Bog'liq ATKda asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo`llari
2. Asosiy ishlab chiqarish fondlari va undan samarali foydalanish Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida eskirib, dastlabki sifatini yo`qotib, ma'lum muddat o`tgandan so`ng yaroqsiz bo`lib qoladi. Ularni yangisi bilan almashtiriladi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari jismoniy va mo`naviy eskiradi.
Asosiy fondlarning ma'naviy eskirishi 1) unumli va tejamii mashinalar ixtiro etilishi va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish natijasida eskirishi, jismoniy eskirishi muddati tugamasdanoq, ma'naviy eskirib qoladi; 2) texnika taraqqiyoti va mehnat unumdorligiining o`sishi ham, o`z navbatida, ishlab turgan mashinalar eskirishiga tushuniladi.
Jismoniy eskirish — ishlab chiqarish vositalarini ishlatish davomidagi eskirishdir. Bozor sharoitida qishloq xo`jaligida mashinalarning ma'naviy eskirish kategoriyasi juda muhim ahamiyatga ega. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining mahsulotga pul formasida o`tgan qiymatini amortizatsiya fondi deyiladi.
Asosiy vositalaming eskirishi ularning amaldagi eskirish me'yorlari yordamida aniqlash mumkin. Ulaming eskirish qiymati amortiiatsiya summalahdeb ataladi. Asosiy vositalaming eskirish me'yorini belgilab beruvchi amortizatsiya me'yori asosida ularning eskirish qiymati (summasi) quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
AVbq ,„ AVbq AVas = 2-100 yoki *-;
AVemy AVem '
bunda:
AVas-asosiy vositalaming amortizatsiya summasi (so`m);
AVbq-asosiy vositalarning balans qiymati (so`m);
AVem-asosiy vositalarning eskirish me'yori (koeffitsiyentda, yilda).
Asosiy vositalarning eskirish me'yori (normativi) berilmaganda asosiy vositalaming balans qiymatini vositaning xizmat ko`rsatish muddatiga taqsimlash yo`Ii bilan eskirish me'yori aniqlanadi. Xo`jalikda uzoq yillar ishlatilganligi uchun kapital ta'mirlangan boisa ular balans qiymatiga qo`shiladi. Amortizatsiya ajratmalarning me'yoriga asosiy fondlarni tiklash va kapital ta'mirlash uchun zarur bo`lgan summalar kiradi. 1996 yilga qadar asosiy fondlardan amortizatsiya ajratmalari faqal jismoniy eskirish hisobidan olinib, ma'naviy eskirishga esa e'tibor berilmas edi. Oqibatda asosiy fondlarning xizmat qilish muddati sun'iy ravishda oshardi.
Asosiy fondlardan qay darajada foydalanilayotganidan qafiy nazar amortizatsiya ajratmalari ajratiladi. Bu asosiy fondlardan unumli foydalanishni talab qiladi. Amortizatsiya ajratmalari bo`yicha belgilangan yangi me'yorlar oldingi me'yorIariga nisbatan yuqori belgilangan. Amortizatsiya ajratmalarining yangi me'yorlarida traktor va kombaynlarni modernizatsiya qilish xarajatlari va ma'naviy eskirishi hisobga olingan