Atkda asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo`llari Reja



Download 51,39 Kb.
bet1/6
Sana17.07.2022
Hajmi51,39 Kb.
#813385
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ATKda asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo`llari


ATKda asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo`llari


Reja:



  1. Asosiy va aylanma fondlar tushunchasi hamda uning tarkibi

  2. Asosiy ishlab chiqarish fondlari va undan samarali foydalanish

3. Aylanma fondlar va undan foydalanish
4. Asosiy fondlardan foydalanishning iqtisodiy samaradorlik ko`rsatkichlari

1. Asosiy va aylanma fondlar tushunchasi hamda uning tarkibi
Qishloq xo`jaligining moddiy-texnika resurslari hisoblangan yer, mashina-traktor, kombaynlar, kimyoviy vositalar, yoqilg`i, yem-xashaklar, urug`liklar va boshqa vositalarning qiymat holidagi ko`rinishi tarmoq fondlarini tashkil etadi.
Asosiy vositalar iqtisodiy mohiyatiga ko`ra, qishloq xo`jalik ishlab chiqarish jarayonida bir necha yillar davomida qatnashib, qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotlariga, bajarilayotgan xizmatlarga yilma-yil qisman o`tkazib boradigan vositalardir. Bunday vositalar hozirgi davrda respublikada 15 (Rossiya federetsiyasida 50) o`rtacha oylikdan yuqori qiymatga ega bo`lgan va 1 yildan ko`proq xizmat qiladigan ishlab chiqarish vositalaridir. Ularga qishloq xo`jalik yerlari, mashinalar, traktorlar, binolar, inshootlar, transport vositalari, qurilmalar, stanoklar, ishchi, mahsuldor hayvonlar, ko`p yillik mevali daraxtlar va boshqalar kiradi. Ularni iqtisodiy mohiyati, shakllanishi ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga ko`ra ishlab chiqarish hamda noishlab chiqarish fondlariga bo`Iinadi. Ular ayrim hollarda ishlab chiqarish jaryonida bevosita va bilvosita qatnashadigan fondlarga ham bo`linadi. Mahsulotlar ishlab chiqarilishi iqtisodiy mohiyatiga va mahsulot ishlab chiqarish hamda ish bajarish jarayonida qatnashishiga ko`ra asosiy va aylanma vositalarga bo`linadi.
Ishlab chiqarish jarayonidagi faoliyatiga ko`ra mehnat predmetlari hamda mehnat vositalariga bo`linadi. Xalq xo`jaligining turli tarmoqlarida yaratilib qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirishda inson mehnati yordamida ishlab chiqish jarayonida bir marta qatnashib o`z shaklini to`liq o`zgartiradigan predmetlar tarmoqning mehnat predmetlarini tashkil etadi.
Qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish jarayoni — mehnal predmeti, ish kuchi bilan ishlabchiqarish vositalariningbirgalikda harakatidan
paydo bo`ladi. Ishchi kuchi deganda mehnatga yaroqli ishchilar tushunilsa, ishlab chiqarish vositalari keng ma'noda bo`lib, pul va natura shaklida ifodalanadi. Xo`jalikda barcha ishlab chiqarish vositalari natura va uning xo`jalik balansi hisobidagi pul ko`rinishida bo`ladi. Qishloq xo`jaligida ishiab chiqarish vositalari xizmat qilish muddatiga qarab asosiy va aylanma fondlarga bo`linadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari - qishloq xo`jaligida yetishtirilayotgan mahsulotga o`z qiymatini asta-sekinlik biian o`tkazib boruvchi mehnat vositalariga aytiladi. Masalan: transport vositalari, imoratlar, mahsuldor mollar, ko`p yiltik daraxtlar va boshqalar.
Asosiy ishtab chiqarish vositalari turlicha bo`Iib, ular doimo harakatda bo`ladi, ya'ni mehnat vositalari ko`rinishidan, mahsuiot ko`rinishiga, undan so`ng pul shakliga o`tib, pul o`z navbatida, yana mehnat vositalarini ttklash va ko`paytirish uchun xizmat qiladi. Bunday harakatni fondlarning aylanishi deyiladi.
Xo`jalikning asosiy ishlab chiqarish vositalari, ya'ni mehnat vositalari asosiy ishiab chiqarish fondini, mehnat buyumlari aylanma fondni tashkil etadi.
Asosiy fondlar boshlang`ich, qoldiq va tiklash baholariga ega bo`lib boshlang`ich qiymat asosiy fondlarni tashkii etishdagi haqiqiy sarflangan xarajatlar; qoldik qiymat - asosiy fondlar qiymatidan yeyilgan qiymat chiqimi; tiklash qiymati — bu mulklarni sotib olib to`Idirish qiymatidir.
Amaldagi klassifikatsiyaga asosan asosiy ishlab chiqarish vositalari ikkiga bo`linadi:
l. Qishloq xo`jaligiga bog`liq bo`Igan asosiy ishlab chiqarish vositalari, bunga yuqoridagilar kiradi.
2. Qishloq xo`jaligiga bog`Iiq bo`Imagan ishlab chjqarish vositalari - sanoat inshootlari, qurilish, ovqatlanish, maktab, bog`cha, turar joy va boshqalar kiradi. Bu vositaiar qishloq xo`jalik mahsulotlari yetishtirishda qatnashmasa ham, ijtimoiy tomondan mehnat unumdorligini muntazam oshirib boradi.
Asosiy ishlab chiqarish vositalari bozor iqtisodiyoti sharoitida xo`jalikning imkoniyatlariga qarab o`sib boradi. Buni biz kapital mablag`lar deb ataymiz.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari o`zining moddiy, natural xarakteriga va ishlab chiqarish jarayonida bajaradigan xizmatiga qarab quyidagi guruhlarga bo`linadi.
Ishlab chiqarishda foydalaniladigan binolar, inshootlar, uzatuvchi qurilmalar, chorvachilik binolari, qishloq xo`jalik mashinalarini saqlaydigan saroy va bostirmalar, omborlar va hokazolar kiradi. Bu guruhga kiradigan fondlar umumiy ishlab chiqarish fondlarining 60-65 % ini tashkil etadi.
Asbob uskunalar va kuch mashinalariga traktor statsionar va kuchma-kuch jihozlari, elektr dvigatellar kiradi. Ish mashinalari va asbob-uskunalariga transpot vositalari unga avtomobil va tirkama aravalar, ot arava transporti kiradi. Ish hayvonlariga katta yoshdagi otlar ho`kizlar, tuyalar kiradi.
Mahsuldor mollar - mahsulot yetishtirish uchun boquvdagi katta yoshdagi hayvonlar kiradi.
Xo`jalikda asosiy fondlarni natura va pul shaklida hisobga olinadi va foydalanish rejalashtiriladi. Natura shaklida ko`rsatkich ishlab chiqarish fondlarining son va sifat holatini ko`rsatadi. Pul shaklidagi ko`rsatkich esa asosiy fondlarninng o`sib borishi uchun sarflanib borilgan pu! summasini va ularning eskirish qiymatini ko`rsatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy fondlarning shakllanishi asosiy muammo bo`Iib turmoqda. Chunki yiliga vositalarning qiymati stixiyali o`sishi sababli mavjud fondlardan samarali foydalanisiiga to`g`ri kelmoqda. Asosiy fondlarga pul manbasi, qishloq xo`jalik mahsulotini sotishdan, xo`jalikka berilgan kredit hisobidan, amortizatsiya rnablag`idan, qimmatbaho qog`ozlar, ko`p yillik daraxtlar va boquvdagi qoramollarni sotishdan shakllanadi. Bu mablag` investitsiyani kiritishga sarflanadi.



Download 51,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish