Asosiy ishlab chiqarish kompaniyalari – “UzAuto Motors” AJ (sh.j., Xorazmdagi filiali), “SamAuto” MCHJ, “Uz Truck and Bus Motors” QK MCHJ, “UzAuto Motors Powertrain” AJ, “UzAuto Trailer” MCHJ, “Jizzax avtomobil zavodi” MCHJ.
Komplekt detallar ta’minotchilari – sohalar uchun import tovarlari o‘rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqaruvchi lokalizatsiya korxonalari.
Sotish va servis xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar, shu bilan birga lizing kompaniyasi (“Avtosanoat Invest” MCHJ, “Uzavtosanoat Leasing” MCHJ).
Oliy ta’lim muassasasi: Turin politexnika universiteti.19
3.5-jadval
O‘zbekiston Respublikasida 2010 – 2021 yillardagi avtotransport vositalarini ishlab chiqarish hajmi20
Yillar
|
Avtotransport vositasi turi
|
Ishlab chiqarish hajmi, dona
|
Ulushi, %
|
2010 yilga nisbatan o‘sish sur’ati, %
|
Yillik o‘sish sur’ati, %
|
2010
|
Jami
|
219 833
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
Engil avtomobillar
|
217 733
|
99,0
|
100,0
|
100,0
|
Avtobuslar
|
1 268
|
0,6
|
100,0
|
100,0
|
Yuk va boshqa maxsus avtomobillar
|
832
|
0,4
|
100,0
|
100,0
|
2011
|
Jami
|
223 825
|
100,0
|
101,8
|
101,8
|
Engil avtomobillar
|
222 022
|
99,2
|
102,0
|
102,0
|
Avtobuslar
|
964
|
0,4
|
76,0
|
76,0
|
Yuk va boshqa maxsus avtomobillar
|
839
|
0,4
|
100,8
|
100,8
|
2012
|
Jami
|
241 476
|
100,0
|
109,8
|
107,9
|
Engil avtomobillar
|
237 154
|
98,2
|
108,9
|
106,8
|
Avtobuslar
|
1 717
|
0,7
|
135,4
|
178,1
|
Yuk va boshqa maxsus avtomobillar
|
2 605
|
1,1
|
313,1
|
310,5
|
2013
|
Jami
|
251 342
|
100,0
|
114,3
|
104,1
|
Engil avtomobillar
|
246 002
|
97,9
|
113,0
|
103,7
|
Avtobuslar
|
1 774
|
0,7
|
139,9
|
10,3
|
Yuk va boshqa maxsus avtomobillar
|
3 566
|
1,4
|
428,6
|
136,9
|
2014
|
Jami
|
250 710
|
100,0
|
114,0
|
99,7
|
Engil avtomobillar
|
245 660
|
98,0
|
112,8
|
99,9
|
Avtobuslar
|
2 588
|
1,0
|
204,1
|
145,9
|
Yuk va boshqa maxsus avtomobillar
|
2 462
|
1,0
|
295,9
|
69,0
|
2015
|
Jami
|
190 460
|
100,0
|
86,6
|
76,0
|
Engil avtomobillar
|
185 400
|
97,3
|
85,1
|
75,5
|
Avtobuslar
|
754
|
0,4
|
59,5
|
29,1
|
Yuk va boshqa maxsus avtomobillar
|
4 306
|
2,3
|
517,5
|
174,9
|
2016
|
Jami
|
92 577
|
100,0
|
42,1
|
48,6
|
Engil avtomobillar
|
88 152
|
95,2
|
40,5
|
47,5
|
Avtobuslar
|
908
|
1,0
|
71,6
|
120,4
|
Yuk va boshqa maxsus avtomobillar
|
3 517
|
4,8
|
377,4
|
88,7
|
2017
|
Jami
|
145 082
|
100,0
|
66,0
|
156,7
|
Engil avtomobillar
|
140 247
|
96,7
|
64,4
|
75,6
|
Avtobuslar
|
1 057
|
0,7
|
83,4
|
140,2
|
Yuk va boshqa maxsus avtomobillar
|
3 778
|
2,6
|
454,1
|
107,4
|
2018
|
Jami
|
225 846
|
100,0
|
102,7
|
155,7
|
Engil avtomobillar
|
220 667
|
97,7
|
101,3
|
157,
|
Avtobuslar
|
949
|
0,4
|
74,8
|
89,8
|
Yuk va boshqa maxsus avtomobillar
|
4 230
|
2,9
|
508,4
|
112,0
|
2019
|
Jami
|
277 967
|
100,0
|
126,4
|
123,1
|
Engil avtomobillar
|
271 113
|
97,5
|
124,5
|
122,9
|
Avtobuslar
|
1 534
|
0,6
|
121,0
|
161,6
|
Yuk va boshqa maxsus avtomobillar
|
5 320
|
1,9
|
639,4
|
125,8
|
2020
|
Jami
|
284 885
|
100,0
|
129,6
|
102,5
|
Engil avtomobillar
|
280 080
|
98,3
|
128,6
|
103,3
|
Avtobuslar
|
642
|
0,2
|
50,6
|
41,9
|
Yuk va boshqa maxsus avtomobillar
|
4 163
|
1,5
|
500,4
|
78,3
|
2021
|
Jami
|
241 862
|
100,0
|
110,0
|
84,9
|
Engil avtomobillar
|
236 667
|
97,9
|
108,7
|
84,5
|
Avtobuslar
|
1 003
|
0,4
|
79,1
|
156,2
|
Yuk va boshqa maxsus avtomobillar
|
4 192
|
1,7
|
503,8
|
100,7
|
3.1-rasm. O‘zbekiston Respublikasida 2010 – 2021 yillardagi avtotransport vositalarini ishlab chiqarish dinamikasi
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistonda 2010 – 2021 yillarda avtotransport vositalarini ishlab chiqarish hajm jihatdan dinamik tarzda o‘zgargan (3.5-jadval).
3.5-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda 2010 yilda 219833 dona avtotransport vositalari, shu jumladan 217733 dona engil avtomobil, 1268 dona avtobus va 832 dona yuk va boshqa maxsus avtomobillar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2015 yilda 190460 dona avtotransport vositalari, shu jumladan 185400 dona engil avtomobil, 754 dona avtobus va 4306 dona yuk va boshqa maxsus avtomobillar ishlab chiqarilgan, ya’ni avtotransport vositalari ishlab chiqarish hajmi 2015 yilda 2010 yilga nisbatan 24%ga pasaygan. 2021 yilda esa jami 241862 dona avtotransport vositalari, shu jumladan 236667 dona engil avtomobil, 1003 dona avtobus va 4192 dona yuk va boshqa maxsus avtomobillar ishlab chiqarilgan. 2021 yilda 2010 yilga nisbatan avtotransport vositalari ishlab chiqarish hajmi 10,0%ga oshgan. 2010 yilda jami avtotransport vositalarining tarkibida engil avtomobillar 99,0%, avtobuslar 0,6%, yuk va boshqa avtomobillar 0,4%ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2021 yilda bu ko‘rsatkich engil avtomobillar 97,9%, avtobuslar 0,4%, yuk va boshqa avtomobillar 1,7%ni tashkil qilgan. Bu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, “O‘zavtosanoat” AKning ishlab chiqarish jarayoni bozordagi talabga moslashgan (egiluvchan) bo‘lib, talab oshsa, ishlab chiqarish hajmi ham oshiriladi va aksincha, talab kamaysa, ishlab chiqarish hajmi ham qisqartiriladi.
O‘zbekistonda avtosanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, asosan aholi ehtiyojiga qaratilgan bo‘lib, aholining asosiy qismi “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan chiqarilgan engil avtomobillarini harid qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga qaraganda21, O‘zbekistonda 100 ta uy xo‘jaligiga 2010 yilda 21 ta, 2015 yilda 42 ta engil avtomobil to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2020 yilda 49 ta engil avtomobil to‘g‘ri kelgan.
Jahon banki ma’lumotlariga asoslanib tuzgan infografikada 189 ta jahon mamlakatlari ichida O‘zbekiston 121-o‘rinda turibdi (har ming kishiga 65 ta engil avtomashina)22. 1-o‘rinda San-Marino (1263), 2-o‘rinda Monako (899), 3-o‘rinda AQSH (797) joy egallagan. Ushbu ro‘yxatda Rossiya (309) 54-o‘rinda, Qozog‘iston (214) 67-o‘rinda, Qirg‘iziston (211) 68-o‘rinda, Turkmaniston (106) 105-o‘rinda, Tojikiston (38) 136-o‘rinda joylashgan. Bu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonning avtomobil bozori hozircha to‘yingan emas va bu borada milliy avtobozorni takomillashtirish bo‘yicha qilinadigan ishlar juda ko‘p.
va yakuniy qiymatini aniqlash
Baholash obyektini xarajat yondashuvida baholash jarayoni ularning aniq nusxasini yaratish yoki uni oʻxshashiga almashtirish xarajatlarining jami eskirish chegirib tashlangan xolda hisoblashga asoslanadi.
Baholash obyektinining narxi baholash sanasida ishlab chiqarish zavodi narxlari, maxsulot yetkazib beruvchilarning prays-varaqlari yordamida qayta tiklanadi (toʻla qayta tiklanish qiymati). Baholash obyektini toʻla qayta tiklangan qiymatidan uning eskirish qiymati ayirilib, baholash qiymati aniqlanadi. Tiklanish qiymati yoki almashtirish qiymatini aniqlash quyidagi usullardan birini qoʻllash orqali amalga oshiriladi:
almashtirish usuli;
turdosh obyekt narxi boʻyicha hisoblash usuli;
elementma-element hisoblash usuli;
qiymatni indeksatsiyalash usuli.
Almashtirish usuli analog (aniq yoki taxminiy) obyektlar toʻgʻrisidagi narx axborotidan (bitim dalillari yoki yetkazib beruvchilarning takliflari toʻgʻrisidagi axborot) foydalangan holda qoʻllaniladi. Analog-obyektlarning bitim yoki taklif narxiga tuzatishlarning quyidagi asosiy turlari kiritilishi mumkin:
ishlab chiqarish, texnik, texnologik, funksional tavsiflari, butlanishi, jihozlanishi va h.k. boʻyicha tafovutlarga qarab tuzatish kiritish;
tashish, bitimni rasmiylashtirish, soliq va yigʻimlarga qarab tuzatish kiritish;
analog-obyektning joylashgan joyiga qarab tuzatish kiritish;
narxlar oʻzgarishi dinamikasini hisobga olib tuzatish kiritish (analoglarga doir bitimlar va takliflar toʻgʻrisidagi axborot olinganiga bir yildan ortiq boʻlgan taqdirda qoʻllaniladi).
Bitimlar va takliflarning narxlariga narxni shakllantiruvchi boshqa omillarni hisobga olib tuzatishlar kiritilishi ham mumkin.
Baholash obyekti bugungi kunda ishlab chiqarishda boʻlganligi sababli baholashda turdosh obyekt narxi, elementma-element, qiymatni indeksatsiyalash usullaridan voz kechildi va almashtirish usulidan foydalanildi.
Yuklagich LW300FN qurilish mashinasining tiklash qiymati sifatida https://glotr.uz sahifasidagi “YEMA GROUP INTERNATIONAL” MCHJ – qurilish texnikasi dileri tomonidan taklif qilingan narxdan foydalanildi, unga koʻra XCMG LW300FN rusumli yuklagichning taklif narxi 372 000 000 soʻmni tashkil qiladi.
LW300FN rusumli davlat raqami 85 DA 962 boʻlgan yuklagichning jismoniy eskirishini hisoblashda 2.5-jadvalda keltirilgan formula asosida hisoblaymiz:
Bu yerda; N – baholash onidagi mashinalarning jamg‘arilgan haqiqiy bajarilgan ishi, ming mashina-soat; Txr – mashinalarning xronologik yoshi, yil.
Qurilish mashinasi 2019-yilda ishlab chiqarilganligi sababli mashinaning xronologok yoshini Txr=3 deb olamiz.
Baholash vaqtidagi mashinalarning jamg’arilgan haqiqiy bajarilgan ishi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
,
bu yerda
No‘r – o‘rtacha yillik bajarilgan ish, ming mashina-soat (2.4-jadval);
Tsam – samarali yosh.
= 2,712
3.6-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |