2.2. Qurilish mashinalarining eskirish miqdorini aniqlash uslubiyatini takomillashtirish Baholash masalalariga nisbatan qo‘llanilganda eskirish obyektning ekspluatatsiya yoki uzoq vaqt saqlash, ilmiy-texnik taraqqiyot va umumiy iqtisodiy vaziyat jarayonida o‘z qiymatining yo‘qolishi tushuniladi. Ushbu barcha omillarni hisobga olgan holda aniqlangan eskirish jamg‘arilgan eskirish deb ataladi va quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
bu yerda Ejis – jismoniy eskirish, u mashinalar ish qobiliyati holatining ularning ekspluatatsiyasi yoki uzoq vaqt saqlash natijasida qisman yo‘qolishi bilan asoslanadi;
Efunk – funksional eskirish, u yangi texnologiyalar, fan va texnikaning paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan mashinalar qiymatining yo‘qolishidir;
Eiq – iqtisodiy (tashqi) eskirish, u tashqi omillar ta’siri bilan asoslanadigan qiymatning yo‘qolishidir. U umumiqtisodiy va tarmoqichi o‘zgarishlari, shu jumladan ma’lum turdagi mahsulotga nisbatan talabning qisqarishi, taklifning qisqarish yoki xom ashyo, ishchi kuchi sifatining yomonlashuvi, shuningdek qonunchilikka, mahalliy hokimiyat qarorlariga, ma’muriyat buyruqlariga taalluqli huquqiy o‘zgarishlar natijasida kelib chiqishi mumkin.
Avtotransport vositalari uchun jismoniy eskirish uning funksional va ekspluatatsion xarakteristikalari yomonlashuviga olib keluvchi texnik holatining ekspluatatsiya jarayonida o‘zgarishida ifodalanadi. Jismoniy eskirishning asosiy sabablari haddan tashqarish ko‘p foydalanish, plastik deformatsiya, charchoq buzilishlar, korroziya, konstruktiv materiallarning fizik-ximik xususiyatlarining o‘zgarishi hisoblanadi.
Ejis miqdori turli usullar yordamida aniqlanadi: texnik holatini nazorat qilish orqali jismoniy eskirishni hisoblash usuli; korrektirovka orqali normativ usul; yoshi va ekspluatatsiya boshidan bosib o‘tgan yo‘lni hisobga olgan hisob usuli; amortizatsiya ajratmalari usuli.
Texnik holatini nazorat qilish orqali jismoniy eskirishni hisoblash usuli normativ-texnik hujjatlar asosida hisobdan chiqarilgungacha bo‘lgan normativ bosib o‘tgan yo‘l (xizmat muddati) belgilangan avtotransport vositalarining texnik holati instrumental nazorat (diagnostika)ni o‘tkazish imkoniyati baholovchida bo‘lganda qo‘llash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Korrektirovka orqali normativ usul normativ-texnik hujjatlar asosida hisobdan chiqarilgungacha bo‘lgan normativ bosib o‘tgan yo‘l (xizmat muddati) belgilangan va normativ bosib o‘tgan yo‘l (xizmat muddati)ga ta’sir qiluvchi omillar haqida axborot mavjud bo‘lgan avtotransport vositalari uchun jismoniy eskirishni baholash uchun maqbuldir.
Agar avtotransport vositalari uchun normativ-texnik hujjatlar asosida hisobdan chiqarilgungacha (kapital ta’mirgacha) bo‘lgan normativ bosib o‘tgan yo‘l belgilangan bo‘lsa, unda jismoniy eskirish hisobi quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi:
bu yerda Lsam – ekspluatatsiya boshidan baholash sanasigacha bo‘lgan ATVning samarali bosib o‘tgan yo‘li, ming km;
Ln – hisobdan chiqarilguncha (kapital ta’mirgacha) bo‘lgan avtotransport vositalarining normativ bosib o‘tgan yo‘li, ming km.
Ekspluatatsiya boshidan baholash sanasigacha bo‘lgan avtotransport vositalarining haqiqiy bosib o‘tgan yo‘li Lf spidometr bo‘yicha aniqlanadi. Agar jihoz nosoz bo‘lsa yoki uning holati normativ hujjatlarning talablariga mos kelmasa, ekspluatatsiya boshidan haqiqiy bosib o‘tgan yo‘l hisoblash yo‘li bilan topiladi.
Agar avtotransport vositalari uchun normativ-texnik hujjatlar asosida hisobdan chiqarilgungacha (kapital ta’mirgacha) bo‘lgan normativ xizmat muddati belgilangan bo‘lsa, unda jismoniy eskirish hisobi quyidagi formula bo‘yicha bajariladi:
bu yerda Tsam – baholash sanasidagi avtotransport vositalarining samarali yoshi, yillar (motosoatlar);
Tn – avtotransport vositalarining hisobdan chiqarilgungacha (kapital ta’mirgacha) bo‘lgan normativ xizmat muddati, yillar (motosoatlar).
Amortizatsiya ajratmalari usuli yuridik shaxslarga qarashli bo‘lgan avtotransport vositalarining jismoniy eskirishini baholash uchun alohida vaziyatlarda qo‘llanganda mazmunga ega bo‘ladi.
Yoshi va ekspluatatsiya boshidan bosib o‘tgan yo‘lni hisobga olgan hisob usuli normativ-texnik hujjatlar asosida hisobdan chiqarilgungacha bo‘lgan normativ bosib o‘tgan yo‘l (xizmat muddati) belgilanmagan avtotransport vositalari uchun jismoniy eskirishni baholash uchun foydalanilganda maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Avtotransport vositalarining yoshi va ekspluatatsiya boshidan bosib o‘tgan yo‘lni hisobga olgan jismoniy eskirishning hisobi quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi11:
bu erda Ω – avtotransport vositalarining ekspluatatsiya boshidan yoshi va haqiqiy bosib o‘tgan yo‘liga bog‘liq bo‘lgan funksiya.
Turli transport vositalari uchun Ω funksiyasining ko‘rinishi 5-jadval asosida aniqlanadi:
2.2-jadval