TJABTni ishlab chiqish bosqichlari va pog‘ona (etap)lari. 21.14-rasmda ishlarni bajarish bosqichlari (1, 2.., 7) va pog‘onalari (1.1, 1.2, ... , 7.8), shuningdek ularni bajarish ketma – ketligi ko‘rsatilgan.
21.14-rasm. TJABT ning ishlab chiqish pog‘onalari va bosqichlari:
1 – TJABT ni yaratishni asoslash (1,1 – BTO ni tadqiq etish, ya’ni ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish; 1,2 – tizimga talablar ishlab chiqish va hujjatlashtirish); 2 – texnik topshiriq (2,1 – ilmiy – tadqiqot ishlari; 2.2 – avanloyihani ishlab chiqish; 2.3 – texnik topshiriq ishlab chikish); 3 – dastlabki qarorlarni ishlab chiqish (shart emas); 4 – texnik loyiha echimlarini (qarorlarni) ishlab chiqish (4,1 – umumiy tizim masalalari bo‘yicha so‘nggi (oxirgi); 4.2 – tashkiliy ta’minlash bo‘yicha; 4.3 – texnik ta’minlash bo‘yicha; 4.4 – algoritmlarni tanlash bo‘yicha; 4,5 – axborotlarni ta’minlash bo‘yicha; 4.6 – Lingvinistik ta’minlash bo‘yicha; 4.7 – dastur (programma) ni ta’minlash bo‘yicha; 4.8 – metrologik ta’minlash bo‘yicha; 4.9 – loyiha – sxema qurilish hujjatlari bo‘yicha; 4.10 – o‘zaro turli aloqalarni ta’minlash, echimlarni moslashtirish va umumiy tizim hujjatlarini to‘liq ishlab chiqish; 4.11 – texnik vosita kompleks (TVK) lariga buyurtma hujjatlarini tuzish); 5 – ishchi hujjatlarni ishlab chiqish (5.1 – axborotlarni ta’minlash bo‘yicha; 5.2 – tashkiliy ta’minlash bo‘yicha; 5.3 – metrologik ta’minlash bo‘yicha; 5,4 – Lingvinistik ta’minlash bo‘yicha; 5.5 –dasturni ta’minlash bo‘yicha; 5.8 – bir marta tayyorlanadigan texnnk vositalar bo‘yicha; 5.7 – qurilishga oid); 6 – TVK komponentlarini seriyasiz tayyorlash (6,1 – TVK komponentlarini tayyorlash; 6,2 – komponentlarni avtonom sozlash va sinash); 7 – ishga tushirish (7.1 – foydalanuvchi xodimlarni o‘qitish, ishga tushirish, tayyorgarlik ko‘rish; 7.2 – qurilish montaj ishlari; 7.3 – dastur va texnik vositalarni komplektasiyalash; 7.4 – ishga tushirish, sozlash ishlari; 7.5 – tajriba ekspluatasiya qilish; 7.6 – qabul qilishga oid sinov; 7.7 – mulohaza (kamchilik) larni bartaraf qilish; 7.8 – sanoat ekspluatasiyaga qabul qilib olish).
TJABT ni yaratishni tadqiq etish va asoslash. Bu bosqichda TJABT ni yaratish maqsadi, umuman tizimga talablar, avtomatlashtiriladigan funksiyalar (ishlar) ro‘yxati shakllantiriladi, shuningdek tizimining samaradorligi manbalari aniqlanadi.
Bu bosqichda o‘xshash ob’ektlar uchun TJABT ni qo‘llanilishining ma’lum hollari tahlil qiliyadi va mavjud BTO ning texnik –iqtisodiy tadqiqi amalga oshiriladi. Tadqiqot ob’ektda erishilgan ishlab chiqarish resurslaridan (mehnat, xomashyo, materiallar, yonilg‘i, energiya, qurilma) foydalanganlik darajasini aniqlash maqsadida, shuningdek, boshqarishni avtomatlashtirishning zaxiralardan foydalanishga, resurslar sarfini qisqartirishga, ya’ni maqsadga qaratilgan mahsulotning tannarxini pasaytirishga va uni ishlab chiqarishni ko‘paytirishga ta’sirini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Bu bosqichdagi ishlarning natijasi TJABT ni yaratishning texnik – iqtisodiy asoslanishi (TIA) va hisobot tarzidagi BTOni tadqiq qilish hamda tahlil qilish natijalari hisoblanadi. Ishlar tizim buyurtmachisi va ishlab chiqaruvchisi vakillari bilan birgalikda o‘tkaziladi. Ishchi brigadalarga TJABT bo‘yicha, texnologiya, NO‘A va avtomatlashtirish, iqtisod, sistemotexnika bo‘yicha mutaxassislar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |