O ’zbekiston Respublikasi
Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi
NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA
INSTITUTI
“AVTOMATIKA VA ENERGETIKA” FAKULTETI
“ENERGETIKA” KAFEDRASI
«5310200 – Energetika (Issiqlik energetikasi)» yo`nalishlari uchun
«ISSIQLIK TEXNIKASIDA O’LCHOV VA NAZORAT ASBOBLARI»
fanidan
Amaliy mashg’ulot
uchun o’quv-uslubiy qo’llanma
Namangan 2019
O‘quv qo‘llanma issiqlik energetikasi sohasida harorat, bosim, suyuqlik va gazlar sarfi, sathi, fizik-kimyoviy tahlilini olib borish va o‘lchash asboblarini avtomatlashtirish haqida ma’lumot berilgan. Issiqlik texnikasi jarayonlarining nazoratini boshqarishda qo‘llaniladigan avtomatik boshqarish tizimlarining o‘rni va amalga oshirilishi ko‘rsatilgan.
O‘quv qo‘llanma O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 2017 yil 28 - iyundagi 434 - sonli buyrug’i bilan ( buyrug’ning 1 -ilovasi ) tasdiqlangan “Issiqlik texnikasi o’lchov va nazorat asboblari” fani dasturi asosida tayyorlangan xamda 5310200-Energetika (Issiqlik energetikasi) ta’lim yo‘nalishidagi talabalar uchun mo‘ljallangan.
Tuzuvchi:
”Energetika” kafedrasi assistenti. Maxmudov Bekzod
Taqrizchilar:
”Energetika” kafedrasi mudiri f-m.f.d prof. Sharibayev N. Y.
”Energetika” kafedrasi Katta o’qituvchisi Nabiyev M. Y.
Ushbu uslubiy ko’rsatma «Energetika» kafedrasining umumiy yig’ilishida muxоkama qilingan va institut ilmiy-uslubiy kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya etilgan.
(__ yig’ilish bayoni, _____2019 yil)
Ushbu uslubiy ko’rsatma institutning ilmiy-uslubiy kengashida ko’rib chiqilgan va fоydalanishga tavsiya etilgan.
(__ yig’ilish bayoni, ___________2019 yil)
Kirish
«ISSIQLIK TEXNIKASIDA O‘LCHASH VA NAZORAT ASBOBLARI» FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI.
«Issiqlik texnikasida o‘lchash va avtomatlashtirish» fani haro-rat (t), bosim (p), suyuqliklar, bug‘lar va gazlar muhitining sarfiva miqdori hamda suyuqlik va sochiluvchan jismlarning sathini —issiqlik texnikasi jarayonlarini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlarni nazariy masalalarini va o‘lchash texnikasini o‘z ichiga oladi.
Ushbu kitob «Issiqlik texnikasining nazariy asoslari» va «Metro-logiya» fanlariga asoslangan holda yozilgan bo‘lib, unda issiqlik texnikasi jarayonlarining umumiy qonuniyatlari hamda o‘lchash texnikasining umumiy muammolari haqida ma’lumot berilgan. Zamonaviy energetika qurilmalarida o‘lchash asboblarining soni juda ham ko‘pdir. Masalan, 500 mW quvvatli issiqlik energetikablokini boshqarish uchun 741 ta manometr va sarf o‘lchagich, 4747 ta termoelektrik termometr (termojuftlar) va qarshilik termometrlari, 112 ta elektron avtomatik rostlagich va boshqa turdagi asboblardan foydalaniladi.
«Issiqlik texnikasida o‘lchash va avtomatlashtirish» fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
Issiqlik texnikasi jarayonlarini tavsiflaydigan turli kattaliklarni o‘lchash usullarini taqqoslash va o‘rganish;
O‘lchash qurilmalarining asosiy konstruktiv chizmalarini (sxemalarini) va ularni qo‘llash sharoitlarini hamda o‘lchashlarni, ularning aniqligini baholash bilan ko‘rib chiqish;
O‘lchash usuli va texnikasining rivojlanish yo‘llarini belgilash.
O‘lchash — fizik kattaliklarning qiymatlarini maxsus texnik vositalar yordamida tajriba usuli bilan topishdir. Ko‘p hollarda o‘lchash jarayonida o‘lchanayotgan kattalikni 1 ga teng bo‘lgan qiymat berilgan va fizik kattalik birligi yoki o‘lchash birligi deyiladigan fizik kattalik bilan taqqoslash kerak bo‘ladi. O‘lchash natijasi kattalikning o‘lchash usuli bilan o‘lchash birligini taqqoslash usuli yordamida topilgan qiymatidan iborat. O‘lchash natijasini quyidagi tenglama yordamida ifodalash mumkin:
R = Q/q (1)
Bunda: R — o‘lchash natijasi yoki o‘lchanayotgan kattalikning son qiymati; Q — o‘lchanayotgan manbaning fizik kattaligi; q — fizik kattalik birligi.
O‘lchash vositalarining ko‘rsatishlaridagi xatoliklarni aniqlash yoki ularning ko‘rsatishlariga tuzatma kiritish maqsadida o‘lchash vositalari ko‘rsatishlarini namunali o‘lchash asboblarining ko‘rsatishlariga taqqoslash (yoki qiyoslash) asbobni tekshirish deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |