To‘g‘rilagich bloki stator chulg‘amlarida hosil bo‘ladigan 3 fazali o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirish uchun xizmat qiladi. Oddiy generatorlarning to‘g‘rilagich bloki 6 ta yarim o‘tkazgichli dioddan tashkil topgan bo‘lib, ular ikki yarim davrli, ko‘prikli to‘g‘rilash sxemasi bo‘yicha ulanadi
O‘zgaruvchan tok generatori quyidagicha ishlaydi: O‘t oldirish kaliti ulanganda generatorning uyg‘otish chulg‘amiga akku-mulyatordan cho‘tka va mis halqalar orqali uyg‘atish toki uzatiladi. Uyg‘otish chulg‘amidan o‘tayotgan tok ta’sirida uning atrofida magnit maydoni hosil bo‘ladi va u stator chulg‘amlarini qamrab oladi. Rotor aylanganda uning atrofidagi magnit maydoni stator chulg‘amlarini kesib o‘tadi va ularda 3 fazali o‘zgaruvchan tok hosil bo‘ladi. Bu tok to‘g‘rilagich blokiga uzatiladi va o‘zgarmas tokga aylantiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |