Afzalligi: kontaktlari orqali qiymati kichik bo‘lgan boshqarish toki o‘tishi tufayli, kontaktlar orasida deyarli uchqun hosil bo‘lmaydi va ularning kuymay,yemirilmay ishlash muddati ancha ortadi.
Kamchiligi: o‘lchov elementi sifatida hamon prujina ishlatilishi va kontaktlarning mavjudligi bu rostlagichlarning ishonchlilik darajasini pasaytiradi va avtomobillarda tatbiq qilinish doirasini cheklaydi.
4. Kontaktsiz-tranzistorli kuchlanish rostlagichi
Kontaktsiz-tranzistorli rostlagich (RR-350-Rossiya) asosan stabilitron (kuchlanishlarni solishtiruvchi sezuv-chan element) VD1, uchta tranzistor VT1, VT2, VT3, uchta diod VD2, VD3, VD4, drossel g‘altagi L va bir qator qarshiliklardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |