Dvigatelni yurgizishni yengillashtiruvchi qurilmalar



Download 128 Kb.
Sana23.06.2017
Hajmi128 Kb.

Aim.uz

Dvigatelni yurgizishni yengillashtiruvchi qurilmalar
REJA.


  1. Elektr mayoqli havo isitkichlarining tuzilishi va ishlashi.

  2. Mayoq svecha tuzilishi.

  3. Akkumulator batareyalarini isitish.

  4. Yurgazisholdi isitkichi.

Dvigateini yurgazishni yengillashliruvchi qurilmalarga yurgazish suyuqliklari ("Arktika". "Xolod-40"), cho'g'lanish svechalari (traktor va yengil avtomobillar dizellarida qo'llaruladi), elektr mayoqli havo isitkichlar, akkumulator batareyalarini elektr yordamida isitish hamda yurgazish oldi isitkichlari kiradi. Quyida aytib o'tilgan qurilmalaming ayrimlari keltirilgan:

Elektr mayoqli havo isitkichlar. U quyuqlashtirilgan moylar qo'llarulib havo harorati -25°C gacha bo'lganda, odatdagi moylar qo'llarulib havo harorati -18°C gacha bo'lganda sovuq dizel dvigatellarini (KaMAZ va boshqalar) yurgazishni yengillashtirish uchun xizmat qiladi. Isitkich dizelning yonilg’i tizimiga ulangan. Uning ishlash prinsipi yonilg’ining shtiftsimon cho'g'lanish svechalarida bug'lanishiga va bug'ni havo bilan aralashib alangalanishiga asoslangan. Bunda hosil bo'lgan mash'ala dvigatel silindrlariga kirayotgan havoni isiladi.

Elektr mayoqli isilkichning elektr chizmasiga (62-chizma,a) dvigatelning kiritish quvuridagi ikkita elektr mayoqli svecha, elektromagnitli yonilg’i klapani, qo'shimcha rezistorli termorele, tugmachali uzgich, elektromagnitli rele va nazorat chirog'i kiradi.

Isitkichni ishga tushirish uchun uzgich tugmachasi bosilib, birinchici fiksirlangan vaziyatda qo’yiladi va tugmacha bosiladi. Termorelening qo’shimcha rezistori orqali tok elektr mayoq svechalarga o’tadi va 1-2 daqiqa davomida ularni qizdiradi, termorele kontaktlari tutashadi, elektromagnitli klapan ochilib, yonilg’I svechalarga kirib keladi. Bu paytda nazorat chirog’I ulanib, tizimni yurgazishga tayyor ekanligi to’g’risida darak beradi. Uzgich kaliti fiksirlanmagan holatda o’tkazilganda startyor ulanadi, shu bilan bir paytda rele orqali svechalarga, akkumlator batareyasining termorele qarshiligini chetlab o’tuvchi to;la kuchlanish beriladi. Bu paytda generatorning uyg’otish cho’lg’amini uzib qo’yuvchi rele cho’lg’amni yurgazish davrida blokirovka qilib, ulangan holatda bo’ladi.

Startyor dvigatel valini aylantirib, yonilg’I nasosidan ochiq turgan elektromagnit klapan orqali cho’g’langan svechalarga yonilg’I uzatilishini ta’minlaydi. Kiritish quvurlarida hosil bo’lgan mash’ala silindrlarda kirib kelayotgan havoni isitib, dvigatelning teziroq yurishiga yordam beradi.

Dvigatel ishga tushib, uzgich kaliti birinchi vaziyatda qaytarilgandan so’ng, haydovchi uzgich tugmachasini bosilgan holda ushlab, kiritish quvurlarida mash’alani bir oz muddat yondirib turish imkoniyatiga ega.

Mayoq svecha. Svechaning qizdiruvchi elementi (62-chizma, b) metall g'ilof ko'rinishida bo'lib, uning ichiga spiral maxsus to'ldirgich bilan birga zichlab joylashtirilgan. To'ldirgich issiqlikni yaxshi o'tkazadi va spiralga metall g'ilofdan tok o'tmasligini ta'minlaydi.

Svechalarda yonilg’I shtutser orqali beriladi va filtr yordamida tozalanadi. Yonilg’I jiklyor vositasida dozalanadi. Svecha ichidan yonilg’I qizdiruvchi element va trubka oralig’idagi halqasimon bo’shliq orqali o’tadi, shu yerda qiziydi va bug’lanadi. Qizdirish yuzasini va bug’lanishni ko’paytirish uchun to’r ko’zda tutilgan. Svechaning pastgi qismida esa trbkaga havo o’tadigan ikki qator teshiklari bo’lgan ekran bilan qurshalgan hajmli to’r mahkamlangan. Hajmli to’r yonilg’ini bug’lanish va yonish yuzasini ko’paytiradi. Ekran esa, dvigatelning kiritish quvurlaridagi havoning harakatlanish tezligi ortganda mash’alaning uzilishiga va ochilib qolishiga yo’l qo’ymaydi.

Akkumulator batareyalarini isitish. Isitish ichki (agarda elektrolitga qizdiruvchi element joylashtirilgan bo'lsa) yoki tashqi bo'lishi mumkin. Bu batareya tavsiflarini oshiradi va ularni avtomobillarda zaryadlanish sharoitlarini yaxshilaydi. Ichki isitish (qizdirgich quvvati 600 W) boshlang'ich harorati -40°C bolgan 6CT-190 balareyasida 25 - 30 daqiqadan so'ng -20°C haroratga mos kelgan tavsiflarni olishga imkon beradi. Tashqi isitish uchun issiq havo yoki elektr spiral bilan qizdiriladigan konteynerlar qo'llaruladi. Ular batareyani o'rab qo'yiladigan qobiq-g'ilofga joylashtiriladi.




62-chizma. Elektr mayoqli isitkich:

a-elektr chizmasi; b-shtiftsimon mayoq svecha; 1-starter; 2-akkumulyator batareyasi;

3-masofadan boshqariladigan uzgich; 4-akkumulyator batareyasining uzgichi; 5-kontaktor; 6-startyor va asboblar uzgichi; 7-ampermetr; 8-startyor relesi; 9-svechalar rezistorini uzib-ulovchi rele; 10-saqlagich; 11-isitgichning tugmachali uzgichi; 12-generator uyg'otish cho'lg'amini uzib qo'yuvchi rele; 13-termorele; 14-svechalar; 15-yurgazishga tayyorgarlikni daraklovchi nazorat chirog'i; 16-elektromagnitli yonilg'i klapani; 17-ekran; 18-hajmli to'r; 19-to'r; 20-trubka; 21-jiklyor; 22-yonilg'i filtri; 23-yonilg'i berish shtutseri; 24-korpus; 25-qizdiruvchi element. AM, BK, K3, ПP, CT-starter va asboblar uzgichlaridagi qisqichlarning belgilanishi.
Yurgazisholdi isitkichi. U -60°C gacha bo'lgan harorallarda sovitish tizimidagi sovitish suyuqdigini qizdirish hisobiga dvigatelni yurgazishdan oldin isitishga imkon beradi. Yurgazish oldi isitishni qo'llab, dvigatelni yuklanishlar qabul qilishga tayyorlash davri (isitish. yurgazish va salt ishlash rejimida qizdirish) va akkumulator batareyasini 60°C haroratda isitish davri 45 daqiqadan oshmasligi kerak. Isitkichni akku­mulator batareyasidan iste'mol qiladigan toki isitish rejimida 30-45 A ni tashkil qiladi.

Tayanch iboralar: cho’g’lanish svechalari, akkumlyator batareyalari, mayoqli havo isitkich, uzgich tugmachasi, fiksirlangan, kiritish quvuri, termorele, rezistor, rele, metall g’ilof, shtutser, filtr, jiklyor, trubka, ekran, to’r.

NAZORAT SAVOLLARI.


1. Dvigatelni yurgazishini yengillatuvchi qo’rilmalarni ayting.

2. Elektr mayoqli havo isitkichlarining vazifasi va ishlashini tushintiring.

3. Mayoq svechaning tuzilishi va ishlashini ayting.

4.Akkumlyator batareyalarini isitkich qanday ishlaydi?



5. Yurgazisholdi isitkichi qanday vazifani bajaradi?


Aim.uz


Каталог: attachments -> article
article -> Axloqning kеlib chiqishi, unda ixtiyor erkinligining ahamiyati va axloq tuzilmasi
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Reja: Geografik o‘rni va chegeralari
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa