Atv baholash



Download 203,25 Kb.
bet25/47
Sana01.07.2022
Hajmi203,25 Kb.
#727342
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47
Bog'liq
Dissertatsiya Temur tayyori

| rvib | < 1
Asos sifatida analoglarning narxlari olinadi, ularning koeffitsientlari ko‘proq darajada 1 raqamiga intiladi.
Regression tahlil – mustaqil bo‘lmagan o‘zgaruvchan miqdorlar bilan mustaqil o‘zgaruvchan miqdorning bir yoki bir nechtasi o‘rtasidagi aloqani o‘rganadi.
(α, β) ikki o‘lchamli tasodifiy miqdorning (x1, y1),..., (xn, yn) qiymatlari kuzatiladi. β tasodifiy miqdorining α tasodifiy miqdoriga tobeligi tekshiriladi.
Umuman olganda regression model quyidagi ko‘rinishga ega:
y = f (x, βk0, βk1, …, βkn,)
bu yerda:
βk0, βk1, …, βkn – parametrlari regressiya koeffitsientlari deb nomlanadi.
Regression tahlilning vazifalaridan biri – regressiya koeffitsientlarini baholash. Regressiya koeffitsientlarini baholash uchun, qoida tariqasida, eng kichik kvadratlar usuli qo‘llaniladi: bunda kuzatilayotgan qiymatlarning chetga og‘ish kvadratlari summasini kamaytiradigan parametrlarning qiymatlari baholash sifatidaqabul qilinadi, ya’ni eng kichik kvadratlar usuli kvadratlar summasini kamaytirishga asoslangan:

Agar o‘zgaruvchan miqdorlar o‘rtasidagi aloqa chiziqli deb faraz qilinsa, u holda tegishli regression model quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
y = βk0 + βk1 x ,
bu yerda:
βk0 va βk1 – chiziqli regressiya koeffitsientlari.
Birinchi bob bo‘yicha xulosa

Zamonaviy bozor iqtisodiyotida, shu jumladan mulkiy aktivlar bilan to‘xtovsiz ko‘p hajmdagi bitimlar amalga oshirilmoqda, bunda aktivlarning haqqoniy qiymatini aks ettirishga bo‘lgan zarurat yuzaga keladi. Shuningdek qiymat nafaqat sotuvchining, balki xaridorning ham manfaatlarini aks ettirishi lozim, bunda sotib olingan aktiv bo‘yicha bitim maksimal qaytim, foyda olish nuqtai nazardan qaraladi va ushbu mablag‘larni qo‘yish boshqa investitsion loyihalarga nisbatan yanada samarali bo‘lishi lozim. Xarajat ma’lum bir mulkning foydasi bilan chambarchas bog‘liq. Mulk egasining (jismoniy va yuridik shaxslar, davlatning) mavjud ehtiyojlarini qondirish qobiliyatidan va kelajakda ushbu obyektga ega bo‘lish imkoniyatlaridan keladigan qiymatga bog‘liqdir. Bundan kelib chiqadiki, barcha ishtirokchilarning manfaatlarini faqatgina aktivlarning asoslangan bozor qiymati miqdorini aniqlash orqali amalga oshirish mumkin. Shunday aktivlardan biri qurilish mashinalari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi qonun, Yagona milliy baholash standarti va boshqa normativ hujjatlarga muvofiq mulkning bozor qiymatini boshqarish boshqaruv amaliyotiga kiritilgan. Qurilish mashinalarining bozor qiymatini aniqlash, jismoniy va yuridik shaxslar uchun sotib olingan va sotilgan, meros qilib olingan, sovg‘a qilingan, ustav kapitaliga hissa qo‘shgan, ishonchli boshqaruvga berilgan, ijara va boshqalar qurilish mashinalarini baholash bo‘yicha xizmatlarga bo‘lgan talabning oshishiga olib keldi.
1999 yil 19 avgustda qabul qilingan “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi qonun mamlakatimizda baholash faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi, 2020 yil 1 mayda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 01/11-15/2-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Yagona milliy baholash standarti” O‘zbekiston Respublikasidagi baholash faoliyatini normativ jihatdan tartibga solinishini belgilaydi. Ushbu standartning XI-bo‘limi “Mashina va uskunlarni baholash (11-son MBS)” deb nomlanadi va qurilish mashinalarini baholash ushbu standart metodikasi (5-ilova) asosida amalga oshiriladi.
11-son MBS mashina va uskunalarni baholashga mo‘ljallangan va qurilish mashinalarini baholashga ushbu standartni qo‘llashda baholovchilarda qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda, chunki mashina va uskunalar hamda qurilish mashinalari bir-biridan funksional vazifasi, konstruktiv tuzilishi, energiya iste’moli va boshqa xususiyatlari bilan keskin farq qiladi. Bu esa qurilish mashinalarini baholash bo‘yicha uslubiyatni yanada takomillashtirish masalasini dolzarb qilib qo‘ymoqda.
Qurilish mashinalarini baholashda uchta yondashuv qo‘llaniladi: xarajatli, daromadli va qiyosiy yondashuvlar. Qurilish mashinalarini baholashda ushbu yondashuvlarning ma’lum usullaridan foydalaniladi, ushbu usullar qurilish mashinalarining o‘ziga xos tavsiflaridan kelib chiqib tanlanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, qurilish mashinalarining o‘ziga xos xususiyatlari hamda qurilish mashinalari bozorining rivojlanish tendensiyasini inobatga olgan xolda qurilish mashinalarini baholashni takomillashtirish masalasi yuzaga keladi. Bunda quyidagilarni amalga oshirish zarur deb hisoblayman:
- qurilish mashinalari qiymatining shakllanishiga ta’sir qiladigan omillarni chuqur o‘rganish va ularning klassifikatsiyasini ishlab chiqish;
- qurilish mashinalarining eskirishini tadqiq qilish hamda qurilish mashinalariga ma’qul keladigan jismoniy, funksional va iqtisodiy eskirishlarni aniqlash uslubiyatini ishlab chiqish.


Download 203,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish