Bosim birliklari orasidagi munosabatlar
9.1- jadval
Bosim o‘lchash birliklarini yuqori aniqlik bilan qayta tiklash uchun ortiqcha bosim sohasi 106 — 2,5•108 Pa da davlat birlamchi etaloni orqali amalga oshirildi. Uning tarkibiga yuk porshenli manometrlar, maxsus massa o‘lchaydigan to‘plam va bosim ushlab turish uchun qurilma kiradi. 10-8 dan 4•105 Pa gacha va 109 dan
4•109 Pa gacha hamda 4•104 gacha bosimlar farqini bosimlar birliklarini qayta tiklash uchun maxsus etalonlardan foydalaniladi. Etalonlardan ishchi o‘lchash vositalariga bosim o‘lchash birliklarini uzatish ko‘p bosqich orqali amalga oshiriladi: birlamchi va maxsus etalonlardan ikkilamchi etalonlarga, so‘ng ketma-ket birinchi razryaddan to to‘rtinchi razryadli namunali vositalarga, keyin esa ishchi o‘lchash asboblariga uzatiladi.
Etalonlardan ishchi o‘lchash vositalariga bosim o‘lchash birliklarini ketma-ket va aniq o‘tkazilishini qiyoslash usuli va ko‘rsatish bosimlarining aniqlanishi umumdavlat qiyoslash chizmalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Har bitta bosqichda o‘lchash birligini uzatilishida xatoliklar 2,5—3 marta ortib ketishini inobatga olsak, ishchi vositalari bilan bosimni o‘lchash xatoligi va birlamchi etalon xatoliklari orasidagi nisbat 102—103 ni tashkil etishi mumkin.
O‘lchashda mutlaq, atmosfera va vakuum bosimlari mavjud. P mutlaq bosim modda holatining (suyuqlik, gaz, bug‘) parametri bo‘lib, patm — atmosfera bosimi va port —ortiqcha bosim yig‘indisidan iborat:
pmut = patm + port. (9.1)
Ortiqcha bosim mutlaq va atmosfera bosimlari oralaridagi farqdan iborat:
port = pmut - patm. (9.2)
Atmosfera bosimi Er atmosferasidagi havo ustunining bosimi; uning qiymati barometrlar bilan o‘lchanadi, shuning uchun bu bosim ko‘pincha barometrik bosim ham deb ataladi. Agar mutlaq bosim atmosfera bosimidan kichik bo‘lsa, vakuum yoki siyraklanish sodir bo‘ladi:
p B = p atm - pmut. (9.3)
Bosim va bosimlar farqini o‘lchashga mo‘ljallangan o‘lchash vositalari manometr deb ataladi. Manometrlar o‘lchanayotgan yoki atmosferali, ortiqcha, vakuummetrik va mutlaq bosimlarga ko‘ra barometr, manometr, vakuummetr va mutlaq bosimli manometrlarga bo‘linadi.
40 kPa (0,4 kg-k/sm2) bosimni yoki siyraklanishni o‘lchashga mo‘ljallangan manometrlar naporomer va tyagomer deb ataladi. Tyagonaporomerlarda ±20 kPa (±0,2 kg-k/sm2) o‘lchash chegarasiga ega bo‘lgan ikki tarafli shkalasi bor.
Differensial manometrlar bosimlar farqini o‘lchash uchun qo‘llaniladi. Bosim o‘lchaydigan asboblar ishlash prinsiplariga ko‘ra suyuqlikli, deformatsion (prujinali), yuk-porshenli, elektr-ionizatsion va issiqlik turlariga bo‘linadi.
Bu asboblarning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan bosimning suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi bilan muvozanatlashishiga va bosim kuchi ta’sirida turli elastik elementlarning deformatsiyasini yoki ularning kuchini o‘lchashga asoslangan.
O‘lchanayotgan kattalikning turiga ko‘ra bosim o‘lchash asboblari quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) manometr mutlaq va ortiqcha bosimni o‘lchaydi;
2) barometr atmosfera bosimini o‘lchaydi;
3) vakuummetr berk idish ichidagi suyuqlik va gaz bosimining kamayishi (siyraklanishi)ni o‘lchaydi;
4) monovakuummetr ortiqcha bosim va bosim kamayishini o‘lchaydi;
5) naporomer kichik qiymatli ortiqcha bosimni o‘lchaydi;
6) tyagomer kichik qiymatli siyraklanishni o‘lchaydi;
7) tyagonaporomer kichik qiymatli bosim va siyraklanishni o‘lchaydi;
8) differensial manometrlar ikki bosim ayirmasini (bosim o‘zgarishini) o‘lchaydi.
Suyuqlikli bosim o‘lchash asboblari ikki naychali (U-simon) va bir naychali (kosali) manometrlardan iborat.
Bu asboblar sodda, ammo yetarli aniqlikka ega bo‘lgan
qurilmalardir va ular uncha yuqori emas, 2 bardan oshmaydigan bosimlarni o‘lchash uchun xizmat qiladi. Ishchi suyuqlik sifatida ularda odatda simob, distillangan suv, etil spirti hamda transformator moyi ishlatiladi. Shunday qilib, suyuqlikli manometrlarda o‘lchanayotgan kattalikning o‘zgarishini qabul qiluvchi sezgir elementning vazifasini ishchi suyuqlik bajaradi. Ikki naychali suyuqlikli manometrning chizmasi 9.1- rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |