O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
"Kompyuter injiniring" fakulteti
" Fuqarolik jamiyati" fanidan
Mustaqil ishi- №2
Mavzu: Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyat sari”konsepsiyasi.
Bajardi:Fayzullayev SH
Tekshirdi:Ro’ziyev.I.I
Samarqand-2022
Mavzu: Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyat sari”konsepsiyasi.
Reja:
1. “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyat sari” konsepsiyasi.
2. Ko‘ppartiyaviylik - fukarolik jamiyat barpo etishning muxim sharti
3. Jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonunning (2018) qabul qilinishi va uning ahamiyati.
1. “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyat sari” konsepsiyasi
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirishning hozirgi bosqichida fuqarolik jamiyati institutlari tom ma’noda demokratik qadriyatlarni ro‘yobga chiqarish, inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim o‘rin tutadi. Zaminimizda qadimdan shakllangan mahalla instituti bugun aholining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda faol ishtirokini, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan mustahkam jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mavqei yanada kuchaymoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, mahalla nufuzini ko‘tarish nafaqat iqtisodiy, nafaqat ijtimoiy, balki bu – siyosiy, tarbiyaviy, ulkan ma’naviy masaladir. Mahalla ajdodlarimizdan bizga meros jamoaviy turmush shakli sifatida asrlar osha yashab kelayotgan bo‘lsa-da, ana shunday ezgu maqsaddan kelib chiqqan holda istiqlol yillarida bu noyob institut fuqarolik jamiyati poydevori sifatida sayqal topdi.
Ma’lumki, saylovlar – demokratiyaning bosh mezoni, huquqiy demokratik davlat va tadrijiy rivojlanib borayotgan fuqarolik jamiyatining muhim qismi, xalq irodasini ifoda etishning, fuqarolar davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda faol ishtirokining asosiy shaklidir. Shu ma’noda, oqsoqollar va ularning maslahatchisi etib eng munosib nomzodlar saylanishini ta’minlaydigan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va ularning maslahatchilarini saylash tizimi muhim demokratik jarayondir.
Mustaqillik yillarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining huquqiy asoslari tadrijiy rivojlanmoqda. Mahalla instituti jamiyat siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotining muhim qismiga aylanmoqda. Shuni alohida e’tirof etish lozimki, mahallalarning bunyodkorlik salohiyatiga ega bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarishning g‘oyat muhim birlamchi bo‘g‘ini sifatida fuqarolarning eng dolzarb muammolarini o‘z vaqtida va muvaffaqiyatli hal etishdagi ta’siri va ahamiyati ortib bormoqda. Shu bois O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligini nishonlash arafasida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari sayloviga eng muhim ijtimoiy-siyosiy tadbirdir.
Mahalla instituti mamlakatimizga xos milliy qadriyat va xalq ma’naviyatining sarchashmasidir. Boshqacha aytganda, o‘zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, yetim-yesirlarning boshini silash, to‘y-tomosha, hashar va ma’rakalarni ko‘pchilik bilan bamaslahat o‘tkazish kabi yumushlar mahalla hayotida yorqin namoyon bo‘ladi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi jarayonida ham mahalla muhitida shakllangan va rivojlangan milliy qadriyatlarimizning noyobligi, betakrorligi va afzalliklari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ayni paytda mahalla yuksak ma’naviyat beshigidir. Chunki, inson ma’naviyati, avvalo, oila va mahallada shakllanadi. Oila va mahalla muhitida qaror topgan milliy va ma’naviy qadriyatlar istiqlol g‘oyalariga sodiq komil insonni tarbiyalash va millat ravnaqiga xizmat qiladi. “Mahalla – ham ota, ham ona” degan hikmat ham bu hayotiy haqiqatning yorqin ifodasidir.
Mamlakatimizda 2008 yil noyabr-dekabr oylarida bo‘lib o‘tgan avvalgi saylovlar yakunlari bo‘yicha 9881 nafar fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va ularning 85 ming nafardan ortiq maslahatchisi saylangan edi. Joriy yilda 9973 nafar fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) va ularning 98 ming nafardan ortiq maslahatchisini saylash ko‘zda tutilgan. Bugun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari aholini ijtimoiy himoyalash, yurtimiz obodligi va odamlar turmush farovonligini oshirish, yoshlarni tarbiyalash bilan bog‘liq bir qator vazifalarni bajarmoqda. Ayniqsa, fuqarolar yig‘inlari tashabbusi bilan aholi bandligi ta’minlanmoqda, kasanachilik, hunarmandchilik, xususiy tadbirkorlik, fermer xo‘jaliklarini tashkil etish, aholiga sifatli tibbiy va maishiy xizmat ko‘rsatish ko‘lami tobora kengaymoqda. Eng muhimi, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishda hamyurtlarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligi yaqqol ko‘zga tashlanayotir.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, davlatchiligimiz tarixida birinchi marta “mahalla” tushunchasi Konstitutsiyamizga kiritilib, uning jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va maqomi qat’iy belgilab qo‘yildi. Mahalla boshqaruviga bunday katta e’tibor bugun mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatning xalqchilligidan yana bir dalolatdir. Ayni paytda u yurtimizda amalga oshirilayotgan “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyat sari” degan tamoyilning amaliy ifodasi bo‘lib, ma’naviy hayotimizni yanada mustahkamlash, yosh avlodimizning ongu tafakkurini zamonaviy asosda shakllantirish borasida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoatchilik asosidagi o‘zaro yordamning eng demokratik talablariga mos ravishda faoliyatini amalga oshirishi o‘tkaziladigan saylov jarayonida ham namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasiga ko‘ra, shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. O‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi. Aytish joizki, fuqarolarning ijtimoiy faolligi ularning saylovlar jarayonida o‘z siyosiy huquqlarini bevosita yoki bilvosita amalga oshirishida yanada yorqin namoyon bo‘ladi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasida fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki o‘zini o‘zi boshqarish yo‘li bilan amalga oshirilishi mustahkamlangani ushbu demokratik va xalqchil institutning kuchli fuqarolik jamiyatini qurishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari samaradorligini oshirishda 2004 yilda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilingani muhim omil bo‘layotir. 2003-2008 yillarda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzurida yarashtiruv komissiyalari, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalarini tashkil etish, diniy-ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar lavozimini joriy etish, aholi tomonidan uy-joy kommunal xizmatlar haqi batamom to‘lanishini ta’minlaganlik uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga mablag‘ ajratish tartibini nazarda tutuvchi muhim o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Ayni paytda bu chora-tadbirlar joylarda dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal qilishda mahallaning roli va ahamiyatini yanada oshirish, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam berish, hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha ishlarni takomillashtirish va boshqa vazifalarni hal qilish imkonini berayotir.
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish instituti – mahalla faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, uning vazifalari ko‘lamini kengaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan o‘zaro yaqin munosabatlarini ta’minlash alohida dolzarb ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan.
Bu vazifani hal qilishda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish maqsadga muvofiqdir. Bunda mahallani aniq yo‘naltirilgan asosda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish, shuningdek, uning davlat boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati olib borish tizimidagi vazifalarini yanada kengaytirishga jiddiy e’tibor qaratish lozim.
Shu bilan birga, Konsepsiyada “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislari saylovi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha oqsoqollar va ularning maslahatchilari eng munosib fuqarolar ichidan saylanishini, fuqarolar ijtimoiy faolligini kuchaytirishda mahallaning ahamiyati va roli oshirilishini ta’minlaydigan chora-tadbirlarni nazarda tutadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif qilindi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovining eng muhim xususiyatlaridan biri rais (oqsoqol) va uning maslahatchilari mahallada doimiy istiqomat qiluvchi shaxslar orasidan saylanishida ham ifodalanadi. Bu holat rais (oqsoqol) va uning maslahatchilari demokratik talablar asosida saylanishida ham ko‘rinadi. Ya’ni, saylovning erkin va ixtiyoriylikka asoslanganligi nafaqat umuminsoniy tamoyillarga, balki milliy qadriyatlarimizga ham to‘la mos keladi. Yana bir jihati, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqol) va uning maslahatchilariga saylov saylovchilarning doimiy istiqomat qiladigan joylarida o‘tkaziladigan fuqarolar yig‘ini tomonidan amalga oshiriladi. Boshqacha aytganda, maxsus saylov okruglarini tashkil etish talab etilmaydi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) faqat bir muddatga emas, balki bir necha muddatga ham saylanishi mumkin. Bu esa kimni rais (oqsoqol) sifatida tanlab olishni hal etish fuqarolarning o‘zlariga bog‘liqdir. Rais (oqsoqol) mahalla ruhiyatini o‘zida mujassamlashtiruvchi shaxsdir. “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 14-moddasiga muvofiq, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) vazifasiga nomzodlar ko‘rsatish tegishli hududda yashovchi aholining fikrini hisobga olgan holda ishchi guruhi tomonidan amalga oshiriladi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) vazifasiga ko‘rsatilgan nomzodlarga doir hujjatlar tuman yoki shahar hokimi bilan kelishish uchun tegishli tuman yoki shahar komissiyasiga saylovdan kamida o‘n kun oldin topshiriladi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ning tashkilotchilik qobiliyati, hayotiy tajriba va aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi unga qo‘yilgan muhim talab, qolaversa, uni saylashning eng muhim mezoni hisoblanadi. Rais (oqsoqol) mahalla hayotini biladigan obro‘-e’tiborga ega, jamoatchilik hurmatiga sazovor shaxs bo‘lishi lozim. Raisni (oqsoqolni) mahalla aholisi katta ishonch bildirib saylaydi. Bunday saylovning o‘ziga xos jihati shundaki, birinchidan, rais (oqsoqol) saylanadi, ikkinchidan, fuqarolar yig‘ini raisligi lavozimiga o‘tkaziladigan saylovda g‘olib chiqqan nomzod tomonidan taklif etiladigan maslahatchi saylab olinadi. Shu sababli, nafaqat rais (oqsoqol)ning, balki uning maslahatchisining katta hayotiy tajribaga ega bo‘lishi mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilishning, qolaversa, aholi ishonchini oqlashning eng muhim garovidir. Ayniqsa, mahallaga davlat va jamiyat ahamiyatiga molik aniq yo‘naltirilgan asosda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish, shuningdek uning davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati olib borish tizimidagi vazifalarni yanada kengaytirishning qonunchilik asoslari tadrijiy takomillashtirilayotgani ularning roli va ahamiyati yanada ortayotganidan dalolat beradi.
Saylov fuqarolar yig‘ini faoliyatining samaradorligini oshirishda va jamiyat tafakkurining yuksalishida ham g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Ya’ni, o‘zini o‘zi boshqarishning demokratik shakl va usullarini yanada takomillashtirishga erishiladi. Aytish joizki, o‘zini o‘zi boshqarishni takomillashtirish fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning nafaqat asosiy sharti, balki muhim vositasidir. Yurtboshimiz Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, o‘zini o‘zi boshqarish organlari – bizning kelajagimiz. Fuqarolik jamiyatini qurmoqchi ekanmiz, uning asoslarini tashkil etuvchi poydevor mana shu organlar bo‘ladi. Biz bugun ana shu asoslarni qurishni boshladik… Fuqarolik jamiyati bu – o‘zini o‘zi boshqarishdir. Uning birinchi va asosiy tamoyili shu.
Darhaqiqat, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati institutlarining roli tobora ortib borayotgan sharoitda fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovining umuminsoniy va milliy qadriyatlar hamda qonun hujjatlari talablari asosida tashkil etilishi va o‘tkazilishi ular zimmasiga yuklatilgan aniq yo‘naltirilgan vazifalarni hal qilish imkoniyatini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |