S = Sv * (100%- Isov) ,
bu yerda:
Sv – baholash obyektining tiklanish qiymati yoki almashtirish qiymati;
Isov – baholash obyektining jamlangan eskirishi, foizda.
Daromad yondashuvi mashina va uskunalarning joriy qiymatini ulardan foydalanishdan (ekspluatatsiya qilishdan) olinadigan kelgusidagi daromadlarning yig‘indisi sifatida aniqlashga asoslanadi. Daromad yondashuvi mashina va uskunalarning joriy qiymatini ulardan foydalanishdan (ekspluatatsiya qilishdan) olinadigan kelgusidagi daromadlarning yig‘indisi sifatida aniqlashga asoslanadi.
Daromad yondashuvi quyidagi usullarni qo‘llash yo‘li bilan amalga oshiriladi:
Daromad yondashuvi usullari baholash obyektidan foydalanishdan sof operatsion daromad miqdorini kapitallashtirishga asoslangan.
Sof operatsion daromad operatsion xarajatlar summasini yalpi daromad miqdoridan ayirish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda, shuningdek, sof operatsion daromadning miqdori savdo markasi (brend) uchun pul ustamasidan tozalangan bo‘lishi zarur.
Sof operatsion daromadning o‘rtacha yillik miqdoriga joriy moliya yili davomida baholash obyektining yuklanganligini hisobga olgan holda tuzatish kiritiladi.
Daromadni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapitallashtirish usuli quyidagi formulaga muvofiq amalga oshiriladi:
bu yerda:
S – baholash obyektining qiymati;
CHOD – sof operatsion daromad;
Rk – kapitallashtirish stavkasi (koeffitsient ifodasida).
Qoldiq usulini texnologik majmuani yalpi biznes doirasidagi mulkiy majmua (yoki ishlab chiqarish sexi) sifatida ajratish imkoniyati mavjud bo‘lganhollarda qo‘llash mumkin.
Qoldiq usuli texnologik majmua ulushiga to‘g‘ri keladigan sof operatsion daromadning bir qismini kapitallashtirish asosida amalga oshiriladi.
Texnologik majmuaning ishlab chiqarish faoliyatidan sof operatsion daromadni hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1) korxonaning butun mulkiy majmuasidan uskunasi baholanishi lozim bo‘lgan majmua (yalpi, shartli ravishda mustaqil) ajratiladi;
2) ushbu majmuaga to‘g‘ri keladigan korxona sof daromadining ulushi hisob-kitob qilinadi (korxonaning moliyaviy hisoboti va/yoki ishlab chiqarish hisoboti asosida);
3) sof daromad ulushidan texnologik majmua joylashgan yer uchastkasiga tegishli qism aniqlanadi. Hisob-kitob quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi: