Atv baholash



Download 203,25 Kb.
bet21/47
Sana01.07.2022
Hajmi203,25 Kb.
#727342
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47
Bog'liq
Dissertatsiya Temur tayyori

Rs – tarmoq tavakkalchiligi, foizda;
Rl – past likvidlilikka mukofot, foizda;
Rin – baholash obyektiga investitsiyalash tavakkalchiligi, foizda;
nk – kapitalga qaytish normasi, foizda.
Kapitalning qaytish normasini hisoblash uchun quyidagi usullarning biridan foydalaniladi:
investitsiyalangan kapital teng ulushlarda qoplanishini nazarda tutadigan Ring usuli (to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaytish):
nk= 1 / p ,
bu yerda:
p – investitsiyalar qaytishi taxmin qilinayotgan vaqt davri;
kapitalning qaytish summalarini kapital uchun daromad keltiruvchi stavkada qayta investitsiyalashda foydalaniladigan Invud usuli:
nk = sff (n, Ron) ,
bu yerda:
sff – stavka kapital uchun daromad keltiruvchi stavkaga teng bo‘lganda qoplash fondi omili;
Ron – kapital uchun daromad keltiruvchi stavka;
kapitalning qaytish summalari tavakkalsiz stavka bo‘yicha qayta investitsiyalanganda foydalaniladigan Xoskold usuli:
nk = sff (n, Ro)
Baholash obyekti qiymati daromad yondashuvi bilan hisob-kitob qilinishi asos qilib olinadigan daromad shakllangan davrga muvofiq keluvchi davr uchun baholash obyektining amortizatsiyasini hisobga olgan holda kapitallashtirish stavkasiga tuzatish kiritish zarur.
Baholash obyekti tavsiflari va undan foydalanish sohasining o‘ziga xosligidan kelib chiqib, tavakkalchilik uchun daromad keltirish normalari muayyan obyektga xos bo‘lgan tavakkalchiliklarning boshqa turlari bilan to‘ldirilishi mumkin.
Qiymatni qiyosiy yondashuv bilan hisoblash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

  1. bozorni tadqiq etish, analog-obyektlar bo‘yicha axborotni tahlil qilish va yig‘ish;

  2. qiyoslash analoglarini tanlash;

  3. qiyoslash birliklarini aniqlash;

  4. qiyoslash elementlarini tanlash;

  5. qiymatni hisoblash usullarini tanlash;

  6. qiyoslash elementlari bo‘yicha tuzatishlarni hisoblash;

  7. analog-obyektlar narxiga (qiymatiga) tuzatishlar kiritish;

  8. baholash obyekti qiymatini aniqlash.

Mashina va uskunalar bozori analog-obyektlarga doir bitimlar (takliflar) to‘g‘risida axborot olish maqsadida tadqiq va tahlil qilinadi.
Qiyosiy yondashuv usullarini qo‘llashda kamida 2 ta analog-obyekt to‘g‘risida axborot yig‘ish lozim.
Qiyoslash birliklari baholash obyekti va analog-obyektlar to‘g‘risida axborot mavjudligiga qarab aniqlanadi.
Quyidagilar mashina va uskunalar qiymatini baholashda asosiy qiyoslash birliklari hisoblanadi:

  • texnik tavsiflar - unumdorligi yoki quvvati, yuk ko‘tarishi, yuk tortishi, ish makoni hajmlari, aniqlik toifasi, avtomatlashtirish darajasi va h.k.;

  • foydalanish tavsiflari - avtomatik, yarim avtomatik yoki noavtomatik foydalanilishi, to‘xtovsiz ishlashi, chidamliligi, ta’mirga yaroqliligi, but saqlanganligi va h.k.;

  • konstruktiv tavsiflar - massasi, og‘irligi, asosiy konstruktiv materiallarining tarkibi va h.k.;

  • iqtisodiy tavsiflar - mashinalar vaqt birligida, mahsulot yoki ishlar birligida faoliyat ko‘rsatganda turli zaxiralar sarflanishi.

Baholovchi o‘zida mavjud axborot va baholash obyektining xususiyatlariga (noyobligiga) qarab, baholash obyektining boshqa tavsiflaridan ham qiyoslash birliklari sifatida foydalanishi mumkin.
Baholash obyekti va analog-obyektlarni qiyoslash birligi bo‘yicha solishtirish asosida qiyoslash elementlari tanlanadi:

  • mulkiy huquqlar - baholash obyekti va (yoki) analog-obyektlar sotilganda o‘tadigan mulkiy huquqlar tahlil qilinadi;

  • moliyalashtirish shartlari - baholash obyekti va (yoki) analog-obyektning bozor qiymatiga ta’sir ko‘rsatadigan to‘lov shartlari (bo‘lib to‘lash, kredit, lizing v.b.) tahlil qilinadi;

  • bozor holati (sotish vaqti) - analog-obyektlarga narxlarning o‘zgarishi tahlil qilinadi va hisobi yuritiladi;

  • sotish shartlari - sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi bozorga xos bo‘lmagan munosabatlar aniqlanadi;

  • fizik tavsiflar - baholash obyekti va analog-obyektlarning texnik-foydalanish tavsiflari tahlil qilinadi va hisobi yuritiladi. Hajmlardagi, konstruktivqismlardagi (elementlardagi), texnik holati (eskirish foizi), joriy foydalanish xususiyati, qo‘shimcha butlanishi va boshqa farqlari tahlil qilinadi;

  • foydalanish shartlari - baholash obyekti va analog-obyektlardan foydalanishdagi farqlar (joriy foydalanish, funksional foydalanish), shuningdek mazkur farqlarning analog-obyektlar narxiga ta’siri aniqlanadi;

  • baholash obyektining narxiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa qiyoslash elementlari.

Qiyoslash elementlarini tanlash ushbu Metodikaning 5-bobi talablarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Fizik tavsiflarni qiyoslash elementlari sifatida ikki guruhga ajratish mumkin:
1) baholash obyektining konstruksiyasiga (standart butlanishiga) tegishli bo‘lgan (ishlab chiqaruvchi tomonidan o‘rnatilgan turkum butlash qismlarining mavjud emasligi, qo‘shimcha butlashning mavjudligi, turkum ishlab chiqariladigan konstruksiyaning jiddiy o‘zgartirilganligi bilan bog‘liq tuzatishlar);
2) baholash obyektining haqiqatdagi texnik holatiga tegishli bo‘lgan (baholash obyektidan foydalanishning uzluksizligi rejimi, baholash obyekti asosiy tizimlari va qismlarining jiddiy bo‘lmagan foydalanish nuqsonlari, foydalanishdagi, avariyaviy jiddiy shikastlanish va nuqsonlar, baholash obyekti tovar ko‘rinishining (qiymatining) yo‘qotilishi bilan bog‘liq tuzatishlar).
Qiyosiy yondashuv quyidagi usullarning biridan foydalangan holda amalga oshiriladi:

  • sotishlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qiyoslash usuli;

  • statistik tahlil usullari.


Download 203,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish