Atv baholash


Baholash obyekti sifatida qurilish mashinalarini tavsiflash



Download 203,25 Kb.
bet36/47
Sana01.07.2022
Hajmi203,25 Kb.
#727342
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47
Bog'liq
Dissertatsiya Temur tayyori

III-BOB. QURILISH MASHINALARINING QIYMATINI TURLI YONDASHUVLARDA BAHOLASH


3.1. Baholash obyekti sifatida qurilish mashinalarini tavsiflash


Obyektning qiymati baholash maqsadi va vazifasiga bog‘liq holda aniqlanib, buning uchun baholashning tegishli tamoyillari va usullari tanlanadi.
Qurilish mashinasi qiymatini aniqlashda baholash maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi uchta yondoshuv qo‘llaniladi: xarajatli yondoshuv, qiyosiy yondoshuv, daromadli yondoshuv.
Uchta yondoshuvdan kelib chiqadigan baholash usullari dissertatsiya 1-bobining 1.2-paragrafda batafsil keltirilgan. Har bir usul ma’lum boshlang‘ich ma’lumotlarga tayanadi va bozorning turli tomonlarini aks ettiradi. Shu boisdan ham har bir usul bilan olingan qiymatlar turlicha bo‘lishi mumkin. Faqatgina talab va takliflar bir xil bo‘lgan mukammal bozorda, xaridorlar va sotuvchilar yaxshi xabardor bo‘lganlarida va bozorda lozim obyektlar soni yetarli bo‘lganida ularning qiymati bir-biriga yaqin bo‘lishi mumkin. Usullardan faqat bittasi foydalanilganida uni qo‘llash uchun ishonchli asoslar bo‘lishi lozim.
Qurilish mashinalarini baholashda yagona usuldan foydalanish uchun usullar tasnifi va ularning xususiyatlarini yaxshi bilish lozim, chunki baholash usullarining imkoniyatlarini bilmasdan turib ulardan baholash maqsadidan kelib chiqqan holda samarali foydalanish mumkin emas.
3.1-jadval
Baholash obyektning bozor qiymatini aniqlash usullarini tasnifi13

Joriy faoliyat ma’lumotlariga asoslangan usullar

Bashorat ma’lumotlariga asoslangan usullar

Faoliyatning o‘tgan, joriy va bashorat ma’lumotlarining birligiga asoslangan usullar

  • balansli qiymat;

  • tuzatilgan balans qiymati;

  • o‘rindoshlik;

  • tugatish qiymati.

  • sotuvni qoplash davriyligi;

  • joriy sof qiymati;

  • daromadning ichki qo‘yilmasi.

  • daromadni kapitallshtirish;

  • qiyosiy taqqoslash;

  • tarmoqlararo munosabatlar.

Obyektning bozor qiymatini aniqlash usullarining tasnifi 3.1- jadvalda keltirilgan.
Qurilish mashinalarini baholash uslubiyatining mohiyati quyidagilardan iborat:
1. Baholanayotgan qurilish mashinasi to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plash va tahlil etish:

  • qurilish mashinasining tavsifi;

  • qurilish mashinasiga bo‘lgan mulk huquqlar;

  • qurilish mashinasining texnik holati;

  • qurilish mashinasi tarkibidagi qo‘shimcha uskuna va jixozlar;

  • qurilish mashinalari bozorining holati.

  1. Baholanayotgan qurilish mashinasidan samarali foydalanish variantlarini tahlil qilish.

  2. Shunday qurilish mashinalari bilan kelishuvlar haqida ma’lumotlarni to‘plash va tahlil etish.

  3. Qurilish mashinalari bozoridagi analoglar bahosi bo‘yicha qiyosiy tahlil qilish.

  4. Qurilish mashinasining jismoniy, vazifaviy, ma’naviy eskirishlari darajasini baholash.

  5. Qurilish mashinasining iqtisodiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘ish. Bunga obyektning ekspluatatsiyasiga aloqador daromadlar, xarajatlar, shunga o‘xshash obyektlar uchun ijara to‘lovi miqdori kiradi.

  6. Qurilish mashinasidan foydalanishdagi ehtimoli bo‘lgan kelgusi daromadlar va xarajatlar haqida baholovchining bashorat qilingan ma’lumotlarini olish.

  7. Baholanayotgan qurilish mashinasiga nisbatan kapitallashtirish (diskontlash) me’yorlarini hisoblash.

  8. Turli (xarajatli, qiyosiy, daromadli) usullar bilan bajarilgan baholash natijalarini asoslangan holda muvofiqlashtirish va baholash obyektining yakuniy bahosini aniqlash.

Tadqiqot ishini amalga oshirish jarayonida baholash obyekti sifatida Navoiy viloyatining Xatirchi tumani A.Yassaviy 74-uy manzilida joylashgan “Xatirchi TYUFK” UK ga qarashli 2019-yilda ishlab chiqarilgan 85 DA 962 davlat raqamli LW300FN rusumli yuklagich tanlab olindi. Bunda baholash maqsadi obyektning bozor bahosini aniqlash deb belgilandi. Baholash ishlari kredit olish maqsadida garovga qo‘yish uchun amalga oshirildi.
Obyektlarning bozor qiymatini baholash quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

  • umumiy ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish: bu bosqichda bozor bahosiga ta’sir qiluvchi tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa omillar tahlil qilindi.

  • maxsus ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish: bu bosqichda baholanayotgan obyektga taalluqli chuqur o‘rganilgan ma’lumotlar yig‘ildi.

  • baholanayotgan obyektni ko‘rikdan o‘tkazish, obyektning va undagi komponentlarning jismoniy holatini aniqlash.

  • bozordagi analog obyektlar haqida ma’lumotlar yig‘ish, obyekt qiymatiga ta’sir qiluvchi barcha omillarni aniqlash.

  • obyektni baholashda turli yondashuvlarning qo‘llanilishi: obyektning bozor qiymatini baholash uchun uch xil yondashuv ko‘rib chiqildi (xarajatli, qiyosiy va daromadli yondashuvlar):

  • xarajatli yondashuv bilan baholash – qayta tiklash qiymati asosida;

  • qiyosiy yondashuv bilan baholash – bozorni tahlil qilish natijasida aniqlangan analog obyektlarni sotilishi haqidagi ma’lumotlar asosida;

  • daromadli yondashuv bilan baholash – analog obyektlarning ijarasi va ularning reversiya qiymati asosida.

  • olingan natijalar muvofiqlashuvi, har bir baholash yondashuviga koeffitsientlarni taqsimlash va yakuniy bahoni aniqlash;

  • baholash haqidagi hisobotni tayyorlash: bu bosqichda o‘tgan bosqichlarda olingan barcha natijalar birlashtirildi va yozma hisobot shakliga keltirildi.

Baholashga oid vazifasini tuzishda baholash obyekti barcha texnik parametrlar va konstruktiv elementlar, shuningdek barcha huquq va majburiyatlarni hisobga olgan holda tavsiflanadi.
Baholashga oid vazifalar buyurtmachi tomonidan baholovchi tashkilot bilan hamkorlikda tuziladi va baholash obyektini baholash to‘g‘risidagi shartnomaga ilova sifatida rasmiylashtiriladi. Baholashga oid vazifada 2.1-jadvalda keltirilganidek, quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:

  • baholash obyektining tavsifi;

  • baholash sanasi;

  • baholash maqsadi (maqsadlari) va baholash natijalaridan foydalanish mo‘ljali;

  • baholash maqsadiga muvofiq bo‘lgan qiymat turi;

  • farazlar va cheklovchi shartlar;

  • buyurtmachi yoki uning vakili taqdim etishi lozim bo‘lgan boshlang‘ich axborot ro‘yxati;

  • baholash ishlarini bajarish muddatlari.

Shu bilan birga, baholash vaqtida valyuta kurslarining so‘mga nisbati belgilanishi lozim.
3.2-jadval

Download 203,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish