Atv baholash


Qurilish mashinalarining tasniflanishi va baholash usullariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning o‘zaro aloqasi



Download 203,25 Kb.
bet32/47
Sana01.07.2022
Hajmi203,25 Kb.
#727342
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47
Bog'liq
Dissertatsiya Temur tayyori

Qurilish mashinalarining tasniflanishi va baholash usullariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning o‘zaro aloqasi

Tasniflanish darajalari

Tasniflanish belgilari

Tasniflanish guruhlari

1

Tipologiya va funksional tayinlanishi bo‘yicha tasniflanish

Qurilish mashinalari

Yer ishlari uchun mashinalar

Yuk ko‘tarish va tashish mashinalari

Burg’ulash ishlari uchun mashinalar

Qoziq ishlari uchun mashinalar

Beton va temir-beton ishlari uchun mashinalar

Pardozlash ishlari uchun mashinalar

Yo‘l avtomobillari

Qo‘lda ishlaydigan mashinalar (mexanizatsiyalashtirilgan asboblar)

2

Baholash maqsadlari

Bozor qiymati

Foydalanish (utilizatsiya) qiymati

Boj solish qiymati

Sug‘urta qiymati

Ta’mir (tiklash) qiymati

Nosozlikdan zararlar qiymati

Konstruktiv elementlar (ehtiyot qismlar) qiymati

Ta’mir bo‘yicha xizmatlar qiymati

3

Muhit

Tashqi

Ichki

siyosiy

iqtisodiy

ijtimoiy

ilmiy-texnik taraqqiyot

4

Tamoyillar

Mulk egasi tasavvuriga asoslangan tamoyillar

Bozor muhiti bilan bog‘liq tamoyillar

Mulkning ekspluatatsiyasi bilan bog‘liq tamoyillar

Eng maqbul va eng samarali foydalanish tamoyili

5

Eskirish

Jismoniy

Funksional

Tashqi (iqtisodiy)

6

Baholash usuli

Qiyosiy yondashuv

Xarajat yondashuvi

Daromad yondashuvi

sotishlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qiyoslash

baholarni statistik modellashtirish

ishlab chiqaruvchi-korxona bahosi bilan qiyoslash

konstruktiv o‘xshash obyekt kalkulyasiyasining korrektirovkasi

obyekt tannarxini yiriklashtirilgan normativlar bo‘yicha hisoblash

pul oqimlarini diskontlash

daromadni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapitallashtirish

teng samarali analoglar

7

Natija

Qiymat

Tiklash

Almashtirish

2.2. Qurilish mashinalarining eskirish miqdorini aniqlash uslubiyatini takomillashtirish
Baholash masalalariga nisbatan qo‘llanilganda eskirish obyektning ekspluatatsiya yoki uzoq vaqt saqlash, ilmiy-texnik taraqqiyot va umumiy iqtisodiy vaziyat jarayonida o‘z qiymatining yo‘qolishi tushuniladi. Ushbu barcha omillarni hisobga olgan holda aniqlangan eskirish jamg‘arilgan eskirish deb ataladi va quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

bu yerda Ejis – jismoniy eskirish, u mashinalar ish qobiliyati holatining ularning ekspluatatsiyasi yoki uzoq vaqt saqlash natijasida qisman yo‘qolishi bilan asoslanadi;
Efunk – funksional eskirish, u yangi texnologiyalar, fan va texnikaning paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan mashinalar qiymatining yo‘qolishidir;
Eiq – iqtisodiy (tashqi) eskirish, u tashqi omillar ta’siri bilan asoslanadigan qiymatning yo‘qolishidir. U umumiqtisodiy va tarmoqichi o‘zgarishlari, shu jumladan ma’lum turdagi mahsulotga nisbatan talabning qisqarishi, taklifning qisqarish yoki xom ashyo, ishchi kuchi sifatining yomonlashuvi, shuningdek qonunchilikka, mahalliy hokimiyat qarorlariga, ma’muriyat buyruqlariga taalluqli huquqiy o‘zgarishlar natijasida kelib chiqishi mumkin.
Avtotransport vositalari uchun jismoniy eskirish uning funksional va ekspluatatsion xarakteristikalari yomonlashuviga olib keluvchi texnik holatining ekspluatatsiya jarayonida o‘zgarishida ifodalanadi. Jismoniy eskirishning asosiy sabablari haddan tashqarish ko‘p foydalanish, plastik deformatsiya, charchoq buzilishlar, korroziya, konstruktiv materiallarning fizik-ximik xususiyatlarining o‘zgarishi hisoblanadi.
Ejis miqdori turli usullar yordamida aniqlanadi: texnik holatini nazorat qilish orqali jismoniy eskirishni hisoblash usuli; korrektirovka orqali normativ usul; yoshi va ekspluatatsiya boshidan bosib o‘tgan yo‘lni hisobga olgan hisob usuli; amortizatsiya ajratmalari usuli.
Texnik holatini nazorat qilish orqali jismoniy eskirishni hisoblash usuli normativ-texnik hujjatlar asosida hisobdan chiqarilgungacha bo‘lgan normativ bosib o‘tgan yo‘l (xizmat muddati) belgilangan avtotransport vositalarining texnik holati instrumental nazorat (diagnostika)ni o‘tkazish imkoniyati baholovchida bo‘lganda qo‘llash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Korrektirovka orqali normativ usul normativ-texnik hujjatlar asosida hisobdan chiqarilgungacha bo‘lgan normativ bosib o‘tgan yo‘l (xizmat muddati) belgilangan va normativ bosib o‘tgan yo‘l (xizmat muddati)ga ta’sir qiluvchi omillar haqida axborot mavjud bo‘lgan avtotransport vositalari uchun jismoniy eskirishni baholash uchun maqbuldir.
Agar avtotransport vositalari uchun normativ-texnik hujjatlar asosida hisobdan chiqarilgungacha (kapital ta’mirgacha) bo‘lgan normativ bosib o‘tgan yo‘l belgilangan bo‘lsa, unda jismoniy eskirish hisobi quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi:

bu yerda Lsam – ekspluatatsiya boshidan baholash sanasigacha bo‘lgan ATVning samarali bosib o‘tgan yo‘li, ming km;
Ln – hisobdan chiqarilguncha (kapital ta’mirgacha) bo‘lgan avtotransport vositalarining normativ bosib o‘tgan yo‘li, ming km.
Ekspluatatsiya boshidan baholash sanasigacha bo‘lgan avtotransport vositalarining haqiqiy bosib o‘tgan yo‘li Lf spidometr bo‘yicha aniqlanadi. Agar jihoz nosoz bo‘lsa yoki uning holati normativ hujjatlarning talablariga mos kelmasa, ekspluatatsiya boshidan haqiqiy bosib o‘tgan yo‘l hisoblash yo‘li bilan topiladi.
Agar avtotransport vositalari uchun normativ-texnik hujjatlar asosida hisobdan chiqarilgungacha (kapital ta’mirgacha) bo‘lgan normativ xizmat muddati belgilangan bo‘lsa, unda jismoniy eskirish hisobi quyidagi formula bo‘yicha bajariladi:

bu yerda Tsam – baholash sanasidagi avtotransport vositalarining samarali yoshi, yillar (motosoatlar);
Tn – avtotransport vositalarining hisobdan chiqarilgungacha (kapital ta’mirgacha) bo‘lgan normativ xizmat muddati, yillar (motosoatlar).
Amortizatsiya ajratmalari usuli yuridik shaxslarga qarashli bo‘lgan avtotransport vositalarining jismoniy eskirishini baholash uchun alohida vaziyatlarda qo‘llanganda mazmunga ega bo‘ladi.
Yoshi va ekspluatatsiya boshidan bosib o‘tgan yo‘lni hisobga olgan hisob usuli normativ-texnik hujjatlar asosida hisobdan chiqarilgungacha bo‘lgan normativ bosib o‘tgan yo‘l (xizmat muddati) belgilanmagan avtotransport vositalari uchun jismoniy eskirishni baholash uchun foydalanilganda maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Avtotransport vositalarining yoshi va ekspluatatsiya boshidan bosib o‘tgan yo‘lni hisobga olgan jismoniy eskirishning hisobi quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi11:

bu erda Ω – avtotransport vositalarining ekspluatatsiya boshidan yoshi va haqiqiy bosib o‘tgan yo‘liga bog‘liq bo‘lgan funksiya.
Turli transport vositalari uchun Ω funksiyasining ko‘rinishi 5-jadval asosida aniqlanadi:
2.2-jadval

Download 203,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish