Atv baholash


Avtotransport vositalari bozorining joriy holati va rivojlanish



Download 203,25 Kb.
bet39/47
Sana01.07.2022
Hajmi203,25 Kb.
#727342
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47
Bog'liq
Dissertatsiya Temur tayyori

3.2. Avtotransport vositalari bozorining joriy holati va rivojlanish

tendensiyalarining tahlili


Avtotransport vositalari bozor qiymatining shakllanishida birlamchi omil bo‘lib bozordagi talab va taklif hisoblanadi.
Avtotransport vositalari bozori – bu tayyor avtotransport vositalarini pul mablag‘lari yoki uning ekvivalentiga ayirboshlash maqsadidagi bozor sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi. Avtotransport vositalari bozorining obyekti bo‘lib tayyor avtotransport vositalari hisoblanadi. Avtotransport vositalari bozorining sub’ektlari esa quyidagilar:
1. Talab vakillari: uy xo‘jaliklari (jismoniy shaxslar), shuningdek tijorat va davlat tashkilotlari (yuridik shaxslar).
2. Taklif vakillari: avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari (sanoat korxonalari) va avtotransport vositalari sotuvchilari (avtotransport vositalari dilerlari).
3. Davlat (Hukumat).
Avtotransport vositalari bozori turli belgilari bo‘yicha tasniflanadi:
1. Avtotransport vositasining holati bo‘yicha:
- Yangi avtotransport vositalari bozori (avtotransport vositalarining birlamchi bozori).
- Ishlatilgan avtotransport vositalari bozori (avtotransport vositalarining ikkilamchi bozori).
2. Hududiy belgilari bo‘yicha:
- AQSH bozori.
- Yaponiya bozori.
- Xitoy bozori.
- Rossiya bozori.
- O‘zbekiston bozori va x.k.
3. Avtotransport turi bo‘yicha:
- Yengil avtomobillari bozori.
- Avtobuslar bozori.
- Yuk va maxsus avtomobillari bozori.
Mustaqillikka erishgandan keyin milliy iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarning natijalaridan biri – yangi sanoat tarmog‘i – avtomobilsozlikning vujudga kelishi hisoblanadi.
O‘zbekistonda engil avtomobillarning ishlab chiqarilishi “UzDaewooAuto” O‘zbek-Janubiy Koreya kompaniyasining tashkil etilishi bilan boshlangan. 1993 yilning martida “UzDaewooAuto” O‘zbek-Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi tashkil etilgan bo‘lib, 1996 yilning 19-iyulida Asakadagi avtomobil zavodining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
2008 yil 21 fevralida Asakaning avtomobil zavodida yangi qo‘shma korxona “GM Uzbekistan” AJ tashkil etildi. Bu korxona “O‘zavtosanoat” AK “General Motors” korporatsiyasi bilan hammuassislikda tashkil etildi.
Bugungi kunda “GM Uzbekistan” AJ yiliga 370 ming dona (Asakadagi zavod – 300 ming dona, Xorazmdagi filial – 60 ming dona, Toshkentdagi filial – 10 ming dona) engil avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega17.
Tijorat avtotransportlari (yuk mashinalari va avtobuslar) ishlab chiqaruvchi “SamAvto” MCHJ zavodi Samarqand shahrida joylashgan. Uning ta’sischilari bo‘lgan “O‘zavtosanoat” va “Asaka” aksiyadorlik banki qatoriga Yaponiyaning “Itochu Corporation” va “Isuzu motors group” korporatsiyalari qo‘shildi. Korxona 500 dan 1500 donagacha avtomobili ishlab chiqara oladi.
2009 yilning 4 sentabridan “SamAvto” MCHJ ishlab chiqarish liniyalarida MAN yuk avtomobillarini yig‘ish boshlandi. Bu 2009 yilning avgust oyida “O‘zbeksanoat” AK va Germaniyaning “MAN Nutzfahrzeuge AG” konserni muassisligida tashkil etilgan «JV MAN Auto Uzbekistan» korxonasining ilk mahsuloti edi. Zavod 3 mingdan ortiq yuk avtomobili ishlab chiqarish quvvatiga ega. Texnologik jarayon loyihasida “egiluvchan ishlab chiqarish” tamoyili amal qiladi. Uning asosida raqamli boshqaruv dasturi yordamida texnologik uskunalardan maksimal darajada foydalanish yotadi. Mutaxassislar buyurtmachining xohishiga binoan, istalgan turdagi kuzovlarni ishlab chiqish uchun boy tajribaga ega. Korxona iqtisodiyotning neft-gaz, avtoyo‘l, tog‘-kon va boshqa tarmoqlari ehtiyojlari uchun talab yuqori bo‘lgan turli yuk ko‘taruvchanligiga ega (15 dan 50 tonnagacha ) tyagachlar, bortli avtomobillar, samosvallar, furgonlar va maxsus avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.
Bugungi kunda “SamAvto” MCHJ ISUZU shassisi bazasida turli modifikatsiyadagi o‘rta hajmdagi avtobuslar va kichik tonnali (4 dan 7 tonnagacha) yuk avtomobillari yig‘ishni amalga oshirmoqda18.
Mahalliylashtirish va importning o‘rnini bosish Dasturi doirasida tarmoqda avtomobil kuzovining qismlari, bamperlar, salonning ichki qoplamalari, o‘rindiqlar, instrumental panellar, jgut va o‘tkazgichlar, yoqilg‘i baklari, g‘ildiraklar, katalitik neytralizatorlar va akkumulyatorlar ishlab chiqarilishi mahalliylashtirildi.
Milliy avtomobilsozlik sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qator hukumat qarorlari qabul qilindi, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18-iyuldagi PQ-4397-son “O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31-yanvardagi 55-son “Yuk avtomobillari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini oshirish va avtomobil sanoatiga investitsiyalar jalb qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori avtosanoat korxonalari ishlab chiqarishini mahalliylashtirish hamda ishlab chiqarish quvvatini oshirishga qaratilgan.
Avtotransport vositalariga bo‘lgan ichki ehtiyoj asosan milliy avtosanoat tarmog‘i ishlab chiqargan mahsulotlar bilan qondiriladi. Bugungi kunda sohada “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi doirasida birlashtirilgan va bevosita 28 mingdan ortiq ishchi o‘rinlarga ega 85 dan ortiq tarmoq korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda, 200 dan ortiq chet el korxonalari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. “O‘zavtosanoat” AKning 100% aksiyalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan egalik qilinadi va faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan nazorat qilinadi.
“O‘zavtosanoat” AK quyidagi tarmoqlarga bo‘linadi:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish