KIRISH
Ekologik, biologik xavfsizlik muammosi milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylanganiga yarim asrdan oshdi. Tabiat va inson o‘zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda bo‘1arkan, bu qonuniyatlarni buzish o‘ng1ab bo‘lmas falokatlarni insoniyat boshîga solishi hozirgi kunda aslo sir bo‘1may qoldi. Dunyoning qaysi burchagiga nazar tashlamang, turli xi1 ekologik muammolarga duch kelish tabiiy holga aylanib bormoqda. Markaziy Osiyo mintaqasini ham ekologik muam molardan xol i zo na deb bo lmaydi. Prezidentimiz
l.A.Karimov global ekologik tahdid va muammolar haqida to’xtalib, ‹• Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosidagi keskin ijt imoiy muammolaridan biridir, uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘1ib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni na kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog‘1iqdir»' deb ta’kid1agan edi.
Haqiqatan ham insonning tabiiy jarayonlardan noto‘g‘ri foy- dalanishi natijasida XX asrning o‘rta1ariga kelib ekologik muam- molar juda avj olib ketdi. Tabiatdagi muvozanatning buzilishi oqiöatida turli miqyosdagi ekologik muammolar shakllanmoqda. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Global ekologik muammolar.
Mintaqaviy ekologik muammolar.
Mahalliy ekologik muammolar.
Global ekologik muammolar dunyo bo‘yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen va sof antropogen ta’sir1ar natijasida
' I.A. Karimov. O’zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqa- rorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: «O‘zbekiston», 1997.
yuzaga kelib, umumbashariyatga tegishlidir. Ana shunday ekologik muammolarga quyidagi muammolarni kiritish mumkin.
Biosfera biotasining kambag’allashuvi. Biota o‘z faoliyati uchun zarur bo‘1gan energiyaning barchasini Quyoshdan oladi. Jami organik mahsulotning esa 89 dini mikroorganizmlar, 1fi dan kamrog‘ini hasharotlar va mayda hayvonlar, 1 dan kamrog‘ini yirik hayvonlar va insonlar o‘zlashtiradi. Keyingi 100 yil ichida odamlar tomonidan yo‘q qilingan organik mahsulotlar miqdori yuz million yillar da omida tabiat tomonidan hosil qilingan organik moddalar miqdoridan ko‘pdir. Biotaning odam tomonidan juda ko‘p miqderda iste’mo1 qilinishi biomassaning keskin kamayishiga, yerlarning bo‘shab qolishiga, bu esa o‘z navbatida yovvoyi hayvonlar va o‘sim1iklar turlarining kamayib yoki qirilib ketishiga sababchi bo‘lmoqda. Ma’1umot1arga qaraganda ekologik fazoning 50 yo‘qolishi turlarning 10 ga kamayishiga olib kelar ekan.
Biotaning yo‘qo1ib borishiga yorqin misol o‘rmon1arning kesib yo‘qotilishidir. Hozirgi kunda dunyo bo‘yichajuda katta maydondagi o‘rmon kesib yo‘qoti1gan. Ming afsuski, kesib yo‘qotilgan o‘rmon lıajmi qayta tiklanmayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |