8.2- rasm. Termoelektrik termometrni millivoltmetrga ulash chizmasi.
Chizmada termoelektrik termometr 1 millivoltmetr 2 ga uzaytirilgan termoelektrodli 3 va ulanuvchi 4 simlari bilan ulanadi. Tashqi zanjirining qarshiligini darajalash qiymatiga keltirish uchun R qarshilikni ta’minlaydigan g‘altak R o‘q qo‘llaniladi.
O‘lchash asbobi sifatida ishlatiladigan millivoltmetrli termoelektr komplektining kamchiligi o‘lchash asbobida tok mavjudligidir. Tok miqdoriga, ya’ni millivoltmetrning ko‘rsatishiga TEYKdan tashqari zanjirning qarshiligi ham ta’sir qiladi.
Qarshilikning har bir o‘zgarishi o‘lchashda sodir bo‘ladigan xatolikka olib keladi. Noqulay sharoitda bu xatolik asosiy xatolik miqdoridan (aniqlik klassidan) ortib ketishi ham mumkin. Millivoltmetr ko‘rsatishi darajalash qiymatiga nisbatan o‘zgarishini termometr — millivoltmetr zanjiri qarshiligining o‘zgarishiga bog‘liqligini aniqlash mumkin. Misol uchun, darajalashda butun zanjirning qarshiligi Rdar qiymatga ega edi, keyin ishlatish sharoitida Reksp ga teng bo‘lib qoldi. (8.1) tenglamaga ko‘ra darajalash sharoitida millivoltmetrning ko‘rsatishi quyidagicha aniqlanadi:
Edar = K•E(t, t0)/Rdar (8.2)
Ishlatish jarayonida esa quyidagi ifodaga ko‘ra topiladi:
jeksp = K•E(t, t0)/Reksp (8.3)
bundan millivoltmetrning haqiqiy ko‘rsatishi:
jdar = jeksp•Reksp/Rdar. (8.4)
O‘lchanadigan zanjirning darajalash qiymatidan og‘ishidan kelib chiqadigan nisbiy o‘zgarish o‘lchanayotgan termometr — millivoltmetr sistemasi ko‘rsatishida quyidagini tashkil qiladi:
Sj = (jeksp - jdar)/jdar = (Rdar - Reksp)/Reksp. (8.5)
Shuni inobatga olish kerakki, (8.4) va (8.5) tenglamalar ko‘rsatuv o‘zgarishini millivoltda ifodalaydi. Bu o‘zgarishlarni haroratga o‘tkazish uchun TEYKning haroratga bog‘liqligi chiziqli emasligini inobatga olish zarur.
Texnik millivoltmetrlarda ramka qarshiligining millivoltmetr umumiy qarshiligiga nisbati 1:3 dan ortiq emas. Millivoltmetrning umumiy qarshiligi orttirib borilsa, uning harorat koeffitsiyenti kamayib boradi. Shu bilan atrof-muhit harorati tebranishidan kelib chiqadigan xatolik ham kamayadi. Agar termojuft bo‘sh uchlarining harorati o‘lchash jarayonida keng chegaralarda o‘zgarsa, unda ko‘prik chizmasidan foydalangan holda, sovuq ulanmalar haroratini kompensatsiyalash usuli qo‘llaniladi.
8.3- rasmda bo‘sh uchlari haroratiga tuzatmani avtomatik kiritish qurilmasining chizmasi keltirilgan. Bu qurilma (8.3- rasm) tok bilan ta’minlangan ko‘prik chizmasidan iborat. Ko‘prikninguchta qarshiligi R1, R2, R3 manganindan, R4 esa misdan tayyorlangan, u o‘zgarish qarshiligini harorat o‘zgarishiga o‘zgartiradi. Harorat 0 °C dan farqlansa, unda a va b uchlar orasida potensiallar farqlari paydo bo‘ladi. Bunda quyidagi shart bajarilishi lozim:
Uba = E (t0, 0). (8.6)
R5 rezistordan Uab signalni to‘g‘rilash hamda uning ortiqcha o‘zgarishida, masalan, termometrning bitta darajalanishidan ikkinchisiga o‘tishda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |