9.4- rasm. Choksiz bir o‘ramli silfon.
O‘ziyozar asboblar diskli yoki tasmali diagramma qog‘ozida olingan natijalarni yozib olishi mumkin. Diskli diagrammalar odatda bir sutkada bir marta aylanish tezligi bilan aylanadi. Diagramma qog‘ozining aylanishi elektr dvigatel yoki elektr ulanishga imkon yo‘g‘ida soat mexanizmi bilan amalga oshiriladi.
O‘ziyozar asboblarning aniqlik klassi standartlarga ko‘ra 1,0 yoki 1,6 ga teng bo‘lishi mumkin.
Agarda bosim o‘zgarish tezligi sekundda o‘lchash chegaralari yig‘indi qiymatidan 1% yuqoriroq bo‘lsa, unda o‘lchashning qo‘shimcha xatoligi kelib chiqishi mumkin.
Atrof-muhit harorati o‘zgarishida asbobning ko‘rsatishidagi o‘zgarish, tenglamaga nisbatan, 1 % dan yuqori bo‘lmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |