob’ektiv
xolis shakllarga kirib olish imkoniyatiga ega bo‘lib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |