Atom tuzilishining modellari. Vodorod atomining bor nazariyasi 1-§. Atom tuzilishining modellari


-§. Atom tuzilishining Tomson modeli



Download 0,49 Mb.
bet2/17
Sana09.07.2022
Hajmi0,49 Mb.
#766157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Atom tuzilishining modellari. Vodorod atomining bor nazariyasi 1

4.2-§. Atom tuzilishining Tomson modeli

1897 yilda J.Tomson tomonidan elektron kashf qilindi. 1901 yilda esa Tomson atom tuzilishining birinchi modelini taklif qildi. Tomson modeliga asosan atom musbat zaryadlangan sfera bo‘lib, unda manfiy zaryadlangan elektronlar taqsimlangan. Sferaning yig‘indi musbat zaryadi elektronlarning yig‘indi manfiy zaryadiga teng bo‘lib, atom sistemasi bir butun holda neytraldir.


Musbat zaryadlangan sferaning o‘lchami butun atomning radiusi tartibida, ya’ni 10–10m. Atomning nurlanishi elektronlarning muvozanat holatlari atrofida kichik tebranishlari natijasida hosil bo‘ladi. Tomson modelida atomga tushgan alfa-() zarra juda kichik



burchakka og‘adi (4.1-rasm).













Bu

esa

Tomson

atomi













ichkarisida

elektr

maydoni–













ning

kuchsiz

ekanligini













ko‘rsatadi.

Bir




tekis













zaryadlangan sfera

ichidagi













maydon

kuchlanganligi













quyidagi

formula

orqali




4.1-rasm







aniqlanadi:




























e






















E(r)=

r (0£ r £ R).

(4.1)
















R3




























B u formulada e – sfera zaryadi, R – uning radiusi, r – elektronning muvozanat holatdan chetlanishi. Muvozanat holatdan (sfera markazidan) r – oraliqda turgan elektronga ta’sir etadigan kvazielastik kuch quyidagicha ifodalanadi:

f =(-e)E = -

e2

r = -kr

(4.2)




R3


































Biror yo‘l bilan muvozanat holatdan chiqarilgan elektron


























































e2













 =

k

=




,

(4.3)




m




mR3




























c hastota bilan tebranadi.

77
(4.3) formulada m – elektron massasi, Ratom radiusi, e – elektron zaryadi. Tomson modelidan foydalanib atom radiusi (o‘lchami) aniqlangan. (4.3) formuladan:



æ

e

2

ö1/ 3







ç







÷

(4.4)
















R =ç







2 ÷.




è m

ø







Spektrning ko‘rinadigan sohasida λ=6×10–5sm to‘lqin uzunligiga, =3×1015s–1 chastota mos keladi. U vaqtda (4.4)ga asosan atom radiusini hisoblash mumkin (e=1,6×10–19Kl, m=9,11×10–31kg).

æ

2,56 ×1038

ö1/ 3

10




ç
















÷

» 3×10 m.







31













R =ç

9,11×10

×9

×10

30 ÷




è




ø







R ning bu qiymati atomning gazokinetik o‘lchamiga to‘g‘ri keladi.Buni Tomson modelining tasdig‘i ham deyish mumkin. Keyinchalik Tomson modelining yaroqsizligi aniqlandi. Tomson modeli hozirgi vaqtda atom tuzilishi haqidagi tasavvurlarning rivojlanish bosqichlaridan biri sifatida tarixiy ahamiyatga egadir.


4.3-§. Rezerford tajribalari

1911-yilda Tomsonning sobiq assistenti professor Ernest Rezerford o‘zining shogirdlari Gans Geyger va Ernest Marsdenlar bilan alfa zarralarning yupqa metall folgalarda sochilishi ustida bir qator tajribalar o‘tkazdi. Bunday tajribalar atom tuzilishining Tomson modeli yaroqsiz ekanligini ko‘rsatdi. Bu esa Rezerfordning atom tuzilishi to‘g‘risidagi faraziga asos bo‘ldi: atom diametri juda kichik (10–14m), atomning barcha musbat zaryadi va massasining katta qismi to‘plangan yadrodan iborat bo‘lib, yadro (yadro – “mag‘iz” degan ma’noni bildiradi) manfiy zaryadlangan elektronlar buluti bilan o‘ralgan. Atomning o‘zining o‘lchami 10–10m tartibidadir. Atomning neytralligi esa elektronlarning manfiy zaryadi yadroning musbat zaryadiga tengligidan kelib chiqadi. Alfa zarralarning sochilishi ustida o‘tkazilgan tajribalarda Rezerford yupqa oltin folgasini (Z=79) 214Po yemirilishida hosil bo‘ladigan alfa zarralar bilan bombardimon qildi. Folgadan o‘tayotganda sochilgan alfa zarralarning sochilish burchagini aniqlagan holda, alfa zarrani sochayotgan nishon atomlarning (oltin atomlarining) tuzilishini


78


4.3-rasm

4.2-rasm
aniqlash mumkin edi. Alfa zarra geliy atomi yadrosi bo‘lib, ikki proton va ikki neytrondan iborat. Rezerford va Tomas Royds 1909 yilda alfa zarra zaryadi 2e ga teng ekanligini aniqlagan edilar. Rezerford o‘z modeli va Tomson modeli asosida sochilish burchagi θ ni nazariy hisobladi. Natijalarini tajriba natijalari bilan taqqosladi. Tomson modelida atomga tushgan alfa zarra dastlabki yo‘nalishidan ahamiyatsiz bo‘lgan juda kichik burchakka og‘adi, bu esa atom ichida elektr maydonining nisbatan kuchsiz ekanligini ko‘rsatadi. Rezerford atomida alfa zarralarning dastlabki yo‘nalishidan og‘ish burchagi kattaligi kuzatiladi. Buning sababi atomning barcha musbat zaryadi +Ze kichik hajmda – yadroda to‘planganligidir.

Rezerford o‘z taj-ribalarida radioaktiv poloniy-214 yemiri-lishida hosil bo‘ladi-gan energiyasi 7,68 MeV bo‘lgan alfa-zarralardan foydalan-di. Alfa-zarralarning parallel dastasi vakuumda qalinligi 6∙10–7mikron bo‘lgan oltin folgaga yo‘naltirilgan va unda sochilishi kuzatilgan. Rezerford tajribasi sxemasi 4.2-rasmda keltirilgan. Alfa-


zarralar manbai (S) oldiga markazida tirqishi bo‘lgan diafragma (D) qo‘yilgan. Manbadan chiqqan alfa-zarralarning tirqishga tushganlari tirqishdan dasta ko‘rinishida chiqib lyuminessensiyali ekranga (LE) tushadi. Ekran rux sulfidi (ZnS) bilan qoplangan. Ekranning har bir alfa-zarra kelib urilgan joyida yorug‘ dog‘lar-chaqnashlar (ssintillyasiya) hosil bo‘lishi kuzatiladi. Bir sekundda ekranga tushayotgan alfa-zarralar soni juda ko‘p bo‘lganligi uchun ularning hosil qilgan yorug‘ dog‘lari qo‘shilib bir-birini qoplagan markaziy yorug‘ dog‘ni hosil qiladi (4.2a-rasm). Endi ekran oldiga qalinligi 6∙10–7mikron bo‘lgan oltin folga (OF) joylashtiriladi (4.2b-rasm).


79
Alfa-zarralar oltin folgadan o‘tib ekranga tushadi. Oltin folga bo‘lmaganda ekranda hosil bo‘lgan markaziy yorug‘ dog‘ intensivligi oz bo‘lsada kamayadi. Ekranda alfa-zarralar dastasi hosil qilgan markaziy yorug‘ dog‘dan tashqarida boshqa yorug‘ dog‘lar ham hosil bo‘ladi. Bu yorug‘ dog‘larni oltin folgadan o‘tayotganda o‘z harakat yo‘nalishini o‘zgartirgan, ya’ni oltin folga atomlarida sochilgan alfa-zarralar hosil qiladi. Ekranda hosil bo‘lgan yorug‘ dog‘lar lupa yoki mikroskop (M) orqali kuzatiladi. Bu tajribada quyidagi hollar muhimdir: oltin atomining diametri 3∙ 10–10m, u vaqtda qalinligi 6∙10–7m bo‘lgan oltin folgada 3300 atom qatlami bo‘lib, bunda atomlarzich joylashadi. Shuning uchun alfa-zarralar oltin folgadan o‘tganda taqriban 3000 ta oltin atomlari bilan to‘qnashadi. Alfa-zarralarning ko‘pchilik qismi folgadan o‘tganda oltin atomlarida 13 daraja bo‘lgan kichik burchaklarda sochilishi kuzatilgan. Lekin sochilgan alfa-zarralar orasida 150 burchakgacha yetadigan katta burchaklarda sochilgan alfa-zarralar mavjudligi ham aniqlangan. Bunday katta burchaklarda sochiladigan alfa-zarralar soni juda oz bo‘lgan. Masalan, folgaga tushgan 8000 ta alfa-zarradan faqat bitta alfa-zarra 90 dan katta burchakka sochilgan. Katta tezlikdagi alfa -zarrani katta burchakka og‘dirish uchun unga katta kuch bilan ta’sir qilish kerak. Rezerford tajribada kuzatilgan natijalardan quyidagi xulosaga keldi: har bir katta burchakka sochilish, bu qandaydir biror nuqtaviy kuch


markazining unga yaqin masofada uchib o‘tayotgan alfa-zarra bilan yakka ta’sirlashuvi natijasidir. Bunday kuch markazi esa musbat zaryadlangan atom yadrosi edi. Demak, atomga tushgan alfa-zarralarning atomda katta burchakka sochilishi atom ichida musbat zaryadning juda kichik hajmda to‘planganligini va uning kuchli elektr maydonini hosil qilishini ko‘rsatadi. Alfa-zarra o‘zi geliy atomi yadrosidir. Bu ikki yadro orasidagi elektrostatik o‘zaro ta’sirlashuv alfa-zarraning katta burchaklarda


sochilishiga sabab bo‘ladi. Alfa-zarralarning o‘z harakati yo‘nalishidan og‘ishini (sochilishini) ularning Vilson kamerasidagi izlarining fotosuratlaridan ko‘rish mumkin (4.3-rasm).


80


4.4-rasm
Rasmda alfa-zarraning kisloroddagi izi tasvirlangan. Odatda alfa-zarralar izlarining oxiri bir-biridan farq qilmaydi. Lekin rasmdagi izlar orasida oxiri siniq yoki vilka ko‘rinishida bo‘lgan izlar ham kuzatiladi. Bu izlar alfa-zarralarning yadro bilan to‘qnashuvlari natijasida hosil bo‘lgan. To‘qnashish natijasida alfa -zarraning harakat yo‘nalishi keskin o‘zgargan va to‘qnashish tufayli harakatga kelgan yadro esa yangi iz qoldirgan, bu iz alfa-zarra izi bilan vilka hosil qilgan. Bu fotosurat katta og‘ish burchaklari yakka to‘qnashish natijasida hosil bo‘lishini ko‘rsatadi. Atom ichida juda kichik hajmga (o‘lchami 10–13sm) va katta massaga ega bo‘lgan musbat zaryad – yadro kuchli elektr maydonni hosil qiladi. Demak, atom ichida musbat zaryad kichik hajmga to‘plangan, bu hajm yadro deyiladi. Bu xulosa atom tuzilishining yadroviy modeli edi. Uchib kelayotgan alfa-zarralarning atom ichida yadro hosil qilgan kuchli elektr maydoniga tushganlari maydon ta’sirida o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi, ya’ni katta burchaklarda sochiladi. Agar musbat zaryad atomda katta hajmda taqsimlangan bo‘lganda, atom ichida kuchli elektr maydoni bo‘lmasdi. U vaqtda atomga tushgan alfa -zarralar o‘z yo‘nalishni o‘zgartirmay, sochilmay to‘g‘ri o‘tib ketgan bo‘lardi.


O‘tkazilgan tajribalarning natijalarini Rezerford quyidagicha tushuntirdi: atomning juda kichik hajmida musbat zaryad joylashgan, uning atrofidagi atomning barcha qismi esa manfiy zaryadli elektronlar bulutidan iborat bo‘lib, bu elektronlarning to‘liq manfiy zaryadi kichik hajmdagi musbat zaryadga miqdor jihatidan teng. O‘tkazilgan tajribalarning bunday natijalari Rezerford farazining to‘g‘riligini tasdiqladi. Bunday tajribalar, hisoblashlar natijasida atomning yadroviy modeli yaratildi. Bu model ko‘pincha planetar model deb yuritiladi, chunki atomning yadroviy model asosidagi tuzilishi Quyosh tizimi tuzilishiga o‘xshatiladi, ya’ni yadroni Quyoshga, elektronlar esa planetalarga o‘xshatiladi.





Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish