Mavzu: Pirometrik millivoltmetr va potensiometrlar yordamida xaroratni o’lchash.
Yuqorida ko‘rilgan, haroratni o‘lchashga mo‘ljallangan barcha termometrlar termometrning sezgir elementi bilan o‘lchanayotgan jism yoki muhit orasida bevosita kontakt bo‘lishni taqozo etadi.
Shuning uchun haroratni o‘lchashning bunday usullari ba’zan kontaktli usullar deb nomlanadi. Bu usulni qo‘llashning yuqori chegarasi 1800—2000 °C. Ammo sanoatda va tadqiqotlarda bundan yuqori haroratlarni ham o‘lchashga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, ko‘pincha, o‘lchanayotgan jism va muhit bilan termometrlarning bevosita kontakti mumkin bo‘lmaydi. Bunday hollarda haroratni o‘lchashning kontaktsiz vositalari qo‘llaniladi.
Nurlanish pirometrlarining ishlash prinsipi qizdirilgan jismning issiqligi ta’sirida hosil bo‘lgan nurlanish energiyasini o‘lchashga asoslangan. Nurlanish pirometrlari 20 dan 6000 °C gacha bo‘lgan haroratlarni o‘lchashda ishlatiladi.
Issiqlik nurlanishi nurlanayotgan jism ichki energiyasining elektromagnit to‘lqinlari shaklida tarqalish jarayonidan iborat. Bu to‘lqinlar boshqa jismlar tomonidan yutilganda ular qaytadan, yana issiqlik energiyasiga aylanadi. Jismlar uzunligi l ga teng bo‘lgan elektromagnit to‘lqinlarni 0 dan Ґ gacha bo‘lgan oraliqda tarqatadi. Qattiq va suyuq jismlarning ko‘pchiligi nurlanishning uzluksiz spektriga ega, ya’ni barcha uzunliklardagi to‘lqinlarni spektrning ma’lum uchastkalaridagina tarqatadi. Masalan, to‘lqin uzunligi l = 0,4 dan l = 0,76 mkm gacha bo‘lgan uchastka ko‘rinadigan spektrga mos keladi. Ko‘rinadigan spektrning har bir to‘lqin uzunligi ma’lum rangga mos keladi.
Qizdirilgan jismning harorati ortib borgani sari uning rangi o‘zgarib borishi bilan spektral energetik ravshanlik, ya’ni ma’lum uzunlikdagi to‘lqinlar (ravshanlik) tezda ortadi, shuningdek, yig‘indi (integral) nurlanish sezilarli ortadi. Qizdirilgan jismlarning ko‘rsatilgan bu xossalaridan ularning haroratini o‘lchashda foydalaniladi. Shu xossalariga qarab nurlanish pirometrlari kvazimonoxromatik (optik), spektral nisbatli (rangli) va to‘liq nurlanishli (radiatsion) pirometrlarga bo‘linadi.
TEYKni o‘lchash uchun millivoltmetrdan foydalaniladi. Termometrning TEYK ini millivoltmetr yordamida o‘lchanganda shuni nazarda tutish kerakki, millivoltmetr amalda termometrning TEYKini emas, balki asbobning ramkasidan oqib o‘tayotgan tokni o‘lchaydi. Shuning uchun, termoelektrik termometr — millivoltmetrdan iborat zanjirdagi barcha qarshilik bir xil bo‘lishi shart. Bunda ko‘rsatkichning to‘g‘riligi talabini inobatga olish uchun zanjirning hamma qismida qarshilik bir xil bo‘lishidan tashqari, u darajalangan qiymatga teng bo‘lishi ham zarur. 8.1- rasmda magnitoelektrik millivoltmetrning chizmasi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |