Adsorbentning regeneratsiyasi. Adsorbsion tozalash jarayo- nining muhim bosqiohi faollangan ko'mirni regeneratsiyalash hisoblanadi. Ko‘mir tarkibidagi adsorbsiyalangan moddalar qizdi- rilgan suv bug‘i yoki isitilgan inert gazlar yordamida adsorbsiyalab ajratib olinadi. Bunda qizdirilgan bug‘ning harorati (P=0,3—0,6 MPa da) 200 — 300"C ga, inert gazlarniki esa 120 — 140‘C ga teng. Yengil uchuvchan moddalarni haydashdagi bug‘ning sarfi 1 kg haydalayotgan modda uchun 2,5 — 3 kg ni tashkil etadi, yuqori haroratda qaynaydigan moddalar uchun 5 — 10 marta ko‘p bo‘1adi. Desorbsiyadan so‘ng bug‘ kondensatlanadi va kondensat tarkibidan modda ajratib olinadi. Ko‘mirni regeneratsiyalashda ekstraksiya usulidan ham foydalaniladi. Bunda past haroratda qaynovchan va yengil haydaladigan suv bug‘ili organik erituvchilar ishlatiladi. Organik erituvchilar yordamida regeneratsiyalashda (metanol, benzol, toluol, dixloretan va boshq.) jarayonni qizdirib
yoki qizdirmasdan olib boriladi. Desorbsiya tugagandan so‘ng ko‘mir tarkibidagi erituvcMarning qoldiqlari o‘tkir bug‘ yoki inert gaz yordamida ajratib olinadi. Kuchsiz organik elektrolitlarni desorbsi- yalash uchun ularni dissotsilangan ko‘rinishga o‘tkazi1adi. Bunda iorılar ko‘mir g‘ovaklarida tiqilgan holda eritmaga o‘tadi, bu yerda ularni issiq suv, kislota (organik asoslarni yo‘qotish uchun) yoki ishqor aralashmalari (eritmalari) bilan (kislotalarni yo‘qotish uchun) yuviladi.
Ba’zan regeneratsiyadan oldin adsorbsiyalangan modda kimyoviy ta’sir natijasida adsorbent tarkibidan oson ajraluvchi moddaga aylantiriladi. Termik regeneratsiya 700-800"C da kislorodsiz muhitda o‘tkaziladi. Regeneratsiya yonuvchan gaz mah- sulotlari aralashmasi, suyuq yoqilg‘i va suv bug‘i aralashmasining mahsulotlari bilan olib boriladi. U adsorbentning bir qismini yo‘qotadi (15-20a).
Ko‘mîrni regeneratsiyalashda adsorbsiyalangan moddalarning biokimyoviy oksidlarhshi bilan boradigan biologik usullar ishlab chiqilmoqda. Bu usul adsorbentning ishlatilish muddatini uzaytiradi. Adsorbsion tozalashga misollar. Tarkibida 100-400 mg/1 nitrobirikmalar bo‘1gan oqova suvni KAD ko‘rniri bilan adsorbsion tozalashda ularning qoldiq miqdori 20 mg/1 bo‘lguncha olib boriladi. Ko‘ınir erituvcMar bilan (benzol, metanol, etanol, metilen xlorid) regeneratsiyalanadi. Erituvchi va nitrobirikmalar haydash orqali ajratiladi. Ko‘mirda qolgan erituvchi o‘tkir hidli bug‘ yordamida ajratiladi. Fenollarni ajratib olish uchun turli markadagi ko‘mir1ar
ishlatiladi.
Kuchli karbonlangan, kam zolli, selektiv ko‘p g‘ovakli ko‘mir- lar yuqori g‘ovak1i tuzilishga ega. Bunday ko‘mir1ar bilan fenolni ajratib olish darajasi 50—99a gacha yetadi. Sorbsion sig‘im pH muhiti kamayishi bilan oshadi, pH = 9 da 10—15a nı tashkil qiladi.
Fenol konsentratsiyasi 0,5 g/1 bo‘1ganda adsorbsion kattalik quyidagi tenglamaga to‘g‘ri keladi:
a = 15,85 c 0,' 2,
bu yerda, a — faollangan ko‘mirdagi adsorbsiyalangan fenol miqdori, % (ko‘mir og‘ir1igi bo‘yicha); c — fenolning suvli ara- lashmadagi muvozanat konsentratsiyasi, g/1.
Ko‘mirning regeneratsiyasi termik usul bilan o‘choqlarda yoki 870 — 930"C da qaynaydigan qatlamli o‘choq1arda olib boriladi. Bunda 10-15% adsorbent yo‘qoti1adi. Ko‘mirni erituvchilar bilan regeneratsiyalanganda regeneratsiya darajasi etil efırida — 85a, benzolda — 70a, ishqorda — 37% ga yetadi. Ko‘mirdan fenollarni ammiakli suv bilan ham ajratib olish mumkin. Ba’zan oqova suv- larni fenoldan tozalashda koks, torf, silikagel, kvarsli qum, keram- zit va boshqa sorbentlar ishlatiladi. Ammo ularning adsorbsion sig‘imi kam, silikagel uchun 30a, yarim koks uchun atigi 6 ni tashkil qiladi. Amalda oqova suvlarni to‘1a defenollash uchun sorbent sifatida temir sulfat, modifıkatsiyalangan poliakrilamid na karboksi- metilselluloza qo‘l1ani1adi.
Oqova suvlarni kam miqdordagi SFM dan (100-200 mg/1) tozalash uchun OH—10 bo‘yicha adsorbsion sig‘imi - 15a bo‘1- gan AL-5 va BAY turidagi faollangan ko‘mir ishlatiladi. Bundan tashqari, faollangan antratsit (sig‘imi 2%), tabiiy sorbentlar (torf, loy) va adsorbsion hajmi pH muhitga bog‘1iq bo‘1gan shlakdan foydalaniladi. Masalan, SFM anioni shlak bilan neytral muhitda yaxshi sorbsiyalanadi. Agar SFM aralashmada mitsella ko‘rinishida bo‘lsa, jarayonning samaradorligi ortadi. Tozalash jarayoni qo‘zg‘almas ko‘mir qatlamli fdtrlash kollonalarida olib boriladi. Bunda suv 2-6 m/s tezlik bilan pastdan yuqoriga beriladi. Oldindan suv tarkibidan muallaq zarrachalar ajratib olinadigan bo‘1ishi kerak. Ko‘mirni regeneratsiyalashda issiq suv, kislota-suvli eritmalar (kation-almashuvchi SFM lardan tozalash uchun), ishqorlar (anioni faol SFM lardan tozalash uchun), organik suyuqliklar
(SFM larni eritish uchun) ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |