G‘oyaning ontologik va gnoseologik tabiatidan kelib chiqqan holda unga quyidagicha falsafiy ta’rif berish mumkin:
G‘oya deb inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad- muddao sari yetaklaydigan kuchli, teran fikrga aytiladi.
Har qanday g‘oya dunyoni bilishning muayyan bosqichi va o‘ziga xos shakli sifatida bir qator xususiyatlarga egadir. Bunda, g‘oyaning namoyon bo‘lish xususiyatlari deb uning o‘ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan tomoni, o‘ziga xos belgilariga aytiladi. Ularga quyidagilar kiradi:
G‘oya eng avvalo, muayyan maqsadni ifodalaydi, odamlarni ana shu maqsadga erishish uchun chorlaydi, safarbar etadi.
G‘oya hayotiy va ilmiy dalillarga asoslangan holda ish ko‘radi, faoliyat olib boradi.
G‘oya biron-bir ijtimoiy voqelikning in’ikosi bo‘lib obyekt va subyektning o‘zaro dialektik birligiga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |