water-supervisor
|
Мироб
|
mirob
|
– O’rta Osiyo hududidagi davlatlarda, xususan xonliklarda suv taqsimoti va sug’orish tizimi ustidan nazorat qiluvchi shaxs. Miroblik mansabi avloddan avlodga o’tgan. Kuzda miroblar uchun dehqonlardan mirobona solig’i undirilgan.
|
mirokhur
|
Мирахур
|
miroxur
|
– Buxoro amirligida yuqori bosqichdagi 6-darajali mansab bo’lib, oliy hukmdorga tegishli yilqi, ot-ulov va ularning ta’minoti bilan shug’ullangan. Miroxur dasturxonchi va parvonachidan keyingi mansabdor shaxs hisoblangan.
|
police
|
Миршаб
|
mirshab
|
– O’rta Osiyo xonliklari shaharlarida jamoat tartibini saqlovchi lavozim bo’lib, odatda shaharning kechki xo’jayini miri-shab deb ham yuritilgan. Mirshab o’z ishiga asosan kechqurun soat 6 dan keyin kirishgan, Chunki bu davrda barcha shahar bozorlari yopilib, bir soatdan so’ng shahar darvozalari berkitilgan. Tungi tartib-qoidani buzgan fuqarolar mirshabxonaga keltirilib jazolanganlar.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |