3. Aylanma fondlar va undan foydalanish
Qishloq xo`jaligida aylanma fondlar - bir ishlab chiqarish jarayonida qatnashib o`z formasini to`la yo`qotib, qiymatini butunlay boshqa yangi mahsulotga o`tkazadigan mehnat buyumlari kiradi. Ularga urug`lik, o`g`it, yoqilg`i, yem-xashak va boshqalar kiradi.
Aylanma fondlar ish jarayonida ikki xil boiib, birinchidan, ishlab chiqarish jarayoniga vaqtincha qatnashmasdan, ishlab chiqarishni uzluksiz ta'mirtlash uchun zaxira mehnat buyumlaridan; ikkinchidan, ishlab chiqarishda qatnashib o`z qiymatini yangi mahsulotga o`tkazuvchi vositalar boiib, ularga yosh hayvonlar, boquvdagi mollar kiradi.
Aylanma fondlar aylanishi qancha sekin boisa yoki me'yordan yuqori olinsa ishlab chiqarish samaradorligi shuncha past boiadi. Korxonalar uzluksiz ishlashi uchun aylanma fondlari bilan bir qatorda muomala fondlariga ega boiishlari kerak. Muomaia fondlari — bu realizatsiya qilishdan tushgan pullardir. Aylanrna fond bilan muomala fondi birgalashib xo`jalikning aylanma mablag`ini tashkil etadi. Aylanma mablag`ning 75-80% aylanma fondini tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida fondlarning balans qiymati har xil bahoda baholanganligi sababli balans bahoga to`g`ri kelmay qoldi. Shuning uchun fondlarni qayta baholash fondlarning tiklash qiymatiga qarab bclgilanadi.
Aylanma fondlar (vositalar)dan samarali foydalanish ko`rsatkichlari quyidagilardan iborat:
Aylanma fondlarning aylanish koeffitsiyenti. Uni aniqlash uchun sotilgan qishloq xo`jalik mahsulotlarining, ko`rsatilgan xizmatlarning, bajarilgan ishlarning umumiy qiymatiga asosiy podaga o`tkazilgan yosh hayvonlarning qiymatini qo`shib, undan asosiy podadagi hayvonlarni sotishdan tushgan mablag`ni ayirgandan so`ng qolgan qiymati. Aylanma fondlarning yillik o`rtacha qoldiq summasiga taqsimlash lozim. U quyidagi formula orqali aniqlanadi:
„ m Sqxm + YHQapo` - STTaph AyFyo`qq bunda:
AyFAk°-aylanma fondlarning aylanish koeffitsiyenti; Sqxm-sotilgan qishloq xo`jalik mahsulotlari, (bajarilgan ishlar, xizmatlar) qiymati (so`m);
YHQapo`-asosiy podaga o`tkazilgan yosh hayvonlarning qiymati (so`m);
STTaph-asosiy podadagi hayvonlarni sotishdan tushgan tushutn (so`m);
AyFyo`qq-aylanma fondlarning yillik o`rtacha qoldiq qiymati
(so`m).
Bu ko`rsatkich xo`jalikdagi aylanma fondlaming bir yil davomida aylanish tezligini ko`rsatadi. Uning miqdori birdan yuqori bo`lgani ma'qul. Bu ko`rsatkichga asoslanib, aylanma fondlarning aylanish muddati ham aniqlanadi.
Yildavomida aylanma fortdlar (vositalar) aylanishining o`rtacha davrini yuqoridagi ko`rsatkichdan foydalanib bir yildagi kalendar kunlari umumiy sonini (365 yoki 366) aylanish koeffitsiyentiga taqsimlab, quyidagi tenglikdan foydalaniladi:
a r 365
AyFam :
AyFAk ° bunda: AyFam-aylanma fondlarning aylanish muddati, kun; Qishloq xo`jaligi korxonalarida aylanma vositalardan foydalanganlik darajasini aniqlash mumkin. Masalan, mineral o`g`it, yem-xashak va oziqa moddalar, yoqilg`ilami natura yoki qiymat holida aniqlash mumkin.
Mineral o`gitlardan samaraii foydalanish darajasini quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
Mas=VaM(VaMQ) Mo`q
bunda:
Mo`s - sarflangan mineral o`g`itlarning sof holdagi miqdori samaradoriigi;
YaM - yalpi mahsulot (ekin bo`yicha) tonna;
YaMQ - yalpi mahsulot qiyimati, so`m;
Mo`q - sarflangan mineral o`g`itlar, qiymati, kg/so`m.
Bu formula yordamida, sarflangan sof holdagi bir kg (sent.) o`g`it hisobiga qancha hosil yoki mahsulot olinganligini aniqlash mumkin. Uning miqdori qanchalik yuqori bo`lsa, mineral o`g`itlardan foydalanish samaradoriigi ortganligini ko`rsatadi.
Chorvachilikda esa sarjlangan oziqa birligining samaradorlik darajasini quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
SOb
bunda:
SOs- mahsulot yetishtirish uchun sarflangan oziqa miqdorining samaradorlik darajasi;
YMm — yetishtirilgan mahsulotning (go`sht, sut) miqdori, sent (kg).
Ymq — yetishtirilgan mahsulotning (go`sht, sut) qiymati, so`m.
SOb — sarflangan oziqa birligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |