Turli transport vositalari uchun Ω funksiyasining ko‘rinishi
№
|
Avtotransport vositasining turi
|
Ω bog‘liqlik ko‘rinishi
|
1
|
Milliy engil avtomobillar
|
Ω =0,07 Tf + 0,0035 Lf
|
2
|
Milliy bortli yuk avtomobillari
|
Ω =0,1 Tf + 0,003 Lf
|
3
|
Rossiya shatakchi-avtomobillari
|
Ω =0,09 Tf + 0,002 Lf
|
4
|
Rossiya ag‘darma-mashinalari
|
Ω =0,15 Tf + 0,0025 Lf
|
5
|
Rossiya maxsus avtotransport vositalari
|
Ω =0,14 Tf + 0,002 Lf
|
6
|
Rossiya avtobuslari
|
Ω =0,16 Tf + 0,001 Lf
|
7
|
Yevropada ishlab chiqarilgan engil avtomobillar
|
Ω =0,05 Tf + 0,0025 Lf
|
8
|
Amerikada ishlab chiqarilgan engil avtomobillar
|
Ω =0,055 Tf + 0,003 Lf
|
9
|
Osiyoda (Yaponiyadan tashqari) ishlab chiqarilgan engil avtomobillar
|
Ω =0,065 Tf + 0,0032 Lf
|
10
|
Yaponiyada ishlab chiqarilgan engil avtomobillar
|
Ω =0,045 Tf + 0,002 Lf
|
11
|
Chet elda ishlab chiqarilgan yuk avtomobillari
|
Ω =0,09 Tf + 0,002 Lf
|
12
|
Chet elda ishlab chiqarilgan avtobuslar
|
Ω =0,12 Tf + 0,001 Lf
|
Tf – baholash sanasidagi avtotransport vositalarining haqiqatdagi yoshi, yillar;
Lf – ekspluatatsiya boshidan baholash sanasigacha bo‘lgan avtotransport vositalarining haqiqiy bosib o‘tgan yo‘li, ming km (motosoat).
Normativ-texnik hujjatlar asosida hisobdan chiqarilgungacha (kapital ta’mirgacha) bo‘lgan normativ bosib o‘tgan yo‘l (xizmat muddati) belgilangan avtotransport vositalari uchun korrektirovka orqali normativ usulda uning jismoniy eskirishini hisoblash quyidagi formula bo‘yicha bajariladi:
bu erda Lf – avtotransport vositalarining ekspluatatsiya boshidan baholash sanasiga haqiqiy bosib o‘tgan yo‘li, ming km;
K1 – hisobdan chiqarilguncha ekspluatatsiya shartlarini inobatga olgan normativ bosib o‘tgan yo‘l (normativ xizmat muddati)ning korrektirovka koeffitsienti. K1 koeffitsienti quyidagi ma’noga ega: ekspluatatsiya shartlarining 1-kategoriyasi uchun – 1,0; 2-kategoriyasi uchun – 0,9; 3-kategoriyasi uchun – 0,8; 4-kategoriyasi uchun – 0,7; 5-kategoriyasi uchun – 0,6. Ekspluatatsiya shartlari kategoriyasi 4-ilovada keltirilgan yo‘l qoplamasi, hududning relefi va avtotransport vositalari harakatlanish talablariga bog‘liq bo‘lgan ularning klassifikatsiyasiga qarab belgilanadi.
K2 – hisobdan chiqarilguncha avtotransport vositalari modifikatsiyasi va ularning ishini tashkil qilishni inobatga olgan normativ bosib o‘tgan yo‘l (normativ xizmat muddati)ning korrektirovka koeffitsienti. K2 koeffitsienti quyidagi miqdorga ega: bazaviy avtomobil – 1,00; o‘rindiqli shatakchi-avtomobillar – 0,95; bir tirkamali avtomobil – 0,90; ikki tirkamali avtomobil yoki 5 km.dan ortiq yuk bilan yo‘l bosish ishini bajaradigan ag‘darma-avtomobil – 0,85; bir tirkamali yoki qisqa masofali (5km.gacha) yuk bilan yo‘l bosish ishini bajaradigan ag‘darma-avtomobil – 0,80; ikki tirkamali ag‘darma-avtomobil – 0,75.
K3 – hisobdan chiqarilguncha tabiiy-iqlim shartlarini inobatga olgan normativ bosib o‘tgan yo‘l (normativ xizmat muddati)ning korrektirovka koeffitsienti. Iqlimning turli ko‘rinishdagi rayonlarda K3 koeffitsienti quyidagi miqdorga ega: mo‘tadil iliq, mo‘tadil iliq nam, iliq nam – 1,1; mo‘tadil – 1,0; issiq quruq, juda issiq quruq, mo‘tadil sovuq – 0,9; sovuq – 0,8; juda sovuq – 0,7.
Yo‘l-qurilish texnikasining yoshiga bog‘liq jismoniy eskirishini aniqlash 6-jadval ma’lumotlari asosida amalga oshirish mumkin.
2.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |