Avtomobil elektr jihozlarining umumiy sxemasi
Avtomobilni ishlatish jarayonida doimo ulab qo‘yiladigan (yoritish, o‘t oldirish, nazorat-o‘lchov asbobla-ri va hokazo) yoki qisqa, lekin tez-tez ishlatiladigan (tormozlanish yoki burilishni ko‘rsatuvchi yorug‘lik darakchilari) iste’molchilar tokni umumiy zanjirdan oladilar. Motorni ishga tushirish vaqtida katta tok (bir necha yuz amper) iste’mol qiladigan startyor bevosita akkumulyatorlar batareyasiga ulanadi.
Qiska vaqt davomida va kam ishlatiladigan, lekin katta tok iste’mol qiladigan (tovush signali, sigaret tutat-qich) shuningdek qulaylik yaratadigan ba’zi asboblar (radiopriemnik, soat va hokazo) istisno tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri akkumulyatorlar batareyasiga ulanadi.
Generator va akkumulyatorlar batareyasi bir-biriga paralel ulanadi, ya’ni plyus-plyusga, minus-minusga. Avtomobil harakatlanganda barcha iste’molchilar tokni generatordan, generator ishlamaganda yoki uning quvvatiyetarli bo‘lmaganda akkumulyatordan oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |