21.7 – §. TEXNOLOGIK JARAYONLARNING AVTOMATLASHTIRILGAN BOSHQARISH TIZIMLARINI (TJABT) LOYIHALASH
TJABTni yaratish prinsiplari. TJABTni yaratish va joriy qilish murakkab va mehnat talab jarayon. Bu boshqarishning ilg‘or va murakkab uslublarini joriy qilish, TJABT ning ko‘p komponentliligi, ayrim ta’minotlarni ishlab chiqishda yondashishning tizimliligi, qo‘yilgan vazifalarning va texnik vositalar majmuasining murakkabligi bilan izohlanadi.
Vazifani shu narsa ham murakkablashtiradiki, bunda mazkur turdagi tizimlarni ishlab chiqishda yangi texnikani joriy qilishning odatdagi sxemasidan foydalanib bo‘lmaydi: tajriba namunasini yaratish, uning ish qobiliyatni tekshirish, loyihani tekshirish natijalariga ko‘ra tuzatish, oxirgi variantni yaratish. Avtomatlashtirilgan texnologik kompleks (ATK) ishga tushirilmaguncha boshqaruv tizimining ish qobiliyatini umuman tekshirish mumkin emas. Bu TJABT ni ishlab chiqishda dastlabki qarorlarning javobgarligini orttiradi.
TJABT va BTO ning birgalikda amal qiluvchi to‘plami (majmuasi) avtomatlashtirilgan texnologik kompleks (ATK) deyiladi.
BTOda vaqt o‘tishi bilan muhim o‘zgarishlar yuz bergani sababli katta murakkabliklar yuzaga keladi, bu esa boshqarishning joriy etilgan vazifalarini zamonaviylashtirishni taqozo etadi. TJABT ning o‘zi ham takomillashtiriladi – kelajakda TJABT normal ishlashi uchun boshqarish vazifalari ortadi va o‘zgaradi; ATK evolyusiyasi oldindan rejalashtirilishi kerak, bu qo‘shimcha qiyinchiliklar keltirib chiqaradi.
YUqorida sanab o‘tilganlarning hammasi TJABT ni yaratishning umumiy prinsiplariga majburan rioya qilinishini talab qiladi. Ularni qarab chiqamiz.
YAngi vazifalar prinsipi shundan iboratki, bunda TJABT ni joriy qilishda boshqaruv hisoblash kompleksi (BHK)ga azaldan an’anaga kirib qolgan boshqarish vazifalarini ag‘darish mumkin emas: ularni hisoblash texnikasining imkoniyatlarini hisobga olgan holda takomillashtirish kerak. Buning uchun mehnat, moddiy va energetik resurslarni aniqlash maqsasida BTO ni mufassal tahlil qilish kerak. Tahlil natijalariga muvofiq hisoblash texnikasi yordamida hal qilinishi mumkin bo‘lgan vazifalar ro‘yxati tuziladi. Bu masalalarning hal etilishi boshqaruvning to‘liqligini o‘z vaqtida bo‘lganligini va optimalligini ta’minlashi kerak.
Tizimli yondoshish prinsipi shundan iboratki, birinchidan, ATK ning ikkala tashkil etuvchilariga bir vaqtda (tizimli) yondoshish; boshqarish tizimiga ikkinchi darajali deb, BTO ning ustqurmasi deb qarash mumkin emas. BTOni yaratishda uni boshqarish imkoniyatlari va zaruratini hisobga olish kerak: uni hududlarga ajratish, qo‘shimcha aralashtirgichlar, isitkichlar, nasoslar va hokazolar o‘rnatish Ikkinchidan, TJABT ni yaratishda alohida ta’minotlarni ishlab chiqishga tizimli va rejali yondashish zarur.
Tizimli uzluksiz rivojlantirish prinsipi shundan iboratki, bunda tizimda xotiraning zahiradagi hajmlari va ob’ekt bilan aloqa qiluvchi qurilmalar, zahira qilib kiritilgan datchiklar va membranali ijro mexanizm (MIM) lari bilan ifodalanuvchi uning rivojlanish imkoniyatlari kiritilishi kerak. Aks holda TJABT BTOning rivoji uchun to‘sqinlik qilishi mumkin.
Maksimal ongli turlantirish prinsipi shundan iboratki, bunda ishlab chiqilayotgan qarorlar, o‘zgarishlar minimal bo‘lganda faqat ishlab chiqilayotgan TBO uchungina to‘g‘ri kelib qolmay, balki boshqa ob’ektlar uchun ham to‘g‘ri kelsin. Prinsipni amalga oshirishning asosiy prinsipi – tipaviy (umumiy) qarorlarni ishlab chiqish va bu qarorlardan TJABT ni ishlab chiqishda keng foydalanishdir (bu ishlab chiqishga ketadigan harajatlarni ikki marta kamaytiradi).
YAgona axborot bazasi prinsipi mashinali eltuvchilarda (disklarda, lentalarda) tizim hal qiladigan hamma masalalar uchun umumiy axborot bazasini yaratishdan iborat. Bu bilan axborotning takrorlanishiga, turlicha tushunchalarga (masalan, bitta kattalik bir necha ma’lumot massivlarida turli xil qiymatga ega bo‘lganda) chek qo‘yiladi va boshqarishning aniq vazifalari uchun ishchi massivlarining shakllanishi uchun sharoit yaratiladi.
Tizimining o‘tkazish qrbiliyatlarining kelishilganlik prinsipi shundan iboratki, bunda tizim o‘tkazish qobiliyati teng qiymatli elementlardan ishlab chiqilishi kerak. Bir tomondan ob’ekt bilan aloqa qurilmasi (OAQ) datchiklar va ijrochi mexanizmlar soniga teng bo‘lishi, ikkinchi tomondan boshqaruvchi hisoblash kompleksi (BHK) ning hisoblash quvvatlariga teng bo‘lishi kerak; xotira hajmlari BTOning axborot quvvatiga mos kelishi kerak va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |