Avtomatika va energetika


Termoelektrik materiallar va termoelektrik o‘zgartgichlar



Download 0,51 Mb.
bet23/38
Sana10.08.2021
Hajmi0,51 Mb.
#144013
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38
Bog'liq
o'lchov nazorati asboblari amaliy

Termoelektrik materiallar va termoelektrik o‘zgartgichlar. Turli ko‘p sonli termoelektrik materiallar toza holatda va har xil kombinatsiyalarda mavjud bo‘lib, ularni termoelektrodlar sifatida ishlatish mumkin. Ularning orasidan termoelektrod materiallarni ajratib olish uchun bitta materialga nisbatan normal elektrodni va uning termoelektrik xossalarini aniqlash zarur. Normal termoelektrod uchun material sifatida platina qabul qilingan, u kimyoviy inertligi, yaxshi o‘rganilgan fizikaviy xossalari va yuqori erish harorati bilan ajralib turadi hamda platinani toza holda olish oson. Barcha materiallar o‘zining termoelektrik xossalariga ko‘ra musbat va manfiyga bo‘linadi.

Musbat deb shartli aytiladigan materiallarda platina bilan juftda issiq uchidan tok (t > t0 haroratlarda) platinadan ushbu materialga oqadi. Manfiylarda esa tok teskari yo‘nalishda oqadi.

Zamonaviy o‘lchash texnikasi termoelektrik o‘tkazgichlar tayyorlanadigan materiallarga ko‘pdan-ko‘p talablar qo‘yadi, ammo bu talablarni juda kam turdagi materiallargina qanoatlantiradi.

Asosiy talablar quyidagilardan iborat.

1. Materialning termoelektrik xossalari chegaralanmagan vaqt davomida o‘zgarmasligi.

2. Hosil qilinayotgan TEYKning katta qiymatga ega bo‘lishi.

3. Yuqori haroratlar ta’siriga chidamlilik (misol uchun, vismut TEYKni katta qiymatda hosil qiladi, ammo erish harorati +270 °C kichik bo‘lgani tufayli, uni ishlatib bo‘lmaydi).

4. Katta elektr o‘tkazuvchanlik (bunga ko‘ra kremniydan amalda foydalanib bo‘lmaydi).

5. Bir xil tarkibli qotishmalarni qayta olish mumkinligi.

6. Texnologik ishlov berish osonligi.

7. Arzonligi.

Odatda, bir-biriga mos ikki materiallar tanlab olinadi va ular ma’lum termoelektrik xossalariga ega bo‘lgan termojuftni hosil

qiladi.

O‘lchanayotgan muhitga tushirilgan termojuftning o‘zaro bog‘langan uchlari ishchi uchlari deb ataladi. Atrof-muhitda (atmosferada) ularga odatda o‘lchash asbobidan simlar ulanadigan uchlari bo‘sh uchlari deb aytiladi.

Standartlarga binoan quyidagi standart termoelektrik termometrlar qo‘llaniladi, ularning tavsiflari 7.1- jadvalda keltirilgan.

7.1-jadval





Termoelektrik

termometr

termojuftining turi


O‘lchash

chegarasi °C




Yuqori o‘lchash

chegarasi




Uzoq vaqt

qo‘llanishida



Qisqa vaqt

qo‘llanishida




1

Mis-kopelli

-200

100

600

2

M is-mis-nikelli

-200

400

600

3

Temir-mis-nikelli

-200

700

900

4

Xromel-kopelli

-50

600

800

5

Nikelxrom-mis-nikelli

-100

700

900

6

Nikelxrom-nikel aluminiyli (xromel alyumeli)

-200

1000

1300

7

Platinorodiy (10%) —platinali

0

1300

1600

8

Platinorodiy (30%) —platinorodiyli (6%)

+300

1600

1800

9

Volframreniy (5%) —volframreniyli (20 %)

0

2200

2500

Qimmatbaho bo‘lmagan metallardan tayyorlangan 1 dan 6 gacha termoelektrik termometrlar inertli va tiklanuvchi atmosferada o‘zini yaxshi tutadi, oksidlanuvchi atmosferada ularning ishlash muddati chegaralangan.

7 dan 9 gacha sanab o‘tilgan termometrlarda oksidlanuvchi va betaraf (neytral) muhitlarda darajalash tavsiflarini bir darajada ushlab turilishi saqlanadi. Tiklanuvchi atmosferada bu termometrlar termometr TEYKining katta o‘zgarishi tufayli ishlay olmaydi.

Ishlatish qulay bo‘lishi uchun termoelektrik termometrlar maxsus himoya g‘ilofi bilan berkitiladi. Bunda quyidagi muammolar hal qilinadi: termoelektrodlarni o‘lchanayotgan va atrof-muhitning zararli ta’siridan elektrik izolatsiyalash; termoelektrod va termoelektroddan chiqib turgan uchlarini ifloslanishdan va mexanik zararlanishdan himoya qilish; termoelektrik termometrlarga kerakli mexanik mustahkamlikni berish; texnologik qurilmaga o‘rnatish va tutashtiruvchi simlarni ulash qulay bo‘lishini ta’minlash.

Termoelektrik termometrni o‘lchash asbobi bilan ulaydigan simlar shunday materiallardan tayyorlanadiki, ular o‘zaro juft bo‘lib, ulangan termoelektrik termometrlar EYKni hosil qiladi. Bunday talab taxminan 100 °C harorat bilan chegaralanadi, bundan yuqori haroratda termoelektrik termometr va ulanish simlarining tavsiflari bir-biridan farq qilishi mumkin. Bunday bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi, chunki ulaydigan simlarning harorati, odatda, yuqori bo‘lmaydi. Ko‘rsatilgan talablar bajarilganda termokompensatsion simlar termoelektrik termometrni (termojuftni) ulaydigan simlar uzunligi qadar uzaytiradi, termojuftning bo‘sh uchlari esa TEYKni o‘lchashga mo‘ljallangan asbobning klemmalarida bo‘lib qoladi.

Uzaytiruvchi termoelektr simlar bir simli va ko‘p simli bo‘lib, izolatsiyali va tashqi qoplama yoki qobiqlik qilib ishlab chiqariladi, bu jihozlash va yotqizishda qulay. Izolatsiyalash uchun polivinilxlorid, polietilen, tereftalat va ftoroplast plyonkalaridan foydalaniladi. Izolatsiyadan tashqari, simlar ko‘pincha polivinilxlorid qobiq yoki lavsan ip, shisha ip bilan chirmab o‘raladi.

Agar tashqi elektromagnit maydondan va mexanik ta’sirdan saqlanish talab etilsa, unda mis, po‘lat simli qoplama yoki ekranlar qo‘llaniladi.

Har bir sim materiali izolatsiyaning o‘z rangiga yoki simlarning o‘ramasi va qoplamasi rangidagi simlarga ega bo‘ladi.

8-Amaliy mashg’ulot




Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish