Texnik topshiriq. Ishlardan maqsad TIAga muvofiq TJABT ni yaratish imkoniyatlarini asoslash va maqsadga muvofiqligini tasdiqlash; TJABT ni yaratish bo‘yicha ishlarni rejalash; loyiha ishlari uchun zarur materiallarni tayyorlash. Bularning hammasi ishlab chiqaruvchining ilmiy – tadqiqot ishlarini (ITI) o‘tkazish, avanloyihani ishlab chiqish va texnik topshiriqni (TT) ishlab chiqish bilan ta’minlanadi.
ITI jarayonida BTO, informasion tizmalar va boshqarishning eng qiyin vazifalari boshqaruv mezoni va cheklanishlarni tanlab hamda texnologik jarayonning matematik modellarini va o‘lchash kanallarini tuzish bilan tadqiqotlar olib boriladi.
Avanloyihani ishlab chiqishda ishlab chiqaruvchi berilgan TJABT ni ta’minotlarning har xil turlari bo‘yicha yaratish mumkinligini tasdiqlaydi; tizimining eng muhim vazifalarining yoki bo‘g‘inlarining ishonchliligi tez, ta’sirchanligi va metrologik ko‘rsatkichlarining dastlabki hisob – kitoblarini bajaradi; HT vositalarining samarali yuklanishini va zarur hisoblash quvvatlarini baholaydi; texnik vositalar kompleksi (TVK) ni asoslab, dastlabki tanlovni o‘tkazadi.
Ishlar natijasi TJABTni ishlab chiqishga texnik topshiriq hisoblanadi – bu keyingi barcha ishlar uchun majburiy dastlabki hujjatdir.
Texnik loyiha. Ishlarning maqsadi tizim bo‘yicha asosiy texnik echimlarni (qarorlarni) ishlab chiqish va uning smeta qiymatini aniqlashdir.
Bu bosqichda dastlab tizimni funksional – algoritmik sintez qilish bo‘yicha ishlar olib boriladi, unga pirovard funksional strukturani (tuzilmani) ishlab chiqish; texnika bilan operativ texnologik xodimlar orasida vazifalarni taqsimlash; masalalarni qo‘yish va algoritmlarni ishlab chiqish; insonmashina tizimisifatidagi TJABTning ishlashi algoritmini ishlab chiqish; tizimining tashkiliy tuzlmasinn va uning TVK tuzilmasini ishlab chiqish kiradi. Keynn TJABT ta’minotining hamma turlari bo‘yicha qarorlar oydinlashtiriladi.
Ishlar natijasi texnik loyiha hisoblanib, unga loyihaning funksional qismi hujjatlari; keyingi bosqichda tizimga butunicha ekspluatasion hujjatlarni chiqarish uchun zarur va etarli loyihaviy qarorlar (echimlar); qurilish loyihasining «Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish» bo‘limi tarkibiga kiruvchi loyihaviy – smeta hujjatlari; yangi texnik vositalarni ishlab chiqishga texnik talablari bo‘lgan buyurtmalar loyihasi; avtomatlashtirish vositalari kompleksini (majmuasini) etkazib berishga texnik topshiriq; HT vositalari kompleksini buyurtma qilish uchun zarur hujjatlar to‘plami; maxsus matematik va informasion ta’minotlarning hujjatlari (bu programmalarni ishlab chiqishga doir texnik topshiriq ham hisoblanadi) kiradi.