nn SF
bunda:
T—fondning qoplash muddati, yil
Savdoning aylanma fondlari deganda, muomaladagi mehnat predmetlari va ayrim ishlatilish muddati 1 yilgacha bo`lgan mehnat qurollari qiymatining puldagi ifodasi tushuniladi. Aylanma fondlarga ayrim kassadagi va hisob raqamlaridagi moliyaviy munosabatlar bilan bog`liq bo`lgan mablag`lar ham kiritiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida chet el nazariyasi va amaliyoti iqtisodiyotga kirib kelayotgan davrda, xalqaro buxgalteriya hisob standartlari va milliy hisobot tizimini amaliyotda qo`llanilishi munosabati bilan «Aylanma fondlar» «Aylanma mablag`lar» termenlari o`rniga «Aylanma kapital» yoki «Aylanma aktivlar» kirib keldi. Yuqorida keltirilgan tushunchalar mazmunan bir xil bo`lib, faqat boshqacha termenlar bilan atalmoqda. Shu sababli bizlar bundan buyon ushbu kategoriyani mazmunidan kelib chiqib, «Aylanma mablag`lar» termenini ishlatishni maqsadga muvofiq deb topdik.
Aylanma mablag`lar o`z qiymat mazmuniga binoan, muomala jarayoniga zarur bo`lgan mehnat predmetlari, ishlatilish muddati bir yilgacha bo`lgan mehnat qurollarini sotib olish uchun zarur bo`lgan pul ta`minotidir.
Aylanma mablag`lar natural-jismoniy ko`rinishi nuqtai nazaridan joriy moliyaviy-xo`jalik faoliyatini ta`minlaydigan va bir yilgacha bo`lgan davrida iste`mol qilinadigan moddiy boyliklarni o`zida mujassamlashtiradi.
Aylanma mablag`larning manbalari bo`lib korxonaning o`z mablag`lari, qarzga olingan mablag`lar va jalb etilgan mablag`lar hisoblanadi.
Korxonani tashkil topishda aylanma mablag`lar uning tasischilari mablag`i hisobidan shakllanadi (ustav fondi), keyinchalik uni to`ldirish korxona foydasi, jalb qilingan mablag`lar (passivlar) hisobidan to`ldiriladi.
Aylanma mablag`lar asosiy fondlardan farqli bo`lib, ular muomala jarayoni bir siklida to`la iste`mol qilinadi va o`z qiymatini tovarlar va savdo xizmatlari qiymatiga to`la o`tkazadi.
Aylanma mablag`larni likvidlik darajasi juda yuqori, ayrim tarkiblarini likvidligi qariyb «1»ga teng bo`ladi.
Savdo jarayonida aylanma mablag`lar bir turdan ikkinchi turga aylanib turishi mumkin. Aylanma mablag`lar doimiy harakatda bo`ladi. Ular savdo jarayonining bir siklida takror ishlab chiqariladi.
Ishlab chiqaruvchilar yoki vositachilardan tovarni sotib olishda savdoning aylanma mablag`lari ishlab chiqaruvchilar yoki vositachilarning aylanma mablag`iga aylanadi, savdoga ular tovar shaklida muomalaga kirib keladi. Ushbu jarayonda ishlab chiqarishni takrorlanishini tezlashtirishga vosita bo`lib xizmat qiladi, savdo uchun uning asosiy funksiyasini bajarilishini ta`minlaydi, ya`ni ishlab chiqarishdan tovarlarni iste`molchiga yetkazish va oldi-sotdi jarayoni davom ettirishni ta`minlaydi. Ushbular bilan bir qatorda iste`molchilarni talabini qondirishga yo`l ochib beradi.
Ikkinchi jarayonda aylanma mablag`lar tovar shaklidan pulga aylanadi, bunda tovarlar muomala jarayonidan iste`mol jarayoniga o`tadi, pul esa yana muomala jarayonini takrorlash uchun harakatga o`tadi. Bu pullar yangi mehnat predmetlarini sotib olishga yo`naltiriladi va jarayon takrorlanadi.
Ushbu jarayonda aylanma mablag`lar bir tomondan muomala jarayonini tezlashtiradi va ikkinchi tomondan iste`molchilar talabini qondiradi.
Aylanma mablag`larni takrorlanish tezligidan savdo korxonalarining raqobatbardoshligi, ularni samaradorligi darajasi bog`liqdir. Shu sababli aylanma mablag`larni takrorlanishini tezlashtirish katta ahamiyatga egadir.
Aylanma mablag`larni miqdoriga har xil omillar ta`sir qiladi. Ularning biri aylanma mablag`larni takrorlanishini tezlashtirsa, ikkinchisi sekinlashtirishi mumkin.
Umuman aylanma mablag`larga ta`sir qiluvchi omilalrni uch xil guruhga ajratish mumkin: umumiqtisodiy, tashkiliy va texnik-texnologik omillarga.
Umumiqtisodiy omillarga, tovar aylanishi va uni tarkibini (assortiment tarkibini) o`zgarishi, ishlab chiqarish, tovar va boshqa moddiy ne`matlar bilan ta`minlovchilarni dislokatsiyasi, ya`ni hududiy joylanishi, savdo xizmatchilarini va savdoga xizmat ko`rsatuvchi tarmoqlar ishchilarini mehnat unumdorligi darajasi kabilarni kiritish mumkin.
Tashkiliy omillarga savdo shaxobchalarini hajmi, ixtisoslashish, savdoni yangi progressiv usullarini qo`llash, boshqarishni takomillashtirish, savdo-vositachilik bo`g`inlarini qisqartirish kabilar kiradi.
Texnik-texnologik omillar ilmiy-texnik progressni joriy qilish bilan bog`liq bo`lib, ularga savdoga yangi jihozlarni, texnologik jarayonlari joriy qilish, savdoga xizmat qiluvchi tarmoqlarni texnik-texnologik taraqqiyoti (aloqa, transport, komunal xo`jaligi kabilar) kiradi. Ushbu omillardan ayrimlari aylanma mablag`larni miqdorini oshirishga olib keladi. Bularga savdo xizmatini sifatini yuqorilash bilan bog`liq tadbirlar savdo shoxobchalarini kengaytirish, yangisini qurish, tovar aylanishi tarkibida (assortimentida) aylanma mablag`larni takrorlanish jarayonini susaytirishga olib keladigan tovarlar hissasini ortishi kabilar kiradi. Aylanma mablag`larni kamaytirishga olib keladigan omillarga moddiy va moliyaviy resurslarni tejamli ishlatilishiga qarashli tadbirlar, tovar zahiralarini aylanish tezligini oshirish, tovar aylanishi tarkibida aylanma mablag`larni takrorlanish jarayonini tezlashtirishga olib keladigan tovarlar hissasini ko`payishi kabilar kiradi. Yuqoridagi omillarni obyektiv va subyektiv omillarga ham ajratish mumkin. Obyektiv omilalr savdo korxonasi va uni ta`minlovchilarni xo`jalik yuritish tartibi, savdo korxonalari faoliyatiga bog`liq bo`lmagan omillar kiradi.
Subyektiv omillari boshqaruv apparat xodimlari va savdo xizmatchilarni kasbiy mahorati, ishlash prinsiplari, savdoni to`g`ri ratsional tashkil qilish borasida qabul qilingan qarorlarni joriy qilinishini va h.k. kiradi. Subyektiv omillar inson omili bilan bog`liqdir.
O`tgan mavzuda savdoni resurslari ,uni asosiy fondlari to`g`risida suxbatlashgan edik. Resurslar ,jumladan asosiy fondlar, aylanma mablag`lar hamda moliyaviy resurslar to`g`risida fikr yuritilganda ushbu resurslarni bir-biri bilan tig`iz bog`liqligi, xo`jalik faoilyati jarayonida ularni bir shakldan ikkinchi shaklga o`zgarishi, ya`ni natural-moddiy shakldan qiymat, pul shakliga va teskarisi, qiymat, pul shaklidan natural-moddiy shaklga o`tganda asosiy fondlar, amartizatsiyasi shaklida moliyaviy resurslar kapital mablag` shaklidan asosiy fondlarga aylanishini kuzatamiz. Xuddi shunday o`zgarishlar aylanma mablag`lar va moliyaviy resurslar o`rtasida ham ro`y beradi. Masalan: tovarlar sotilish jarayonida debitor qarzga aylanishi, tovarlar oldi-sotdi jarayonida yuridik va jismoniy shaxslarni qarzdor bo`lib qolishi, ushbu jarayonda savdo korxonalarini kreditor bo`lib qolishi, ya`ni ishlab chiqaruvchi yoki boshqa ta`minotchilardan qarzdor bo`lib qolishi kabilar. Tovarlarga qo`yilgan ustamalarni sotilishi natijasida savdo korxonalarini daromadi, foydasini shakllanishi. Ushbu jarayonga iqtisodiyotga taalluqli adabiyotlarda e`tibor berilmaydi va bu jarayon yoritilmagan. Lekin bunday o`zaro bog`liqliklarni o`rganish resurslaridan samarali foydalanish uchun tadbirlar ishlab chiqishda, samaradorlik ko`rsatkichlarini aniqlash yoki tanlashda nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Aylanma mablag`lar tarkibini nazariy va amaliy ahamiyati nuqtai nazardan natural-moddiy shakllari va qiymat ko`rsatkichi sifatida tasniflash zarur.
Savdo korxonalarining aylanma mablag`lari natural-moddiy shakllari bo`yicha quyidagi tarkiblardan (elementlardan) iborat bo`ladi:
Tovar zaxiralari (chakana savdo shoxobchalarida, ulgurji savdo omborlarida, yo`lda, ommaviy ovqatlanish korxonalarida).
Xom ashyo va tayyor mahsulotlar (ommaviy ovqatlanish korxonalarida).
Taralar, yoqilg`i, qodoqlash materiallari.
Xo`jalik ehtiyojiga ishlatiladigan materiallar (kassa cheklari, kompyuter kraskalari kabi).
Arzon inventarlar va ishlatilish muddati bir yilgacha bo`lgan tez eskiradigan mehnat qurollari.
Sanitariya va maxsus kiyim-kechaklar.
Aylanma mablag`lar qiymati bo`yicha quyidagicha tasniflanadi.
Tovar zahiralari summasi. Aylanma mablag` tarkibida tovar zahiralarini summasi 60-70 % tashkil qiladi.
Materiallar zaxirasi va arzon inventarlar va ishlatish muddati bir yilgacha, tez eskiradigan mehnat qurollari summasi.
Debitorlik qarzlari. Savdo korxonalariga qarzdor bo`lgan yuridik va jismoniy shaxslarni tovarlar va boshqa narsalar bo`yicha qarzlari summasi.
Pul aktivlari. Savdo korxonalarining kassasidagi, bankdagi hisob va valyuta raqamlaridagi pul va boshqalar sifatidagi mablag`lari.
Qisqa muddatli moliyaviy qo`yilmalar. Savdo korxonalarini har xil qimmatbaho qog`ozlarga qo`yilgan mablag`lari, bankdagi depozit hisob raqamidagi pullari. Ularni ishlatilish muddati bir yilgacha, shu sababli ular iqtisodiy mazmuni jihatidan foyda (daromad) olish maqsadida qisqa muddat ichida bo`sh pul mablag`laridan foydalanishni ifoda qiladi.
Aylanma mablag`larni boshqa turlari. Bularga kelgusi davr qilingan xarajatlar kiradi. Ushbu xarajatlar kelgusi asosiy faoliyatga doir bo`lib, lekin hisobot davrida amalga oshiriladi. Ularga masalan: oldindan to`langan ijara haqlari; oldindan to`langan boshqa tarmoqlarning xizmat haqlari; boshqa oldindan bo`nak (avans) sifatidagi to`lovlar kiradi.
Ushbu xarajatlar hisobot yilida amalga oshirilgan bilan kelgusi davrning muomala (davr) xarajatlarida o`z aksini topadi.
Aylanma mablag`lar ularni rejalashtirilishi nuqtai nazardan normalashtiriladigan aylanma mablag`lar va normalashtirilmaydigan aylanma mablag`larga bo`linadi. Miqdori real aniqlanishi normalar va normativlar orqali mumkin bo`lgan aylanma mablag`lar normalashtiriladigan aylanma mablag`lar tarkibiga kiradi. Normalashtirilishi mumkin bo`lgan aylanma mablag`lar tarkibiga quyidagilarni kiritish zarur:
tovar zahiralari (chakana savdoda, ulgurji omborlarda, ommaviy ovqatlanish shoxobchalarida, yo`ldagi);
kassadagi va yo`ldagi pul mablag`lari;
tovarlar bilar turgan va bo`sh taralar;
kelgusi davr uchun qilinadigan xarajatalr;
moddiy-texnik ta`minot materiallari, yoqilg`i, qadoqlash va xo`jalik ehtiyoji uchun zarur bo`lgan materiallar;
belgilangan muddatda banklarga inkassa qilish uchun hisob-kitob hujjatlari topshirilmagan savdo korxonalariga yuborilgan tovarlar summasi;
ommviy ovqatlanish shaxobchalaridagi (korxonalaridagi) xom ashyolar.
Miqdorini rejalashtirilishi qiyin yoki mumkin bo`lmagan aylanma mablag`lar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
bankdagi hisob raqamida saqlanayotgan pul aktivlari;
belgilangan muddatdan keyin banklarga inkassa qilish uchun hisob-kitob hujjatlari topshirilmagan savdo korxonalariga yuborilgan tovarlar summasi;
har xil debitorlar;
saqlash uchun moddiy javobgarlikka olingan tovarlar summasi (aksep qilish inkor qilingan holdagi);
qisqa muddatli moliyaviy qo`yilmalar.
Aylanma mablag`lar ko`rsatkichlarini quyidagi guruhlarga taqsimlab o`rganishni tavsiya qilamiz.
Aylanma mablag`lar holatini ko`rsatuvchi ko`rsatkichlar, bular absolyut miqdorlarda (natural va qiymat o`lchov birliklarida) va o`rtacha qiymat ko`rsatkichida hisobotga olinadi.
Aylanma mablag`larni o`zgarish tendensiyalari (dinamikasi) ko`rsatkichlari.
Aylanma mablag`lar tarkibini anglatuvchi ko`rsatkichlar.
Aylanma mablag`lar bilan korxonani ta`minlanganligi ko`rsatkichlari.
Aylanma mablag`lardan foydalanish samaradorligi ko`rsatkichlari.
1. Aylanma mablag`lar holati natural-moddiy shaklidan va qiymat o`lchov birliklaridan kelib chiqib natural va qiymat ko`rsatkichlar orqali biror bir paytga (momentga) yoki davrga hisobga olinadi. Masalan: tovar zahiralari biror paytga (1.01; 1.04; 1.07; 1.10; 1.12; 1.01 kelgusi yil kabi) natural va qiymat ko`rsatkichlarda hisobga olinishi mumkin yoki biror bir davrga qiymat ko`rsatkichlari orqali ularni o`rtacha miqdori aniqlanadi.
Aylanma mablag`larni o`rtacha qiymati:
birinchidan, o`rtacha arifmetik usul bilan, aniqlanishi mumkin. Bu usul aylanma mablag`lar summasi kvartal yoki oylar bo`yicha o`rtachasi berilgan bo`lsa ishlatiladi. (Bu formuladi «Х» - «Aylanma mablag`lar» deb hisoblanadi;
ikkinchidan, aylanma mablag`lar summasi dinamik qatorda bir paytga (kunga) berilgan bo`lsa o`rtacha xronologik usul bilan hisoblanadi, ya`ni
Aylanma mablag`larni holatini anglatuvchi ko`rsatkichlar qatoriga, ularni takrorlanish yoki aylanish ko`rsatkichini (kunlar va marotaba hisobida) kiritish zarur. Bu ko`rsatkich ikki xil turda, ya`ni birinchisi, aylanma mablag`lari aylanishi, ikkinchisi tovar zahiralarni aylanish sifatida ishlatiladi (ushbu ko`rsatkichni mohiyati «Chakana tovar aylanishi» mavzusida batafsil yoritilgan).
Aylanma mablag`larni aylanishi kunlar hisobida ularni takrorlanishini bir sikl muddatini ko`rsatadi, tovar zahiralari kun hisobidagi ko`rsatkich esa, ularni qancha muddatga yetishini, ya`ni necha kunda sotilib bo`lishini ko`rsatadi.
Aylanma mablag`larni aylanish muddati quyidagicha hisoblanadi (chakana savdo misolida):
Aylanma mablag`larni biror bir davrida (kvartal, yil) aylanish miqdori ularni ushbu davrda necha marotaba aylanishligi (takrorlanishini) anglatadi va quyidagicha hisoblanadi:
Ushbu ko`rsatkichlarni ulgurji savdo aniqlashda «Ulgurji ombor tovar aylanishi» ko`rsatkichi ishlatiladi.
Ushbu ko`rsatkichlar asosiy fondlarniki kabi aylanma mablag`larni bir necha yillar davomida «aylanma mablag`lar holatini ko`rsatuvchi»,, «aylanma mablag`lar tarkibini anglatuvchi», «aylanma mablag`lar bilan ta`minlanganligi» va «aylanma mablag`lardan foydalanish samaradorligini anglatuvchi» ko`rsatkichlarni absolyut miqdorini farqi, foizlar, indekslar orqali u yoki bu tomonga o`zgarish darajasini ifodalaydi. Ular ishlatilayotgan ko`rsatkichlar nomi bilan atalib, ushbu ko`rsatkichlarni o`tgan yillarga nisbatan absolyut miqdorini o`zgarishi aniqlanadi, foiz hisobida dinamikasi va indeks o`lchov birliklarida hisoblanadi.
Aylanma mablag`lar tarkibi deganda, uning barcha elementalrini (tovar zahiralari; materialalr zahiralarini; arzon inventarlar va ishlatilish muddati bir yilgacha bo`lgan, tez eskiradigan mehnat qurollari; sanitariya va maxsus kiyim-kechaklar; debitor qarzlar; pul aktivlari; qisqa muddatli moliyaviy qo`yilmalar; aylanma mablag`larni boshqa turlarini hamda o`z mablag`larini umumiy aylanma mablag`lar summasidagi hissasi (ulushi) foiz hisobida aniqlanadi. Buning uchun alohida olingan aylanma mablag`lar elementining summasi «100,0»ga ko`paytirilib, aylanma mablag`larning umumiy summasiga bo`linadi yoki koeffitsiyent hisobida aniqlanadi.
Ushbu ko`rsatkichlar bilan bir qatorda savdo korxonasining umumiy resurslarini tarkibini o`rganishda, umumiy resurslar summasida aylanma mablag`larni hissasini aniqlash (foiz yoki koeffitsiyent hisobida) tavsiya qilinadi.
1. Ushbu ko`rsatkichlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Tovar aylanishini aylanma mablag`lar bilan ta`minlanganligi. Chakana tovar aylanishi (ulgurji tovar aylanishi, ommaviy ovqatlanish korxonasini tovar aylanishi)da aylanma mablag`larning hissasi, jumladan alohida o`z mbalag`larini hissasi.
Ushbu ko`rsatkichni aniqlash uchun aylanma mablag`lar (o`z mablag`lari) summasi «100,0» ga ko`paytirilib tegishli tovar aylanish summasiga bo`linadi.
2. Aylanma mablag`lar normasini ta`minlanishi – normalashtiriladigan aylanma mablag`larning haqiqiy summasini belgilangan norma bilan solishtirmasi. Ushbu ko`rsatkich yuqorida keltirilgan ko`rsatkichlarni absolyut ayirmasini topish (haqiqiy summadan normani ayirib tashlash) va haqiqiy summani «100,0» ga ko`paytirib normativga bo`lish orqali aniqlanadi.
3. Aylanma mablag`larni o`z mablag`i bilan ta`minlanishi. Ushbu ko`rsatkich bir tomondan, aylanma mablag`lar holatini ko`rsatuvchi ko`rsatkich sifatida ishlatilsa, ikkinchi tomondan korxonaning o`z mbalag`lari bilan ta`minlanganligini ham ifodalaydi.
4. Aylanma mablag`larni tovar aylanishini ta`minlashi, kunlar hisobida. Ushbu ko`rsatkich biror muddatdagi (kvartal boshi yoki yilning boshidagi) aylanma mablag`lar summasini kelgusi davrning (kvartal yoki yil) bir kunlik tovar aylanish sumasiga taqsimlash orqali aniqlanadi. Tovar aylanishini (sotib olish qiymatida, ya`ni savdo ustamasisiz olinadi) bir kunligi uni davr kunlariga (kvartal bo`lsa – 90 kun, yil bo`lsa – 360 kun) bo`lish orqali aniqlanadi.
Yuqorida keltirilgan birinchi ko`rsatkich tovar aylanishini aylanma mablag`lar bilan biror davrda necha foizga ta`minlanganligini ko`rsatadi, to`rtinchi ko`rsatkich esa biror muddatdagi mavjud aylanma mablag`lar necha kunlik tovar aylanishini ta`minlashi mumkinligini ifodalaydi.
Aylanma mablag`lardan foydalanish samaradorligini aniqlash uchun quyidagi ko`rsatkichlar tizimidan foydalanish tavsiya qilinadi.
1. Aylanma mablag`larni (yoki o`rtacha tovar zahiralarini) aylanish koeffitsiyenti (Kay. yoki Kz.a) marotaba hisobida.
Bu yerda: TA- tovar aylanishi summasi, kvartalga yoki yilga) (chakana,
ulgurji, ommaviy ovqatlanish);
- o`rtacha aylanma mablag`lar summasi;
- o`rtacha tovar zahiralari summasi.
2. O`z aylanma mablag`larini aylanish tezligi koeffitsiyenti (Ko`.ay.)
Birinchi va ikkinchi banddagi ko`rsatkichlar aylanma mablag`larni bir tomondan biror-bir davrda ishlatilish holatini ko`rsatadi, ikkinchi tomondan dinamik qatorda tahlil qilinsa ulardan foydalanish samarasini ham ifoda qiladi.
3. Aylanma mablag`larni (yoki tovar zahiralarini) rentabelligi (yoki daromadliligi) (Ray.m) quyidagicha aniqlanadi.
Xulosa
Asosiy fondlarga o 'rtacha oyiik ish haqining 15 barovaridan ortiqchasiga to`g`ri ketadigan ishlab chiqarish vositalari kiradi. Asosiy fondiar o'z mohiyatiga ko`ra asosiy ishlab chiqarish fondlariga va aylanmafondlarga bo 'linadi. Qishloq xo`jaligida asosan ishlab chiqarish fondlari o 'z qiymatini uzoq yillar mobaynida ishlab chiqarishga o 'tkazib borsa, aylanma fondlar esa bir ishlab chiqarish jarayonida qatnashib, o`z qiymatini o`tkazadi. Keyingi paytlarda asosiy fondalarning balans qiymati oshib ketishi sababli, yangi zamonaviy texnikalar o/ishga moliyaviy sharoiti yetmay, eski texnikalardan samaralifoydalanilmoqda. Aylanma vositalar ham talabga nisbatan 70-80foizga ta 'minlanmoqda Avvalo, uning qiymati yuqori, uni sotib olishga mablag` yo`q bo`lsa, resurslarning o`zi yo`q. Shuning uchun ma 'naviy eskirgan texnikaga va mahalliy resursiardan foydalanish samarali bo`ladi.
Fondlardan samarali foydalanish ko`rsatkichlari fond bilan qurollanganlik, fond bilan ta 'minlanganlik, fond sig`imi, fond qaytimi va fond rentabelliklari bilan aniqlanadi. Asosiy vositalarni to 'Idirish uchun kapitalmablag`larnishakllantirib, jismoniy va ma 'naviy eskirgan vositalar o 'rniga yangilarini o 'rnatish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |