mehtar
|
Мехтар
|
mehtar
|
– 1) forscha “ulug’”, “katta” degan ma’noni anglatib, xon va podshohga tegishli biron kichik muassasa, korxona boshlig’i. Masalan: mehtari kutubxona, mehtari to’shakxona.
2) O’rta asrlarda saroy sozandalarining boshlig’i, yetakchi sozanda. Temuriylar zamonida mehtarlar nog’orachilardan keyinchalik surnaychilardan tayinlangan.
3) Buxoro amirligida zakotchilar boshlig’i. Qo’qon va Xiva xonliklarida davlat xizmatchisi.
|
mingbashi
|
Мингбаши
|
mingboshi
|
– harbiy va ma’muriy unvon. Qo’qon xonligida xondan keyingi o’rinda turuvchi mansab. Asosan harbiy ishlar bilan shug’ullangan va u Qo’qon armiyasiga qo’mondonlik qilgan. Xiva xonligida mingboshilik eng kichik amal hisoblangan. O’rta Osiyo Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinguniga qadar Toshkent, Oqmasjid kabi shaharlarning hokimlari mingboshi deb atalgan. Rossiya imperiyasi hukmronligi yillarida Toshkent dahalarining boshliqlari ham mingboshi deb yuritilgan.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |