Iobyekt – baholash obyekti jismoniy eskirishining koeffitsient ko‘rsatkichi;
Ianalog – analog-obyekt jismoniy eskirishining koeffitsient ko‘rsatkichi.
Vaqt omili bo‘yicha tuzatishlar (vaqt omili bo‘yicha analoglar narxlarining o‘zgarishini hisobga oluvchi tuzatish (ishlab chiqarilgan paytidan boshlab baholash paytigacha) analog ishlab chiqarilgan yil bilan uni baholash yili o‘rtasidagi vaqt davrida xuddi shunday obyektlar narxlari o‘zgarishining o‘rtacha koeffitsient ko‘rsatkichi sifatida aniqlanadi. Analog bir yilning o‘zida ishlab chiqarilgan va baholanganda tuzatish kiritilmaydi.
Vaqtga ko‘ra mashina va uskunalar narxlari o‘zgarishi dinamikasining tahlili asosida vaqt omili bo‘yicha tuzatish koeffitsientini aniqlashning imkoni bo‘lmaganda tegishli guruh bo‘yicha mahsulot narxlari qimmatlashishining statistik indekslaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Baholashda xorijiy bozorning mashina va uskunalari to‘g‘risidagi axborotdan foydalanilgan hollarda ham analog-obyektlarning narxlariga turgan joyigaqarab tuzatish kiritiladi.
Joylashgan joyiga qarab tuzatishni hisoblash ketma-ketligi quyidagicha:
analogning shartnomaviy narxi aniqlanadi, u analogning sotish (taklif) narxi qo‘shuv etkazib berishga (transport xarajatlari) teng;
import qilishda soliqlar va yig‘imlar qonun hujjatlariga muvofiq hisoblanadi.
Transport xarajatlari haqiqatdagi tashish xarajatlariga qarab qabul qilinadi. Tashish xarajatlarining haqiqatdagi miqdorini aniqlash yoki hisob-kitobqilishning imkoni bo‘lmaganda transport xarajatlari analog-obyektni sotish/taklif qiymatining 5 foizi miqdorida qabul qilinadi.
Narxlar (sotish va/yoki takliflar) to‘g‘risidagi axborotdan foydalanganda tuzatishlar quyidagi ketma-ketlikda kiritiladi:
sotishning noodatiy shartlarini bartaraf etadigan tuzatishlar (etkazib berishning tezlashtirilgan muddatlari, kafolat muddati, chegirmalar, butlash, qo‘shimcha xizmatlar va boshqalar);
Ikkinchi va uchinchi guruhlardagi tuzatishlar doim amalga oshiriladi, birinchisi esa - ularning belgilanganligi va ahamiyatliligini hisobga olib tanlov asosida amalga oshiriladi.
Analoglarning sotish narxlari (va/yoki takliflari) to‘g‘risidagi axborotdan foydalanganda baholash obyektlarning narxlari (sotish va/yoki takliflar) va asosiy parametri o‘rtasidagi nisbatni aniqlashga, xususan darajali bog‘liqlikka asoslaniladi.
Mazkur norma quyidagicha formulada aks ettiriladi: