Avtomatika va energetika


Qarshilik termometrlarining tuzilishi



Download 0,51 Mb.
bet4/38
Sana10.08.2021
Hajmi0,51 Mb.
#144013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
o'lchov nazorati asboblari amaliy

Qarshilik termometrlarining tuzilishi. Bu termometrlar termoelement (sezgir element) va tashqi (himoya) qutidan tuzilgan. Metall qarshilik termometrlarining sezgir elementi, odatda, shisha (kvars, keramika, sluda yoki plastmassadan qilingan) karkasga o‘ralgan sim yoki tasmadan iborat.

Sezgir element termometr uchining qisqichlariga, o‘lchash asbobiga boradigan simlarga ulangan.

Qarshilik termometrlarining tuzilishi 1.1- rasmda keltirilgan.



1.1-rasm. Qarshilik termometrlarining tuzilishi.

Qarshilik termometrlarining sim 1 dan qilingan sezgir elementi to‘rt kanalli keramik karkas 2 ga joylashtirilgan. Mexanik shikastlanishdan va o‘lchanayotgan yoki atrof-muhitning zararli ta’siridan saqlash uchun sezgir element himoya qobig‘i 3 ga joylashtirilgan. U keramik vtulka 4 bilan zichlashtirilgan. Sezgir elementning quloqchalari 5 izolatsion keramik quvur 6 orqali o‘tadi. Shularning hammasi o‘lchash obyektida rezbali shtutser 8 yordamida o‘rnatilgan himoya g‘ilofi 7 da joylashgan. Himoya g‘ilofining uchida termometrning ulaydigan uchi 9 joylashgan. Uchida termometr quloqchalarini mahkamlash va ulovchi simlarni ulash uchun vintlari 11 bo‘lgan izolatsion kolodka joylashgan. Uchi qopqoq bilan yopiladi. Ulovchi simlar shtutser orqali chiqariladi.

Qarshilik termometrlarining tashqi ko‘rinishi va o‘lchami xuddi termoelektrik termometrlarnikidek. Barcha konstruksiyalarining sezgir elementi uzunligi odatda 90—100 mm teng.

Mis qarshilik termometrlarining sezgir elementi 0,1 mm diametrli, karkasga bir necha qavat o‘ralgan, izolatsiya qilingan mis simdan tashkil topgan. Sim qavatlari o‘zaro va karkas loki bilan mahkamlanadi. Simning ikkala uchiga 1—1,5 mm diametrli mis quloqchalar kavsharlanadi. Sezgir elementni himoya qobig‘iga, undan keyin tashqi himoya g‘ilofiga joylashtiriladi, uning ishchi qismidagi tashqi diametri 10, 14 yoki 21 mm ga teng, umumiy uzunligi 2000 mm gacha.

Atmosfera bosimida haroratni o‘lchash uchun mo‘ljallangan termometrlar maxsus perforatsiyalangan tashqi himoya g‘ilofiga ega. Mis termometrlar -50 dan + 180 °C haroratni o‘lchash uchun ikki xil darajalash bilan chiqariladi:

23 darajaligi — 0 °C da R0=53 W qarshilik bilan;

24 darajaligi — 0 °C da R0 = 100 W qarshilik bilan.

R0 ning yo‘l qo‘yiladigan xatoliklari ± 1% ni tashkil etadi. R100/R0 qarshiliklar nisbati II klass termometrlarda 1,426 ± 0,001 va III klass termometrlarda 1,426 ± 0,02 ga teng bo‘ladi.

Platinali termometrlarning sezgir elementi ikkita yoki to‘rtta keramik karkas 1 ning kapillar kanallarida joylashgan ketma-ket ulangan spirallar 2 dan tashkil topgan (1.2- rasm).

Karkas kanallari keramik kukun 3 bilan to‘ldiriladi, bu kukun izolator bo‘lib xizmat qiladi va spirallarning prujinaga o‘xshash egiluvchanligini ta’minlaydi. Spiral uchlariga platinali yoki iridiy-radiyli (60% radiyli) simdan qilingan quloqchalar 4 kavsharlangan. Keramik karkasda sezgir element maxsus modda (yoki termosement) 5 bilan germetik berkitiladi. Karkas kanalining spirallari va devorchalari orasidagi bo‘shliq aluminiy oksidi kukuni bilan to‘ldirilgan, u izolator bo‘lib xizmat qiladi hamda spirallar va karkas orasida issiqlik kontaktini orttiradi. Platinali qarshilik termometrlarining sezgir elementlari diametri 0,04—0,07 mm li platina simdan tayyorlanadi. Ular -260 dan +1000 °C gacha harorat intervalida qo‘llanilishi mumkin. Platinali texnika qarshilik termometrlarining uch darajaligi ishlab chiqariladi. Ular 0 °C da R0 qarshilik qiymatiga va qo‘llash chegaralariga ko‘ra quyidagicha farqlanadi:




Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish